Innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Download 122,33 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana17.05.2023
Hajmi122,33 Kb.
#939924
  1   2   3   4
Bog'liq
Malikov D. kurs ishi (1)



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA 
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
 
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT 
TEXNIKA UNIVERSITETI 
 
«ELEKTRONIKA VA AVTOMATIKA» FAKULTETI 
«ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARINI 
AVTOMATLASHTIRISH» KAFEDRASI 
«Sohaning texnologik o‘lchashlari va asboblari» fanidan
«
 
Oqim sarflarini hisoblagichlarni tanlash usullari
»
 
mavzusida
 
KURS ISHI
 
 
Bajardi
:11SA21 TJA guruh 
Malikov Doston 
Qabul qildi:
________________ 
Toshkent – 2023 



MUNDARIJA
Kirish …………………………………………………...…………2
NAZARIY QISM ……………………………………....………....3
1.
Sarf haqida umumiy tushuncha…………………………………….3
2.
Bosimlar farqi o`zgarmas sarf o’lchagichlar …………………...…5
3.
Induksion sarf o’lchagichlar ……………………………………...10
4.
Tezlik bosimi bo’yicha sarf o’lchagichlar ………………………..14
Xulosa.………………………………………………………..…..17
Adabiyotlar ro‘yxati..…………………………………………..…18



KIRISH 
So‘nggi paytda ishlab chiqarish, energetika, kimyo va boshqa sanoat sohalarida 
texnologik jarayonlarning jadal sur'atlar bilan rivojlanishini kuzatmoqdamiz. Ishlab 
chiqarish va issiqlik energetikasi sohasida birlamchi quvvatlarni oxirgi yillarda 1015 
marta oshishi, texnologik jarayonlarni tezligini ham oshirmoqda, ulardagi 
o‘lchanayotgan parametrlar soni ham ortib bormoqda.
Hozirgi kunda ishlab chiqarish korxonalarini zamonaviy o‘lchash vositalarisiz 
tasavvur qilish qiyin. O‘lchash texnologik jarayonlarni, qurulmalarni ishonchli 
ishlashini, ishlab chiqarish xavfsizligini, masalan, issiqlik elektr stansiyalarining 
ob'ektiv nazoratini ta'minlaydi. Ishlab chiqarish samaradorligi va energiya 
tejamkorligi, ayniqsa katta quvvatli qurilmalarning muammolarini yechishda 
texnologik jarayonlar nazorati muhim ahamiyatga ega.
Har qanday o‘lchash natijasi, xatoligi, o‘lchash jarayonining parametrlaridan 
qat'iy nazar, o‘lchash vositasiga ham bevosita bog'liqdir. Issiqlik texnikasi 
qurilmalarining ishlashini, o‘lchashni bajarish, o‘lchash vositalari va usullarini 
bilmasdan turib o‘rganish mumkin emas. Turli o‘lchash vositalari mavjudligi 
o‘lchash texnikasini to‘g'ri tanlashni talab qiladi, u berilgan sharoitlarda nazoratni 
kerakli aniqligi bilan ta'minlaydi. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda 
o‘lchash aniqligi va o‘lchash vositalarining ishonchli ishlashi muhim ahamiyatga 
ega.
Issiqlik va elektr energiyasini tejash masalalariga bizning davlatimizda katta 
ahamiyat berilayotganligi va so‘ngi paytlarda qator davlat ahamiyatiga ega qarorlar 
qabul 
qilinayotganligini 
inobatga 
olsak, 
ishlab 
chiqarish 
jarayonlarida 
ishlatilayotgan o‘lchov asboblari orasida harorat o‘lchash vositalari muhim 
ahamiyatga egaligini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. “Sohaning texnologik 
o‘lchashlari va asboblari” fani sanoatda, jumladan barcha korxonalarimizda keng 
qo‘llaniladigan o‘lchov asboblari bo‘lmish harorat, bosim, sarf, sath va gaz tarkibini 
tahlillagich qurilmalarini tuzilishi, ishlash prinsipi, ularni o‘lchash xatoliklari 
to‘g'risida amaliy va nazariy ko‘nikmalar hosil qilishga yordam beradi.



NAZARIY QISM.
1. Sarf haqida umumiy tushuncha
Sarf bu — vaqt birligi ichida oqim yoʻnalishi boʻyicha oʻtgan moddaning vazn 
yoki xajm miqdori. Sarfni oʻlchash tushunchasida ikki xil sarf farqini ajratib olish 
kerak: Xajmli sarf va vaznli sarf. Xajmli sarf oʻlchash usulida odatda suyuqliklar va 
gazlarning vaqti birligi ichida oʻtgan xajmi oʻlchanadi. Vaznli sarf oʻlchashda esa 
moddaning vaqt birligi ichida oʻtgan vazn miqdori oʻlchanadi. Oʻlchash usulini oʻzi 
xam ikki xil turga ega: birinchisida vaqt birligi ichida oʻtgan moddaning vazn midori 
yoki xajmi, yaʼni bu xolda sarf bevosita xajm yoki ogʻirlik birliklari bilan 
ifodalanadi; ikkinchi usulda joriy oqim tezligiga koʻra vaqt birligi ichida qancha 
miqdorda modda oʻtishi, yaʼni oniy (mgnovenniy) sarf oʻlchanadi. 
Sarf o’lchagichlarning eng ko’p tarqalgan quyidagi turlari mavjud:
• 
Bosim farqlari o

zgaruvchan sarf o‘lchagichlar.
• 
Bosim farqlari o’zgarmas sarf o‘lchagichlar.
• 
Tezlik bosimli sarf o‘lchagichlar.
• 
O’zgaruvchan satxli sarf o‘lchagichlar.
• 
Induksion sarf o‘lchagichlar.
• 
Ultratovushli sarf o‘lchagichlar.
• 
Kalorimetrik sarf o‘lchagichlar.
• 
Ionizatsion sarf o‘lchagichlar
Sarfi oʻlchanayotgan moddaning agregat xolatiga koʻra, ushbu modda uchun 
faqat oʻziga xos boʻlgan xususiyatlari yuzasidan korreksiya xisobi yuritib boriladi. 
Chunki texnologik jarayon taqozo etadigan bosim va xaroratga bogʻliq xolda 
oʻlchangan sarf bilan standart qabul qilingan sharoitda oʻlchanadigan sarf qiymat 
koʻrsatikich bir biridan katta farq qiladi. Yaʼni texnologik jarayonlarda odatda 
yuqori xarorat va bosim ositdagi reaksiyalar natijasidan keyingi xolat sarfi 
oʻlchanishi mumkin, ammo xar bir modda uchun uning solishtirma zichligi, 
molekulyar massasi kabi xossalari faqat oʻziga xos va takrorlanmas boʻladi. 
Shuningdek xar modda uchun meʼyoriy xarorat va bosim xam aloxida xisoblanishi 



mumkin. Odatda gazlar xarorat oshgan sari xajmi ortib boradi. Bu xolatda xajmiy 
sarf oʻlchash jarayonida chalkashliklar kelib chiqishini oldini olish uchun shu 
gazning kimyoviy va fizik noyob xossalaridan kelib chiqib, uning sarf xisobini 
meʼyorlanadi. Yaʼni texnologik jarayondagi bosim va xaroratga koʻra oʻlchangan 
sarf, meʼyoriy sharoitdagi sarf xisobiga oʻgiriladi. Odatda gazlar uchun meʼyoriy 
sharoit deb bir atmosfera bosimi va 20 S xarorat qabul qilinadi.
1-rasm. Ratometrlar 
2.
 
Bosimlar farqi o`zgarmas sarf o‘lchagichlar
Bu sarf o‘lchagichlarning ishlash usuli quvurda moddaning oqim yo‘lida 
o‘rnatilgan qandaydir toraytirish qurilmasi yordamida hosil qilinadigan bosimlar 
farqini o'lchashga asoslangan bo'lib, suyuqliklar, gazlar (bug‘lar) ning sarfini 
o‘lchash vositasi sifatida keng tarqalgan. Toraytirgichlar sifatida asosan standart 
diafragmalar, soplolar hamda boshqa soplolari ishlatiladi.
Bosim kamayishi o’zgarmas sarf o‘lchagichlar – rotametrlar tajriba 
sharoitlarida va sanoatda keng ishlatilib, toza va oz miqdorda ifloslangan bir jinsli 
suyuqlik va gazlarning ravon o‘zgaruvchi hajmli sarfini o‘lchashga mo‘ljallangan 
(Davlat standart 13045-67). Bular gaztahlillovchi va boshqa asboblarda sarf 
indikatori sifatida ham ishlatiladi.



2-rasm. Suyuqlik o’lchaydigan ratometr 
Asbobning ishlash prinsipi o‘lchanayotgan muhit oqimining pastdan yuqoriga 
o

tishida konik naycha ichiga joylashgan qalqovichning vertikal siljishiga 
asoslangan. Qalqovichning holati o’zgarishi bilan qalqovich va konik naychaning 
ichki devorlari orasidagi o‘tish kesimi o‘zgaradi, natijada o‘tish kesimidagi 
oqimning tezligi o’zgarmaydi. Bosimlar farqi qalqovich ko’ndalang kesimi yuzining 
birligidagi massaga tenglashguncha qalqovich harakatda bo’ladi. Berilgan 
muhitning har bir sarf kattaligiga qalqovichning muayyan holati mos keladi. 
Rotametrlar bosim farqi o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlarga nisbatan bir qator 
afzalliklarga ega: rotametrlarning shaklallari teng bo’linmali bo

lib, uncha katta 
bo

lmagan sarflarni o‘lchashga imkon beradi; bosimning yo‘qotilishi kichik va u sarf 
kattaligiga bog’liq emas, rotametrlarning o’lchash diapazoni katta:
(1)
Asbobning o‘lchash qismi vertikal joylashgan konik naycha va qalqovichdan 
iborat.
Konik naychadagi xalqaning kesim yuzi balandlikka proporsional o’zgaradi. 
Pastdan yuqoriga o‘tadigan suyuqlik yoki gaz oqimi qalqovichga kursatilgan kuchlar 
muvozanatlashguncha uni yuqori ko

taradi. Kuchlar muvozanatlashganda qalqovich 
ma’lum balandlikda to‘xtaydi, bu esa sarf miqdorini ko‘rsatadi. Qalqovichning ish 
holatidagi, ya’ni o‘lchanayotgan muhitga batamom cho‘kkan paytdagi og‘irligi



(2)
bu еrda G
k
-qalqovichning og‘irligi, kg; V
k
– qalqovich hajmi, m
3
; j
k
– qalqovich 
tayyorlangan materialning solishtirma og

irligi, kg/m
3
; J- o‘lchanayotgan muhitning 
solishtirma og‘irligi, kg/m3.
Bu holda qalqovichning og‘irlik kuchi pastga qaratilgan. Qalqovichning 
og‘irligi yuqoriga yo

nalgan kuch bilan muvozanatlashadi:
Muhitning o‘zgarmas oqimiga mos bo‘lgan qalqovichning muvozanat 
holatidagi og

irlik va itaruvchi kuchi o

rtasidagi tenglik quyidagicha:

Download 122,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish