Davlat tomonidan innovatsion faoliyatni tartibga solishning tashkiliyomillari quyidagilardan iborat:
- Respublika miqyosidagi va hududiy innovatsion dasturlarga kiritilgan innovatsion loyihalarni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash;
- innovatsion infrastruktura taraqqiyotiga ko`maklashish;
- innovatsion faoliyatda kadrlar masalasini qo`llab-quvvatlash;
- innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
- innovatsion faoliyatni informatsion qo`llab-quvvatlash, jumladan, innovatsion sohada davlat siyosatining jihatlari to`g’risidagi axborotlar, tugallangan ilmiy-texnik tadqiqot to`g’risidagi ma`lumotlarni, bajariladigan va tugallangan innovatsion loyihalar va dasturlar to`g’risidagi ma`lumotlar olish borasida erkinlikni ta`minlash.
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning moliyaviyomillariga quyidagilar kiradi:
1. Sof foydaning investitsiya uchun yo`naltirilgan qismini foyda imtiyozi soliqqa tortish. Ushbu taklif korxonalarning foyda uchun to`laydigan soligini dastlabki davrlarda kamaytirsada, keyinchalik innovatsion faoliyat natijasida olinadigan qo`shimcha foyda orqali oldin to`lanmagan foizlarni qoplab ketadi. Bundan tashqari ushbu tadbir natijasida, ko`pchilik hollarda qo`shimcha ish joylari tashkil etiladi va bu esa katta ijtimoiy samaraga ega.
2. Tezlashtirilgan amortizatsiya ajratmasini joriy qilish. Ma`lumki, korxonalarda investitsiyaning asosiy manbailaridan biri-bu amortizatsiya ajratmasidir. Ushbu taklifga asosan korxonalarga amortizaptsiya ajratmasi normalarini ko`paytirishga ruxsat berilishi lozim. Buning natijasida ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo`naltiriladigan amortizatsiya ajratmasi ulushini ko`paytiradi. Bu esa o`z navbatida korxonada mavjud mashina va dastgohlarni qisqa davrlarda yangi, zamonaviy texnikalar bilan almashtirishga imkon yaratadi.
3. Investitsion loyihalarni joriy qilish natijasida ishlab chiqaraladigan mahsulotni soliqqa tortishda imtiyozlar berish lozim. Hozirgi davrda innovatsion loyihalarni joriy qilish natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning ishlab chiqarish va sotish xarajatlari doimiy pavishda ishlab chiqarilyotgan mahsulotlarning tannarxiga nisbatan yuqori bo`ladi. Bu esa korxonalarning kerakli miqdorda foyda olishini ta`minlamaydi., shuning uchun, innovatsion faoliyat natijasida olinadigan foydaga 1-2 yil foyda solig’i olinmasa korxonalarni yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga qiziqtirar edi.
4. Xorijdan olib kelingan mashina va dastgohlarga mulk solig’i to`lashda imtiyozlar berish. CHunki hozirgi vaqtda ushbu soliq stavkasi 3,5 %ni tashkil qiladi va ko`pchilik iqtisodiyot sohasidagi olimlarning fikricha juda yuqori.
Xorijiy investorlarga davlat tomonidan kafolatni kuchaytirish. CHunki hozirgi vaqtda xorijiy moliyaviy institutlar umumiy investitsiyalar qarz oluvchining ulushi kamida 50 % bo`lsagina kredit ajratadi, ammo ko`pchilik oziq-ovqat korxonasining 50 %ni to`lash imkoniyati yo`q. SHuning uchun oziq-ovqat sanoatining iqtisodiyotdagi o`rni hisobga olib xorijiy investorlarga davlat tomonidan investitsiyalarni qaytarib berishni kafolatlashni takomillashtirish maqsadga muvofiq bo`lar edi