0 ‘QITISH JARAYONIGA NO AN’ANAVIY
YONDASHISH
Respublikam izda ta iim jarayonini takom illashtirish bo4yicha izla-
nishda o4qitishningyangi shakllari asta-sekin m ustahkam o4rin olmoqda.
Bular gimnaziya, ixtisoslashtirilgan sinflardir. Lekin ta’lim ning yangi
shakllari, asosan, m aktabning o'rta va yuqori boV in larig a daxldordir.
Boshlang'ich m aktab har qanday holda ham o'quvchilardagi bilim larni
shakllantirishda va ularning qobiliyatlarini aniqlashda asosiy rol
o'ynaydi, keyin ham shunda\ b o iib qoladi. Ammo boshlangich mak-
tabdagi barcha o’qituvchilar, bolalarning qobiliyatlarini aniqlash va
rivojiantirish uchun tegishli ishlarni amalga oshirayaptimi? M asalan,
nim a uchun yuqori sinflarda a’lo bahoga o'zlashtiradigan bolalar soni
kamayib bormoqda? M aktabni bitta yoki ikkita o'quvchi oltin medal
bilan bitirishini qanday tushunish kerak? Iste’dodli, qobiliyatli bolalar
yo'qm i yoki o'qitish jarayoni shunchalik samarasiz b o iib qolganmi?
30
Bularning sababi nima? Sababi ko'p. Birinchidan, boshlangich sinflar
o'qituvchisining bolalar bilan individual ish olib borish imkoniyati
cheklangan. Sinflarda bo'sh o'zlashtiradigan o'quvchilarga e’tibor berish
zarur, Ikkinchidan, m azkur o'qituvchilarning m etodik saviyasi yetarli
emas. Sinfdagi umumiy ishlar jarayonida qobiliyatli bolalarning ijodiy
imkoniyatlari cheklanib qolmoqda. U lar o'z qobiliyatlarini ko'rsata
olmaytilar. O'qituvchining butun kuchi va e’tibori sinfga qaratilib,
qobiliyatli bolalar ko'zga tashlanmayapti. Um um an avtganda, xususan,
bolalarni saralash va o'qitishga boshqacha vondashishi bilan ularning
ijodiy qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish kerak. Boshlang'ich m aktab
(I bosqich maktab) bola shaxsining ilk shakllanishini ta’minlashi,
uning qobiliyatlarini aniqlash, o'quvchilarda bilim olish ko'nikm asi va
istagini tarkib toptirishi kerak. Bunday m aktabda o'quv faoliyatining
zarur ko'nikm a va m alakalarini egallaydilar, o'qish, yozish, hisoblashni
o'rganadilar, ijodiy fikrlash elementlarini, m adaniy nutq va xulqni,
shaxsiy gigiyena hamda sog'lom turm ush asoslarini o'rganadilar.
M ana shu umumiy vazifalarni amalga oshirish uchun m aqsadlarning
ustunligini jiddiy, tubdan o'zgartirish, avvalo, predm etlarga doir
bilimlar, ko'nikm a va m alakalarni o'zlashtirishning an’anaviy m aqsa
di o'rniga bola shaxsini, o'quv faoliyatini shakllantirish asosida tar
biyalash maqsadi egallaydi, lekin bunda an’anaviy predm etlarga doir
ko'nikm a va m alakalarning shakllanish darajasiga e’tibor sustlash-
masligi lozim. Boshlang’ich ta’lim ning muayyan m aqsadlarini ishlab
chiqishning haqiqiv ahvoli shundaki. yangi ustunliklar nazariy va
amaliy ustunliklar jihatidan eng kam ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda
predm et ta lim in in g o'quv dasturlarida belgilangan m uayyan maq-
sadlari hozircha kichik yoshdagi m aktab o'quvchilarining yosh xusu
siyatlari va imkoniyatlaridan ajralib qolgan, ta ’lim ning rejalashtirilgan
natijalari va ularni baholash m exanizm lari nuqtayi nazaridan ifoda-
lanmagan. Bu hoi o'quv faoliyatini shakllantirishga doir ishlar bilan
predm etlar bo'yicha ko‘nikm a va m alakalarni o'zlashtirish o'rtasida
uzilish mavjudligidan dalolat beradi. Boshlang'ich ta’limdagi maqsad-
lar ustunligining almashinuvi faqat predm etlar o'rtasidagi nisbat
(asosiy va ikkinchi darajalilik)ning o'zgarishiga olib bormaydi, balki
shaxsni kamol toptirish vazifalarini kengroq va to'laroq amalga
oshiradigan yangi. uyg'unlashgan kurslarni ishlab chiqishning asosini
31
ham vujudga keltiradi. Bunday kurslarni va ularning dasturlarini
ishlab chiqish nihoyatda zarurdir. Shu bilan birga, kichik yoshdagi
m aktab o'quvchilarining yosh imkoniyatlarini hisobga oladigan va
ularda o'quv faoliyatini shakllantirishga qaratilgan yangi tipdagi ta’lim
vositalariga o'tish juda muhimdir. M uayyan yo'nalishdagi (matematika,
til, estetik va jism oniy tarbiya hamda boshqalarga doir) m aktablarga
bolalarni yoshidan qat’i nazar qabul qilinadi» ya’ni olti va yetti yoshli
bolalar farqlanmavdi. Bunda asosiy mezon ko’rish va eshitish xotiralari,
mantiqiy fikrlash hamda nutqdan iborat bo'ladi. Mana shu m ezonlarga
ko'ra boshlang'ich m aktabning asosiy vazifasi: bolalarga kuzatish,
o'ylash, o'qish va vozishni, o'qilgan yoki avtilgan m aterialning asosiy
m a'nosini ajratish va tahlil qilishni, muammoli vaziyatlarni turli vari-
antlarda hal etishni o'rgatishdir. Sinfning ahvoliga muvofiq o'qituv-
chining eng muhim vazifalari: o'quvchilarning bilimlarni o'zlashti-
rishga tayyorligini aniqlash va rivojlantirish; keyin o'qitishning
individual shakli m etodikasini ishlab chiqish, bolalarning qobiliyatlari
va ijodiy qiziqishlarini takom illashtirish: ularning tafakkuri hamda
o'qitish dasturini maksimal darajada o'zlashtirish iqtidorini o'stirish:
bolalarning o'ziga xos va shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish; ularni
chuqurlashtirish;
bilimlar asosida m aktabning o'rta zvenosidagi
o'qishga tayyorlashdir.
O'zbekistondagi m aktablarning tajribali o'qituvchilari bolalarni
neyropsixologlarning ekspress-diagnostik tekshirish asosida tanlash
m etodidan foydalanadilar. Bu metod psixologiya fanlari doktorlari,
professorlar B. Qodirov va G. Simernitskaya, dotsent S. Gxunjonovlar
tomonidan ishlab chiqildi. O'quvchilar I-IV sinflarda EHM bilan
shug'ullanib, m ashqlarni m ashinada ishlash m alakalarini hosil qiladilar,
m atematika, tabiatshunoslik, mehnat darslari bo'y icha o'yin dasturlarini
o'zlashtiradilar, shuningdek, test asosida psixologik yo'nalishdagi har
xil mashqlarni bajaradilar. O 'yin shaklida olib borilgan til bilan bog'liq
darslarda taiim n in g ikkinchi tilini o'rganishda, asosan so'zlarni,
iboralarni eslab qolishga, o'qish va yozish m alakalarini shakllantirishga
ahamiyat berildi. O'qitishning gum anitar yo'nalishlarini «Atrofimizdagi
olam». «Tasviriy san’at», «Musiqa va raqs» darslari tashkil etdi.
Bunday darslarning vazifasi axloqiv va estetik tarbiyaning asosi bo'lib,
chinakam insoniylik sifatlarini va rahm dillikni, inson va tabiatning
32
gcTzalligini ko'ra olishni rivojlantirishdan iborat edi. T aiim dagi
noan'anaviy o'quv jarayonining ana shu xildagi boyligi tibbiyotchilar
va psixologlar tomonidan doimiy ravishda nazorat olib borilishini
talab qiladi. Sinf psixologlarining asosiy vazifasi bolalarning o’quv
jarayoniga, psixologik barqarorlikka ko'nikishini aniqlashdan iborat edi.
Psixologlar darslarga kirishi, o'quvchilar va ota-onalar bilan suhbatlar
o'tkazishlari lozim. Ular to'plagan m aiu m otlar o'quv jarayonini
oldindan belgilash im konini beradigan maxsus daftarlarga m untazam
ravishda yozib borilishi shart. Sinf psixologining yana bir vazifasi
xotirani rivojlantirishga doir m ashg'ulotlarni o'tkazishdan iborat boiib,
bu ish ta'lim ning boshlangich zvenosida juda zarurdir.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |