Shariat ahkomlari bo’yicha ma’lumki, er xotinni taloq qilsa, yana
qayta nikoh qilib olishi, hatto uch taloq qilganda ham, “halola” qilib
(ya’ni xotinini boshqa birovga nikoh qildirib),
qaytadan uylanishi va
nikoh qilishi mumkin. Lekin xotin er tomonidan buzuqlikda ayblansa,
bu er shu xotiniga boshqa uylana olmaydi, ya’ni o‘zi buzuq degan xotin
bilan qaytadan er-xotinlik munosabatlarida bo’la olmaydi. Agar u
xotinini buzuqlikka oshkora ayblasa va yana u bilan yashab ketsa, o ‘sha
davr jamoasi uni m ard ud sanaydi hamda jamoadan chetlashtiradi, u
bilan aloqalami botil qiladi. Mana shuning uchun Otabek o’layotgan
K um ushbibini tinchlanrirish, Zaynabni ham da ota-onasini uning
Zaynab bilan yashay olmasligiga ishontirish m aqsadida Zaynabga
qilmishiga yarasha qat'iy va o ‘zgarmas jazo
berish uchun mana shu
haqorat so‘zni qoilagan. Mana shu ijtimoiy-etik fondan ajratilgan
holda Otabek nutqidagi bimday ziddiyatli xususiyatni tushunib
bo’lmaydi. Mana shuning uchun Kumushning o ‘limidan keyin Zaynab
jinni boiadi; uning Otabek bilan birga yashashga mutlaqo umidi yo‘q
edi; Otabek o‘zi buzuq degan xotin bilan qaytadan yashaydigan
pastkash mardud nomini olmas edi.
SALOM BERISH MADANIYATIGA DOIR
Salom berish - kundalik hayotimizda eng ko‘p qo’llaniladigan urf.
Har bir so’zlovchi so'zini salomdan boshlaydi. Qadimdan nafaqat har
ikki mo’min-musulmon, balki har qanday dindagi kishi uchrashib
qolsa, bir-biriga do‘st yoki dushman boiishidan qat'i nazar,
salomlashish shart hisoblangan. Bu haqda Q ur’oni Karimda “...bu
dunyoning narsasini istab sizlarga salom bergan kishiga “Sen mo‘min
emassan!” demanglar...” , ya’ni salomga
doimo alik olish shart
deyilgan. Shuning uchun salom berish sunnat (ya’ni qilish yaxshi,
maqbul, lekin majburiy, zaruriy emas), lekin alik olish, salomga
muvofiq va munosib javob berish farz sanaladi. Bu yerda ikki qadimiy
rivoyatni eslab o‘tish foydadan xoli emas. XVI asr yozma yodgorligi
bo'lgan “Gulzor”da va Koshifiyning “Futuw at”ida
shunday rivoyat
keltiriladi: Mahmud G ’aznaviy bir jangda juda oz sonli qo'shin bilan
g’animining juda ko‘p sonli lashkarini yengadi va g’alabadan keyin
shukrona aytish uchun otini chekkaga surib, ko’zini yumadi. Allohga
hamdlar o‘qish bilan band boiganida, kimdir otining tizginini ushlab,
“sen kimsanki, men sunnatni bajarsam, farzni ado etmaysan?” degan
121
xitobidan ko'zini ochadi va kechirim so‘raydi. Bunda kinoya usuli bilan
“Men
salom berdim, sen nega javob bermaysan?” degan ma’no
yashiringan. Boshqa bir rivoyatda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bilan
bo‘lgan bir voqea bayon qilinadi. Payg‘ambarimiz hujrada hazrat Umar
bilan o ‘tirganlarida bir g‘ayridin kirib, “somalaykum” deydi. Rasuli
akram “vaalaykum ” deb javob beradilar. G'ayridin chiqib ketgach,
hazrat Umar “axir, u sizga o‘lim tiladi, Siz unga alik oldingiz!”
deganlarida, Rasuli akram “men va alaykum dedim, xolos”, deb
xotirjam javob beradilar.
Shuning uchun xalqimiz salomlashish odobiga katta ahamiyat
berib, “so‘z boslii salom ” deydi. Salomga javob qaytarmaslik esa eng
katta beodoblik, hatto mo‘min emaslik belgisi sanaladi.
Tarixga nazar soladigan bo‘lsak, har bir elat uchun qabul qilingan
salomlashish usullarining davrlar bo‘yicha o ‘zgarib
turganligini
ko‘ramiz. Bu nuqtayi nazar dan ruslarda salomlashish odobi, uning etik-
estetik va lisoniy omillari chuqur o'rganilgan, qator ishlarda maxsus
tadqiq va muhokama manbai bo‘lgan. Masalan, qadimda Rossiyada
salomlashish paytida nafaqat suhbatdoshning nasabi, qarindoshlik
aloqalari, yoshi va jinsi,
balki kunning qaysi vaqti, kasbi va suhbat
paytida so‘zlashayotganlar nima bilan mashg‘ul ekanligi ham inobatga
olingan. Jumladan, hosilni o‘rib olayotganlarga
Do'stlaringiz bilan baham: