Inog’omov farmasevtik qurilmalarida o’lchash asoslari toshkent 2020



Download 1,89 Mb.
bet52/60
Sana02.07.2022
Hajmi1,89 Mb.
#730019
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   60
Bog'liq
fayl 1597 20210825

Areometrlarni qiyoslash


Shishali areometrlar 9.3-rasmda keltirilgan UPA-1 qurilmasi yordamida, GOST 8.263-77 standartlari asosida qiyoslash ko’rigidan o’tkaziladi. Bu qurilma yopiq, temperaturasi +10 dan +35°С gacha va havoning nisbiy namligi 80 % gacha hamda normal atmosfera bosimiga ega bo’lgan xonalarda sharoitida ishlatish uchun mo’ljallangan.
9.3-rasmda keltirilgan qurilma podstavka (1), stol (2) muzlatgich (3), rezina trubka (4), thermostat vannasi (5), shishali silindr (6) va ТС-24А yoki СЭМЛ- 19/25 tipidagi termostatlardan tashkil topgan bo’lib, shishali areometrlarni +10 dan +50°С gacha temperatura oralig’ida qiyoslash uchun mo’ljallangan. Bu temperatura oralig’i shaffof organic shishadan yasalgan to’g’ri to’rtburchak shaklidagi termostat vannada suv yordamida hosil qilinadi. Qiyoslash ko’rigidan o’tkazilayotgan areometrlar shishali termostat vannadan bemalol kuzatib turiladi. Vannaning ichiga qiyoslanayotgan areometrlar tushirilib ma’lum bir temperaturada qiyoslash ko’rigidan o’tkaziladi. Muz bilan hosil qilinadigan sovitgich past temperaturalarni hosil qilish uchun mo’ljallangan.


9.3-rasm. – Shishali areometrlarni qiyoslash uchun mo’ljallangan qurilma UPA-1 ning umumiy ko’rinishi.


Bu qurilma yordamida areometrlarni ishlatish uchun yaroqliligini suyuqliklarni zichligini o’natilgan aniqlikda o’lchash orqali ishonch hosil qilinadi.


Shishali areometrlarni birlamchi va davriy qiyoslash ko’rigidan o’tkazish GOST 18481-81 asosida ishchi areometrlarni biror bir namunaviy areometrlarga solishtirish orqali olib boriladi.
Areometrlarni qiyoslash ko'rigidan o'tkazish asosan uchta etapda olib boriladi:

  1. tashqi ko’rik;

  2. namunaviy va tekshirilayotgan areometrlar bo’yicha olingan natijalarni qiyoslash;

  3. o’lchash natijalarini taxlil qilish.

Areometrlarni qiyoslash uchun atrof-muhitni temperaturasi 20+5 0С bo’lishi kerak.
Areometrlarni qiyoslash uchun quyidagi qiyoslash vositalaridan foydalanish lozim:

    • xajmi 200, 500, 1000 ml teng bo’lgan shisha silindrlar

    • laboratoriya sharoitida qo’llaniladigan , bo’lim bahosi 0,1oC ga teng bo’lgan simobli, shisha termometrlar;

    • ГОСТ 12026-76 asosida chiqarilgan filtr qog’ozlari.

Areometrlarni qiyoslash maxsus qiyoslash uchun tayyorlangan suyuqliklardan foydalangan xolda olib boriladi. Qiyoslash uchun tayyorlangan suyuqlik sifatida kimyoviy tozaligi «XЧ» bo’lgan va qaynash temperaturasi 60oC dan past bo’lmagan (benzol, toluol, geksan, oktan va boshqa shu kabilar) individual uglevodorod suyuqliklar ishlatiladi.
Qiyoslanayotgan areometr kamida bir sutka davomida qiyoslash o’tkazilayotgan xonada saqlangan bo’lishi kerak.
Areometrlarni qiyoslash tartib-qoidalari quyidagilardan iborat:

  1. Qiyoslanayotgan areometr tozalash vositasi yordamida yuviladi. Birinchi vodoprovod suvi yodamida, keyin distillangan suv bilan va so’ngra etil spirit bilan chayiladi. Qiyoslanayotgan areometr toza paxta mato yordamida artib quritiladi.

  2. Qiyoslanayotgan areometr uchun qiyoslash etalon suyuqligi shunday tanlab olish kerakki, areometr shu suyuqlikga tushirilganda uning o’rta qismigacha botib turishi kerak.

  3. Qiyoslash uchun ishlatilayotgan suyuqlikning aniq jadvaldagi zichlik qiymatini 20oC temperaturada topib olamiz. (Odatda bu zichlik qiymati berilgan bo’ladi).

  4. O’lchash silindrini qiyoslanayotgan areometr geometric o’lchamlarini e’tiborga olgan xolda shunday tanlab olish kerakki, bunda qiyoslanayotgan areometr syuyqlikga tushirilganda u silindrning tagiga va yon devorlariga tegmasligi kerak, balki suyuqlikda erkin suzib yura olishi kerak.

  5. O’lchash silindriga qiyoslash uchun tanlab olingan suyuqlikni solamiz va uning temperaturasini 0,1oC aniqlikda o’lchaymiz.

  6. Qiyoslanayotgan areometrni qiyoslash uchun tanlab olingan suyuqlikga asta-sekin tushirib erkin tebrana olishini kuzatamiz (suyuqlik sirtidan 3-4 sm yuqoriroq ko’tarib tushiramiz).

  7. Keyingi bo’ladigan areometrning o’z o’qi atrofidagi tebranma harakati to’xtaguncha kutib turib uning ko’rsatishini yozib olamiz. (Agar qiyoslanayotgan areometr o’z o’qi atrofida tebranmasa harakat qila olmasa unda silindr noto’g’ri tanlangan hisoblanadi.)

  8. Qiyoslanayotgan areometrning ko’rsatishini lupa yordamida yuqori meniskdan yozib olamiz.

  9. Areometrni suyuqlikdan chiqarib olamiz. Tajribadagi olib borilgan 4-7 punktlarni kamida uch marotaba qaytariladi. Olingan bu natijalardan o’rtacha arifmetik qiymatini aniqlab o’lchanayotgan temperatura uchun zichlik qiymatini topamiz.

  10. Olingan natijalarimizni xatoligini jadvaldagi yoki GOST 3900-85 dagi zichlikning qiymatlari bilan solishtirish asosida standart suyuqlikning zichligini anqlaymiz.

  11. Agar olingan tajriba natijalari jadvaldagi keltirib o’tilgan zichlik qiymatlaridan farqi aniqlanayotgan temperaturada (20oC) qiyoslanayotgan areometrning aniqlik klassiga teng yoki undan kichik bo’lsa, areometr standart talablariga javob beradi va unga yaroqli degan guvohnoma beriladi. Qiyoslanayotgan areometrning aniqlik klassi sifatida areometr shkalasining eng kichik bo’lim bahosi olinadi. Agar olingan tajriba natijalari jadvaldagi keltirib o’tilgan zichlik qiymatlaridan farqi aniqlik klassidan katta bo’lsa, areometr standart

talablariga javob bermaydi va unga ishlatish uchun yaroqsiz degan guvohnoma beriladi va u o’lchash asbobi tajribalarda ishlatish uchun ruxsat berilmaydi.
Qiyoslash uchun ishlatiladigan ba’zi–bir organic suyuqliklarni 20oC temperaturadagi zichliklarini keltirib o’tamiz: г/см3:
Бензол – 0,8791; Декан – 0,7300; Глицерин – 1,2620;
Толуол – 0,8671; Нонан – 0,7180;
Гексан – 0,6600; Октан – 0,7030.

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish