O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
PEDAGOGIK INNOVATSIYALAR, PROFESSIONAL TA’LIMI BOSHQARUV HAMDA PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYОRLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
BOSHLANG‘ICH PROFESSIONAL TA’LIMNING
30711401 - Avtomobil dvigatellarini tashxislash va ta'mirlash kasbi bo‘yicha.
Avtomobillar tuzilishi o‘quv amaliyoti fanidan O‘QUV DASTURI
Kvalifikatsiya(lar) nomi:
|
Avtomobil dvigatellarini
tashxislash va ta'mirlash.
Yonilg‘I ta'minlash tizimini tashxislash va ta'mirlash chilangari.
“B” yoki “BC” toifali avtomobil haydovchisi.
|
O‘quv rejadagi tartib raqami:
|
2.07
|
Ajratilgan soat:
|
120
|
Toshkent – 2022
O‘quv dasturi pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (transport turlari bo‘yicha) yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-metodik birlashmasining 2022-yil 24-avgustdagi 4-sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2022-yil 29-avgustdagi 5-son yig‘ilishida ma’qullangan va Vazirlikning 2022-yil 30-avgustdagi 295-son buyrug‘i bilan TASDIQLANDI VA JORIY ETILDI.
Tuzuvchilar:
|
Madjitov A.
|
Pedagogik innovatsiyalar instituti
Ta’lim texnologiyalari, o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqish bo‘limi bosh mutaxassisi
|
|
Yusupova G.
|
Shayxontohur tuman kasb-hunar maktabi direktori
|
|
Tuxtamuratov O.
|
Shayxontohur tuman kasb-hunar maktabi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari
|
|
Umarov M
|
Shayxontohur tuman kasb-hunar maktabi bosh ustasi
|
Taqrizchilar:
|
Ismatov J
|
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti «Energiya mashinasozligi va kasb ta’limi» dotsenti t.f.n.
|
|
Musabekov Z
|
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti «Energiya mashinasozligi va kasb ta’limi»
dotsenti,
|
O‘quv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
|
Avtomobillar tuzilishi o‘quv amaliyoti.
|
Ajratilgan soat
|
120
|
O‘qituvchining mashg‘ulotida qatnashib o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan mavzular soni
|
10
|
Dasturning maqsadi
|
Fanni o‘qitishdan maqsad o‘quvchilarga «Avtomobillar tuzilishi, avtomobil dvigatellariga servis xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari» fanidan olgan bilimlarini mustahkamlashdan iborat.
Fanni asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-avtomobilning tuzilishini o‘rganish;
-avtomobilning birikma, agregat, mexanizmlarni qismlarga ajratish-yig‘ish, servis xizmat ko‘rsatish va
ta’mirlash ishlarini bajarishda mustaqil ko‘nikmalarni shakllantirish..
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
|
O‘quvchi dasturni o‘zlashtirish natijasida avtomobillarning umumiy tuzilishini, avtomobil dvigatellari tuzilishini, servis xizmat ko‘rsatish mexanizmlar, asboblar, detallarning tuzilishi va ishlashini o‘rganish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
|
Bilimlar
|
avtomobillarning umumiy tuzilishi;
dvigatellarni umumiy tuzilishi;
dvigatel va mexanizm tizimlari tuzilishi va ishlash tartibi;
transmissiyaning umumiy tuzilishi va ishlash tartibi;
yurish qismining umumiy tuzilishi;
boshqarish organlarining umumiy tuzilishi.
|
Ko‘nikmalar
|
avtomobillarni tuzilishini bo‘laklarga bo‘lib o‘rganish;
dvigatellarni mexanizm va tizimlari tuzilishi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil ravishda bajarish;
avtomobillarning transmissiyasi, yurish qismi, boshqarish organlarini tuzilishi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil ravishda bajarish;
barcha turdagi avtomobillarni tavsifnomalarini maxsus ma’lumotnoma asosida tuzib chiqish.
avtomobilning birikma, agregat, mexanizmlarni
qismlarga ajratish va yig‘ish.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |