15. Oliy ta’limda modulli-blokli ta’lim texnologiyasi
“Modulli o‘qitish” termini xalqaro tushuncha – modul bilan bog‘liq bo‘lib
(“modul”, lat. “modulus” so‘zidan olingan bo‘lib - me‘yor, o‘lchov degan
ma‘noni anglatadi.) Modul ta’lim jarayonida o‘rganilayotgan predmetni ma‘lum
qismlarga bo‘lib, uni o‘rganishning aniq tizimini yaratadi.
Moduluning bitta ma'nosi faoliyat ko‘rsata oladigan o‘zaro chambarchas
bog‘liq elementlardan iborat bo‘lgan tugunni bildiradi. Bu ma'noda u modulli
o‘qitishning asosiy vositasi sifatida, tugallangan axborot bloki sifatida tushuniladi.
Modul – bu fanning fundamental tushunchasini taqdim etadi: muayyan
jarayoni yoki qonuni, bo‘limi, muayyan katta mavzusi, o‘zaro bog‘liq
tushunchalar guruhidir.
Modulli ta'lim – bu bilimlarni nazorat qilish bilan hamohanglashgan,
qandaydir mantiqiy yaxlitlik va tugallanganlikka ega o‘quv axborotidagi mantiqiy
belgilangan qism.3
Do'stlaringiz bilan baham: |