Salo-o-o-m\
- “Juda vaqtida kelding”
SaIom
\!! - “Gap tamom”
Saloml
- “Ha, ishing tushdimi?”
Salom\ -
“Bir past kutib turing”
Saloml
- “V aqtim yo‘q, ketaver”
Sa-/om! - “Mana ishimbitdi, gapir endi”.
0 ‘zbek formal tilshunosligi yutuqlari
asosida bu yerda zarurat -
munosabatlami o‘rganish uchun zamin, tayanch material sifatida -
berilgan yuzaki bayondan korm ib turibdilri, situativ-pragmatik vaziyat
([SPS])ning lisoniy mimik noverbal vositalari ham ulkan rang-
baranglikka ega va verbal lisoniy birliklarga, odatda, hamroh bo'lib,
ulaming
ifodaviyligini kuchaytirib, ta ’kidlab, “bezab” keladi. Lekin
zarur o‘rinlarda - sharoit imkoniyati yoki taqozosiga ko'ra, noverbal
vositalar verbal vositalami almashtirishi, adresat yoki kommunikatsiya
ishtirokchilariga adresant ye&azishi zarur bo'lgan axborotni noverbal
usul bilan to'laqonli, ta ’sirchan uzatishi va u samarali bo'lishi mumkin.
Nutqiy muloqotning ichki omillari ham,
tashqi omillari ham hatto
nisbatan qisqa bir davr uchun mutlaq, o‘zgarmas emas - ular daw bilan
o‘zgarib, m e’yoriylik (ijobiy-salbiy sifatida baholash mezonlarini
yangilab) turadi. Udumda “an’anaviylikka sadoqat” fetishistik omil
istagan turdagi yangilikka salbiy munosabatda bo'lganligi buning asosi
bo‘lsa, insoniyatda azaliy va abadiy bo'lgan “otalar va bolalar”
muammosi - uning farzandi, mahsulidir. Masai an, bundan 100 yil aw al
tanish erkakning qon-qarindosh bo'lmagan tanish ayol bilan qo‘l
berib
ko‘risha olishi o‘zbekning xayoliga ham kelmas edi. Hozir atigi
“xunuk” kd'ringan, qarindosh boim asa ham, yaqin (sinfdosh,
kursdosh,
kasbdosh) begona erkak va ayollaming o‘pishib
ko‘rishishlari ham, yoki yoshlaming qomatlari va ko‘ksini oldinga
chiqarib, qo'llarini baland ko‘tarib salomlashishlari ham odat,
yillar
o‘tib “m e’yor” tusini oldi. Axir, Ayniy “Doxunda” va “Esdaliklar”
asarida guvohlik berishicha, Buxoroda 1915-20-yillarda yaktak emas,
yewopacha kamzul kiyib, chilim emas, papiros chekkanlar “jadid”
sifatida rasman qatl qilingan edi.
Tarix uchun nisbatan qisqa bo'lgan keyingi 80-yillarda o‘zbek
milliy kiyimi kamida uch-to‘rt maxta tubdan yangilandi. Bugungi kunda
20-yillar uchun m e’yor bo‘lgan qiz-juvonlar va ayollar milliy kiyim-
kechagini hozir faqat muzeylardagina ko‘rish mumkin. O ltgan asming
30-yillarida qiz-juvonlar
uchun kostyum-yubka, erkaklar uchun
124
kostyum-shim milliy bo‘lmagan, o‘ta rasmiy ovro‘poviy va, asosan,
rasmiy-marosimiy yoki rasmiy ish kiyimi mavqeyida boisa, o‘sha
asming 60-yillariga kelib, bunday kiyinish odatiy, aytish mumkinki,
milliylashgan, o ‘zlashgan o‘z kiyimiga aylandi. Bundan yigirmayilcha
oldin milliy bo‘lmagan, hatto vulgar ovro‘poviy kiyinish sanalgan qiz-
juvonlar uchun shim bugun o ‘zbek
qiz-juvonlarining odatiy, aytish
mumkinki, milliylashgan ish kiyimiga aylandi. Bugungi kunda, hatto
sof rmlliy mato - atlas, xonatlas va har xil zardo'zi matolardan shimday
zamonaviy milliylashtirilgan bichim va rusumlarda tashqi kiyim-
boshlar amalda qo‘llanilmoqdaki, ulami sof milliy ham, tub ovro‘poviy
deb bo‘lmaydi.
Bunday tarixiy o zgarishlar
nafaqat kiyim-kechakda, balki
nolisoniy noverbal vositalar sirasida ham sodir bo‘lmoqda. Masalan,
o‘tgan asr boshlarida o‘zbeklar uchun bir qo‘l bilan - o‘ng qo‘llar
kaftlarini yopishtirib, qo‘lni qisib salomlashish odati mutlaqo yo‘q edi.
0 ‘sha davrda o‘zbekona qo‘l berib ko‘rishish, asosan, teng saviyali va
darajali kommunikantlar orasida,
shunda ham rasmiyatchilik
munosabatlari saqlangan holda odatiy
salom-alikdan keyin mumkin
edi. Shunda ham yuksakroq martabali kimsa qo‘llarini ko'ksidan olib
suhbatlashishga ikki qo‘li kaftini bir-biriga qaratib uzatsa, suhbatdosh
egilib, uzatilgan qo‘llardan o‘ngini ikki kafti orqasiga ilib ziyoratsimon
harakat qilar edi. Oddiygina o‘ng qo‘llar kaftlarini jufflab, qo'lni qisib
qo'yish odati bizga o'tgan asming 30-yillaridan m s odati sifatida kirib
keldi va bugungi kunda rasmiy ko‘rishish odatiga aylandi.
Xuddi shunday yig‘in va izdihomlarda savol berish yoki ilova
qilish ramzi bo'lgan mumtoziy yengilgina yo‘talib qo‘yish (tomoq
qirish) bugun o‘ng qo‘lni ko‘tarish bilan almashtirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: