strategiyani tadbiq etish madaniyati
Reja: 1. Strategiyani qo’llab – quvvatlaydigan madaniyatni shakllantirish. 2. Kompaniya madaniyatining ahamiyati. 3. Kompaniya strategiyasi aks ettiradigan g’oya, maqsad va uslublari. 4. «Biz nima qilmoqchimiz va nimaga erishmoqchimiz?» nuqtai nazaridan tashkilotni yaxshiroq boshqarish; 1. Strategiyani qo’llab – quvvatlaydigan madaniyatni shakllantirish. - Har bir kompaniyada o’ziga xos madaniyat paydo bo’ladi. Har bir kompaniya o’zining faoliyat falsafasiga, qaror qabul qilish prinsiplariga, harakat dasturiga, xulq-atvoriga, ish tajribasiga va individuallikka ega. Masalan, “Wal–Mart” kompaniyasi madaniyatining asosini iste’molchilar talablarini qondirishga va xarajatlarni pasaytirishga intilish, tejamkorlik, g’oya almashish uchun ichki va tashqi kengashlardan foydalanish, savdo nuqtalariga menejerlarning tashrif buyurishini odat tusiga aylantirish, xaridorlar bilan muloqotda bo’lish va xodimlar takliflarini to’plash kabilar tashkil qiladi.
2. Kompaniya madaniyatining ahamiyati. - Ko’pchilik menejerlar o’z tajribasiga asoslanib e’tirof etadilarki, tashkilot madaniyati – bu tashkilot strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta’minlovchi yoki unga qarshilik ko’rsatuvchi muhim omildir. Kompaniya madaniyati o’zida qadriyat-larini, ishonchlarini, an’analarini, ishlash uslubini va ichki ishlab chiqarish muhitini mujassam etadi.
- Mustahkam madaniy an’ana-lar va strategiya bilan mada- niyatning mosligi bu faoliyat natijalarini yaxshilash maq- sadida qo’llaniladigan kuchli ta’sir etish vositasidir.
3.Kompaniya strategiyasi aks ettiradigan g’oya, maqsad va uslublari Kompaniya strategiyasi aks ettiradigan g’oya, maqsad va uslublar uning madaniyatiga mos kelishi yoki mos kelmasligi mumkin. Kompaniya strategiyasi uning madaniyatiga mos kelmasa, strategiyani amalga oshirishda muammolar paydo bo’ladi. Mustahkam madaniy an’analar uzoq muddatli ijobiy natijalarga erishishni ta’minlaydi. Agar kompaniyaning madaniyati uning strategiyasiga qarama- qarshi bo’lsa, madaniyatni imkoni boricha tezkorlik bilan o’zgartirish lozim - . Strategiya bilan madaniyat o’rtasidagi ixtilof qancha sezilarli bo’lib, uzoq davom etsa, bu hol kompaniya rahbariyatini strategiyani amalga oshirish yo’lidagi urinishlarini yo’qqa chiqaradi. Strategiya bilan madaniyatning mosligi ijrochilarga ikki yo’nalishda ijobiy ta’sir etadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |