Reja: Falsafaning mavzusi va ilmiy bilimlar tizimida tutgan o’rni



Download 18,35 Kb.
Sana07.06.2021
Hajmi18,35 Kb.
#65760
Bog'liq
1-seminar


1-Mavzu:Falsafa:uning predmeti uning predmeti,mazmuni va jamiyatdagi roli

REJA:


1.Falsafaning mavzusi va ilmiy bilimlar tizimida tutgan o’rni

2.Falsafaning muammolari,sohalari va vazifalari

3.Falsafa va dunyoqarash

4.Mustaqillik va yangicha dunyoqarashni shakllantirish zarurati

Bashariyat milodiy XX asr bilan xayrlashib,uchinchi ming yillikka qadam qo’ymoqda.Endilikda bugungi kunga kelib,ijtimoiy hayotning barcha sohalarida ulkan yutuqlarga erishdi.Fan va texnika,madaniyat va maorif beqiyos rivojlandi. Odamzod o’zining aql-zakovati va mehnati bilan juda ko’p yangiliklar yaratdi. Dunyoning ko’plab sir-asrori kashf etildi,buyuk ixtirolar qilindi.Ma’naviy boyliklar orasida falsafa ilmida to’plangan hikmatlar xazinasi eng muhim o’rin tutadi. Har bir davrning buyuk donishmandlari bo’ladi.Ular o’z yurti va xalqining tafakkuri, ruhiyati hamda orzu-intilishlarini falsafiy ta’limotlarda,muayyan darajada,ifoda etganlar,jamiyat farovonligi va millat ravnaqi uchun xizmat qiladigan yuksak g’oyalarni o’rtaga tashlaganlar.Xalqni buyuk maqsadlar sari yetaklovchi bayroq sifatida namoyon bo’ladigan bu g’oyalarning muayyan davr mafkurasiga aylanishida falsafiy bilimlar katta ahamiyat kasb etadi.

Falsafaning muammolari o’z xususiyatlariga ko’ra,azaliy va yoki o’tkinchi bo’lishi mumkin.Azaliy muammolar insoniyat paydo bolgan davrdayoq vujudga kelgan bo’lib, toki odamzod mavjud ekan yashayveradi..Chunki insoniyat taraqqiyotining har bir bosqichida ushbu muammolar yangidan kun tartibiga qo’yilaveradi.Ularni o’rganish jarayonida ilm-fan taraqqiy etib boradi.Olam va odam munosabatlari,dunyoning mavjudligi,borliqning voqeiligi,undagi o’zaro aloqadorlik va taraqqiy etish,insoniyat hayotidagi adolat va haqiqat,yaxshilik va yomonlik,urush va tinchlik,umrning mazmuni,tabiat va jamiyat taraqqiyotining asosiy tamoyillari bilan bog’liq ko’pdan-ko’p masalalar falsafa va falsafiy bilmlar sohalarining azaliy muammolari sirasiga kiradi.Falsafada olamning asosida nima yotadi,uni voqe etib turgan narsaning mohiyati nimadan iborat,degan masalalar nihoyatda uzoq tarixga ega.Qadimgi Yunoniston Rimda bu masala “Substansiya” tushunchasi va uning mazmunini qanday tushunilishiga qarab o’ziga xos ifodalangan.Substansiya deganda olam va dunyodagi narsalarning mohiyati to’g’risidagi fikr tushunilgan.Pifagor hamma narsa sonlardan tashkil topgan degan bo’lsa,Afloun substansiya-g’oyalardir degan,Demokrit esa olamning asosida atomlar yotadi deb tushuntirgan.Bu masala qay tarzda hal qilinishiga qarab farqlanadigan falsafiy oqim va yo’nalishlar ham yo’q emas.Masalan,olamning asosida nima yotadi,uning mohiyati nimadan iborat degan masalada monism, dualism,plyuralizm,materizlizm va idealism kabi qator falsafiy qarashlar shakllangan.

Monizm(yunoncha-monos,ya’ni yakka ma’nosini anglatadi)-olamning asosi yakkayu-yagona sababga,bitta asosga ega deb ta’lim beradigan falsafiy ta’limotdir. Dualizm( lotin tilid dua,ya’ni ikki degan ma’noni ifodalaydi)-olamning asosida ikkita asos,ya’ni modda va materiya bilan birga ruh va g’oya,ya’ni ideal yotadi deyuvchi qarash.

Plyuralizm( lotin tilida plyural,ya’ni ko’plik)-olamning asosida ko’p narsa va ideal yotadi.

Materializm-olamning asosida materiya,ya’ni moddiy narsalar yotishini e’tirof etadigan,moddiylikni ustuvor deb biladigan ta’limot

Idealizm-olamning asosida ruh yoki g’oyalar yotadi,dunyo voqeiligi va rivojida idealarni ustuvor deb ta’lim beradigan falsafiy talimot.

Falsafada dunyoni anglash,uning umumiy qonu niyatlarini bilish bilan bogliq masalalar ham muhim ahamiyat kasb etadi.Bu masalalas bilan falsafaning gnoseologiya degan sohasi shug’ullanadi.Dunyoni bilish mumkin deb hisoblaydigan faylasuflarni-gnostiklar;olamni bilish mumkin emas deyuvchilar- agnostiklar deb yuritiladi.Falsafaning muammolarini hal qilishga qaratilgan bir necha usul va metodlar bor.

Dialektika-grek tilida bahs va suhbatlashish san’ati.Antik dunyo faylasuflari uni haqiqatga erishish yo’li va usuli sifatida talqin etganlar.Hozirgi davrga kelib dialektika olamdagi narsa va hodisalar doimo o’zgarishda o’zaro aloqadorlik va bog’liqlikda,taraqqiyot va rivojlanishda deb tushunishdir.Unga ko’ra olamda o’z o’rniga va joyiga,yashash vaqti va harakat yo’nalishiga ega bo’lgan barcha narsalar va voqealar bir-birlari bilan bog’liq va aloqador tarzda,domimiy va takrorlanib turadigan bog’lanishlar orqali namoyon bo’ladi.

Metafizika-grekcha so’z bo’lib,lug’aviy ma’noda “fizikadan keyin”degan mazmunni ifodalaydi.Bu tushuncha ,falsafa tarixda birinchi marta,Qadimgi Yunonistonning buyuk faylasufi Aristotelning “Ilk falsafa”deb atalgan asarlariga nisbatan ishlatilgan.Metafizika olamdagi narsa va hodisalarni o’rganishda va ularning muayyan vaqt davomida o’zgarmasdan,alohida turgan holatiga diqqatini qaratadi.Aslini olganda olam garchand dialektik o’zgarish va harakatda bo’lsa-da, bu jarayon doimo ham nihoyattda tez sodir bo’lavermaydi.Metafizik usulning ham hayotda,izlanishlar va falsafiy tadqiqotlarda o’z o’rni bor.Bizda haligacha metafizik usulning tushunchalari ,kategoriyalari va tamoyillari izhlangan yohudtadqiq etilgan asarlar va tdqiqotlar yo’q.Qolaversa,uni dialektika bilan butunlay qarshilab va bu farqni mutlaq ziddiyat darajasiga ko’tarish ham maqsadga muvofiq emas. Aynan ana shunday yondashuv sobiq ittifoqda dialektikani mutlaqlashtirishga ,metafizikani esa quruq va o’lik ta’limot sifatida qarashga ,uning imkoniyatlaridan foydalanmasligiga sabab bo’ldi.

Sofistika-qadimgi Yunoniston falsafasida vijudga kelgantafakkur usulidir. Ko’pgina darslik va qo’llanmalarda bu ibora “sopism”so’zi asosida ,ya’ni ataylab xilma-xil ma’noga ega bo’lgan tushunchalarni ishlatish orqali kerakli,ammo haqiqtga to’g’ri kelmaydigan,ko’chma ma’no-mazmunga erishish yo’li,deb ta’kidlanadi.

Sinergetika-olamning o’z-o’zini tashkil etishi makon va zamonlarda narsa va voqealarni azaliy ketma-ketligi o’zaro aloqadorligi,ularning muayyan tizimlardan iborat sababli bog’lanishlar asosidamavjudligini e’tirof etishga asoslangnan ilmiy qarashlar majmuyidir.

Ana shu turli qarashlarga asos bo’lgan masalalar hanuzgacha ozmi-ko’pmi har bir faylasuf va falsafiy oqim yoki ta’limotlarda o’z o’rniga ega bo’lib kelmoqda.

Falsafa-insoniyat tarixida eng qadimiy ilmlardandir.Falsafiy mulohaza yuritish,fikrlash inso n tabiatiga xos,demak uning o’zi kabi qadimiydir.U olam va uning yashashi,rivojlanishi va taraqqiyoti,hayot va inson,umrning mohiyati,borliq va yo’qlik kabi ko’plab muammolar haqida fikr yuritadigan fandir.Falsafa asoslari bayon qilingan aksariyat darsliklarda ushbu atama qadimgi yunon tilidagi “filosofiya” so’zidan olingan va u “donishmandlikni sevish” degan ma’noni anglatadi.Bu atama va u ifoda etadigan bilimlar majmuyi qadimgi Yunoniston va Rimda eramizdan avvalgi VII-III asrlarda yuz bergan buyuk yuksalish natijasi sifatida yuz bergan edi.U qad .Yunonistonda asosiy fanga aylangan.Falsafa ,avvalo, muayyan ilmiy bilimlar tizimidir.U bir tomonda,insonnining voqeilikni aql vositasida idrok etishi,ikkinchi tomondan,ongning afsona a rivoyatlar asosidagi shakllardan uzil-kesil ajralish jarayoni natijasidir.

Har bir kishining dunyoga nisbatan o’z qarashi,o’zi va o’zgalar, hayot va olam to’g’risidagi tasavvurlari bo’ladi.Ana shu tasavvurlar,tushunchalar,qarash va xulosalar muayyan kishining boshqa odamlarga munosabati va kundalik faoliyatining mazmunini belgilaydi.Shu ma’noda,Dunyoqarash-insonning tevarak atrofini qurshab turgan voqeilik to’g’risidagi,olamning mohiyati tuzilishi,o’zining undagi o’rni haqidagi qarashlar,tasavvurlar bilimlar tizimidir. Dunyoqarash-olamni eng umumiy tarzda tasavvur qilish,idrok etish va bilishdir.

Dunyoqarashning bir kishiga yoki alohida shaxsga xos shakli individual dunyoqarash deyiladi.Guruh,partiya,millat yoki butun jamiyatga xos Dunyoqarashlar majmuasi esa,ijtimoiy dunyoqarash deyiladi.Kundalik hayotiy tajribalar asosida jamiyatda,odamlarda oddiy o’z-o’zicha rivojlanuvchi mohiyatga ega bo’lgan qarashlar,tushunchalar ,g’oyalar shakllanadi.U ko’pincha hayotiy falsafa deb ham yuritiladi.

Mustaqillik-bu oddiy so’z emas.U qariyb 130 yillik mustamlakachilik,ma’naviy va jismoniy tobelik,axloqiy-ruhiy ozurdalikdan so’ng u bergan beqiyos ne’matlarni tiklash imkoniyatlaridir.Bu borada amalga oshirilgan tarixiy jarayonlarni,voqea va hodisalarni mumkin qadar tezroq va ko’proq o’rganmog’imiz lozim.O’zini anglagan –dunyoni anglaydi.O’zligini anglash uni inson bo’lib tug’ilib,inson kabi yashashga,hayotdagi tarixiy o’rnini belgilab olishga ,jamiyat taraqqiyoti va kelajak oldidagi burchini tushunishga da’vat etadi.Ana shunday buyuk qadriyatni,ilohiy tuyg’uni faqat istiqlol,mustaqillik berishi mumkin xolos.Mustaqillik- tenglik sari qo’yilgan birinchi qadam.Chunki tenglik bo’lmagan joyda kimkimgadir tobe bo’ladi.

Tarixiy jarayon hamisha kishilar ong va tafakkurini,dunyoqarashi va turmush tarzini u yoki bu ko’rinishdagi g’oyalar ta’sirida ma’kum bir maqsad va manfaatlarga yo’naltirish pirovardida esa shu g’oyalarni e;tiqodga aylantirish tarzida kechadi.Bugun biz kishilar ongi va tafakkurida tub o’zgarishlarni amalga oshirish barobarida yangicha fikrlash va falsafiy dunyoqarashni yangilanishini tavr taqozosi,milliy mustaqilligimiz talabi deb anglamog’imiz lozim. Hozirgi davrda jahon mafkuraviy maydonlarida sodir bo’layotgan jarayonlarga nazar solar ekanmiz,g’oyaviy bosimning faollashuvi,turli mafkuraviy tahdidlar eng zamonaviy kurash usullarini,axborot texnologik imkoniyatlarning butub boshli arsenalini ishga solmoqda.Bunday vaziyatda ishonchli va mustahkam himoya imkoniyatlarini yaratish hayotiy zaruratga aylanib bormoqda.Qolaversa,bunday zaruratning yana bir omili,jahon miqyosida to’xtovsiz va shiddat bilan kechayotgan globallashuv jarayoni turli darajadagi,ammo aniq bir maqsadni ko’zlagan zararli g’oyalarni kishilar ongiga va turmush tarziga ta’sir etish imkoniyatlariga keng yo’l ochib bermoqda .Falsafiy dunyoqarashni yangilanishi avvalambor mustaqillik tufayli ijtimoiy-falsafiy o’qitish bilan bog’liqdir.Bu borada vazifasi falsafiy bilimlarni chuqurlashtirish asosida talaba yoshlarda erkin fikr va mustaqil dunyoqarashni shakllantirish,hozirgi murakkab ijtimoiy voqealar oqimida o’z bilimi va tafakkuriga tayanib voqea va hodisalarni sog’lom mushohada qilish,oq-qorani farqlay oladigan hamda oqilona baholay olish qobiliyatini shakllantirishdan iboratdir.Talaba yoshlarda falsafiy bilim asoslarini shakllantirish va bu bilimlarni yanada chuqurlashtirish dunyoda sodir bo’layotgan voqea va hodisalar mohiyatiga yanada chuqurroq kirib boorish imkoniyatini ochib beradiki,bu narsa ma’suliyat hissini uyg’otadi.Natijada har bir inson o’z “men” ligini tanib,ijtimoiy jarayonda o’z o’rniga ega bo’lishga intiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.Shermuhammedova.N.A. “Falsafa”-T.:2012

2.Axmedova M “Falsafa”-2007

3.’Falsafa asoslari”-1999

INTERNET SAYTLARI:

1.www.saviya.uz

2.www.arxiv.uz



3.www.ziyo.uz
Download 18,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish