Lekin "a’lo" strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish ham korxonani zaif va qoniqarsiz faoliyat davrlaridan kafolatlamaydi. Ba’zan rahbarning harakatlari natija berishi uchun muayyan vaqt talab qilinadi. Hattoki a’lo boshqariladigan korxonalar ham noqulay vaziyatlarga tushib qolishi mumkin. - Lekin "a’lo" strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish ham korxonani zaif va qoniqarsiz faoliyat davrlaridan kafolatlamaydi. Ba’zan rahbarning harakatlari natija berishi uchun muayyan vaqt talab qilinadi. Hattoki a’lo boshqariladigan korxonalar ham noqulay vaziyatlarga tushib qolishi mumkin.
- Ammo "bizga vaqt etishmadi" kabi bahonalar yoki noqulay vaziyatlar ham bir necha yillar davomida ro’y berayotgan qoniqarsiz faoliyatni oqlay olmaydi. Rahbarning vazifasi noqulay vaziyatga ijobiy ta’sir etuvchi tezkor strategiyalarni qo’llab, vaziyatni nazoratga olishdir. Muvaffaqiyatli strategiyaning ma’nosi shundan iboratki, noqulay vaziyatlarga, shafqatsiz raqobatga va ichki muammolarga qaramasdan korxona kuchli bozor mavqeini saqlab qolishi lozim.29
- Korxona moliyaviy va strategik maqsadlarni alohida belgilashi lozim. Moliyaviy maqsadlarning mavjud emasligi, moliyaviy resurslarni yuqori tavakkalchilik bilan sarflanishiga sabab bo’ladi. Natijada korxonaning o’sishi va raqobatbardoshligi pasayadi.
- Korxona strategik maqsadlari shuning uchun muhimki, ular korxona raqobat mavqeini mustahkamlaydi va biznesning rivojlanish yo’nalishini ko’rsatadi.
- Odatda, korxona strategiyasi: - puxta o’ylangan va maqsadga muvofiq hatti-harakatlardan; - vaziyatlarni kutilmagan rivojlanishi va raqobatchilar bosimi kuchayganda ularga qarshi chora-tadbirlardan tashkil topadi.
- Yangi vaziyatlarga katta texnologik yutuqlar, raqobatchilarning bozorga yangi tovarlarni muvaffaqiyatli kiritishi, yangi qonunlarning paydo bo’lishi, davlat siyosatining o’zgarishi va iste’molchilarni tovarning yangi xususiyatlarga qiziqishining ortib borishi va boshqa shu kabilar kiradi. Demak, strategiyani rejalashtirilgan harakatlar va muhit o’zgarishlariga javob reaktsiyasi majmui deb qarash maqsadga muvofiqdir.
- Korxonaning amaldagi strategiyasi bu rejalashtirilgan va muhit o’zgarishiga qarshi hatti-harakatlar majmuidan iborat.
- Korxonaga ikki narsa xavf soladi. Birinchisi - eskirgan strategiyani tanlash.
- Ikkinchisi - strategik o’zgarishlarni o’z vaqtida amalga oshirmaslik, o’zgarishlarni orqaga surish, korxonaning ichki o’zgarishlari bilangina shug’ullanish.
- Malakaviy tayyorgarlik strategiyani amalga oshirishga xizmat qiladigan muhim elementlardan hisoblanadi. Texnik sakrashlar ro’y beradigan korxonalarda ishchilarni o’qitish juda muhim omildir. Chunki kadrlar bilim va ko’nikmada orqada qolsalar, korxona o’z raqobatdoshligini yo’qotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |