Inog’omov farmasevtik qurilmalarida o’lchash asoslari toshkent 2020



Download 1,89 Mb.
bet51/60
Sana02.07.2022
Hajmi1,89 Mb.
#730019
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   60
Bog'liq
fayl 1597 20210825

Asboblar va qurilmalar


  1. Har xil o’lchash shkalasiga ega bo’lgan areometrlar. 2. Har xil organic va noorganik suyuqliklar va har xil zichlikga ega bo’lgan eritmalar.



Nazariy qism


Barchamizga ma’lumki, o’tmishda ham hozirgi kunda ham zichlik tushunchasi har bir sohada keng qo’llaniladi. Albatta sanoatda, ishlab chiqarish jarayonlarida bu termin tez-tez tilga olinadi va qo’llaniladi. Suyuqlik zichligini aniqlash uchun areometr o’lchash vositasi ishlatiladi. Ushbu o’lchash vositalari yirik ishlab chiqarish zavodlarida, neft ba’zalarida, yoqilg’i quyish shahobchalarida va ishlab chiqarish faoliyatinig boshqa turlarida keng miqyosda ishlatilib kelinmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimiz xududida turli xildagi areometrlar, densimetrlar va zichlikni o’lchovchi boshqa turdagi o’lchash vositalarining ishlab chiqarish jarayonlarida qo’llanilishi ortib bormoqda.
Qalqovichi butunlay cho'kadigan zichlik o'lchagichlarda tekshirilayotgan suyuqlikda qalqovichning cho'kish chuqurligi amalda doimiy bo'lsada, suyuqlik zichligiga proportsional bo'lgan, qalqovichga ta'sir etuvchi itaruvchi kuch o'lchanadi. Laboratoriya va ishlab chiqarish sharoitlarida ko'proq Arximed qonuniga asoslangan xolda ishlaydigan suyuqlikning zichligini o'lchash uchun areometr deb nomlanuvchi, qalqovichli zichlik o’lchash asboblari ishlatiladi. Ular
turli xil ko'rinishda: shishali yoki metalli bo'lishi mumkin. Areometrlar davlat standarti bo'yicha ikki guruhga bo'linadi:

    • suyuqlik zichligini o'lchash uchun mo'ljallangan areometrlar densimetrlar deb atalib, ularning shkalasi zichlik birliklarida darajalangan bo'ladi va ular yordamida turli xil suyuqliklarni: kislotalar, ishqorlar, asoslar va boshqa suyuqliklarni zichliklarini o’lchash uchun qo’llaniladi (9.1- va 9.2-rasmlar);

    • aralashmalarning kontsentratsiyasini o'lchash uchun mo'ljallangan areometrlar, ularning shkalasi og'irlik yoki hajm bo'yicha foizlarda darajalangan bo'ladi.


9.1-rasm. Areometrlarning umumiy ko’rinishi.


9.2-rasm. Areometr yordamida suvning zichligini (1) va kislotaning zichligini (2) o’lchash.


O’lchash vositalari yordamida olingan natijalarning sifatli bo’lishi uchun birinchi navbatda ularning aniqlik darajasi ta’minlangan bo’lishi kerak. O’zbekiston Respublikasi xududida ushbu o’lchash vositalarining metrologik aniqlik darajasini ta’minlash va metrologik ko’rikdan o’tkazish “O’zstandart”


Agentligi vakolatiga kiradi. Ishlab chiqarish korxonalarida qo’llaniladigan barcha o’lchash vositalari o’rnatilgan tartibda davriy ravishda qiyoslash ko’rigidan o’tkazilib turiladi. Shu jumladan areometrlar ham O’zbekiston milliy metrologiya institutida davriy ravishda qiyoslash ko’rigidan o’tkazilib turiladi va buning uchun u erda barcha sharoitlar yaratilgan.
Avstriya davlatida ishlab chiqarilgan DMA-4500 qurilmasi qiyoslash uchun qo’llaniladigan turli xildagi namunalarni tarkibini 0,00005 g/sm3 aniqlikda o’lchash xususiyatiga ega. Ushbu namunaviy o’lchash vositasi yordamida tayyorlangan standart namunalar hamda yuqori aniqlikdagi namunaviy o’lchash vositalari yordamida areometrlarning aniqlik darajasi etalon suyuqliklar yordamida tekshiriladi va bu areometrlar uchun qiyoslash ko’rigidan o’tkazilganligi to’g’risida guvohnoma beriladi.
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish jarayonlarida qo’llanilayotgan areometrlar 9.1-jadvalda keltirilgan va ular quyidagi guruxlarga ajratiladi:
9.1-jadval

Areometrlarning turlari

Areometrlarning qo’llanilishi bo’yicha tiplari

Umumiy qo’llash uchu mo’ljallangan areometrlar

АОН-1, АОН-2, АОН-3, АОН-4, АОН-5;

Sut maxsulotlari uchun areometrlar

АМ, АМТ;

Neft mahsulotlari uchun areometrlar

АН, АНТ-1, АНТ-2;

Spirt uchun areometrlar

АСП-1, АСП-2, АСП-3, АСП- Т;

Elektrolitlar uchun areometrlar

АЭ-1, АЭ-2, АЭ-3;

Grunt aremetrlari

АГ;

Dori vositalari tayyorlash uchun mo’ljallangan areometrlar

ADV -1, ADV -2, ADV -3



9.1-jadvalda keltirilgan ishlab chiqarishning turli sohalarida qo’llaniladigan areometrlar tuzilishi va ishlash printsipi bo’yicha bir-biriga o’xshash lekin ular shkalasining qiymatlari va aniqlik darajasi bilan bir-biridan farq qiladi. 9.2- jadvalda umumiy ishlatish uchun mo’ljallangan areometrlarning o’lchash diapazonlariga bog’liqlik taqsimoti keltirilgan.
9.2-jadval
Umumiy ishlatish uchun mo’ljallangan areometrlarning o’lchash diapazonlari



Nomi


Zichlikni o’lchash diapazoni, кg/м³



Bo’lim bahosi

t, °С


Areometrning uzunligi, мм



АОН – 1

700–760, 760–820, 820–880, 880–
940, 940–1000, 1000–1060, 1060–
1120, 1120–1180, 1180–1240,
1240–1300, 1300–1360, 1360–
1420, 1420–1480, 1480–1540,
1540–1600, 1600–1660, 1660–
1720, 1720–1780, 1780–1840

1

170

АОН – 2



1000–1080, 1080–1160, 1160–
1240, 1240–1320, 1320–1400
1400–1480, 1480–1570, 1570–
1660, 1660–1750, 1750–1840

1


305


АОН – 3

1000–1400

10

300

1300–1800

20

АОН – 4



700–1000

5

320


1000–1500

10

1000–1800

20

АОН – 5

650–720, 720–790, 790–860,
860…930, 930–1000, 1000–1070,
1070–1140, 1140–1210, 1210–
1280, 1280–1350, 1350–1420,
1420–1490, 1490–1560

0,5

480

Kimyo va oziq-ovqat sanoatida zichlikni uzluksiz o'lchashda tekshirilayotgan suyuqlik uchun qalqovichi doimiy cho'kib turuvchi avtomatik asboblardan foydalaniladi.
Qalqovichli zichlik o'lchagichda kirish trubkachasi orqali tekshirilayotgan suyuqlik zichlik o'lchagichning o'lchash kamerasi 1 ga berilib, chiqish trubkachasi orqali to'kiladi. Qalqovich 2 shtok 3 orqali tortsion trubka 4 bilan sharnirli
bog'langan bo'lib, uning yordamida o'lchash kamerasidan oqib o'tayotgan suyuqlik zichligini o'lchashda qalqovichda hosil bo'ladigan itaruvchi kuchni muvozanatlashtiruvchi kuch hosil qilinadi.

Bundan tashqari tortsion trubka 4 differensial - transformatorli o'zgartgich 5 ning o'zagi bilan bog'langan bo'lib, unga to'g'ri keladigan o'lchash asbobi ulanadi. Ulash kamerasi davriy ravishda asosning ostki qismida o'rnatilgan to'kish jo'mragi orqali tozalanadi.
Sanoatda 900-1800 kg/m3 o'lchash diapazoniga, ±4 % xatolikka ega bo'lgan gidrostatik zichlik o'lchagichlar ishlab chiqariladi.
Areometrlar yakka yoki to’plam holda chiqariladi. To’plamda 19 ta areometr bo’lib, eng engilining darajasi 0,700, eng og’iriniki esa 1,8400 teng bo’ladi. Aniqlashni 20°С xaroratda spirtga eng engilini tushirishdan boshlash kerak. Agar xarorat 20°С dan farq qilsa, 20°С dagi spirtning quvvatini GOST ning 1-jadvali (massa buyicha) yoki 2-jadvali (xajm buyicha) asosida topish ham mumkin. Refraktometrik usulda spirtniig quvvatini aniqlash. Toza suvning nur sindirish ko’rsatgichi 1,3330 ga teng, absolyut spirtniki esa 1,36242 ga teng. Shu ko’rsatgichlar asosida tuzilgan jadvaldan foydalanib, spirtning hajmiy quvvati topiladi.



    1. Download 1,89 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish