Bog'liq ishlab chiqarish korxonalarida innovatsiyalardan foydalanish va 77893
MUNDARIJA
Kirish 7
I BOB. Innovatsiyatsiyaning iqtisodiy moxiyati, innovatsion menejment funktsiyalari va innovatsion faoliyatni boshqarishning jaxon tajribalari 9
1.1. Innovatsiya to`g’risida umumiy tushuncha, uning iqtisodiy mohiya- ti va zamonaviy nazariy tahlili 15
1.2. Innovatsion menejment funktsiyalari 17
1.3. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida innovatsion faoliyatni boshqarish tajribasi 25
II.Buxoro viloyati korxonalarining iqtisodiy rivojlanish ko`rsatkichlari va innovatsion faoliyati taxlili. 33
2.1. Buxoro viloyati korxonalari rivojlanishining makroiqtisodiy ko`rsatkichlari tahlili 33
2.2. Buxoro viloyati oziq-ovqat sanoati korxonalari rivojlanishining hozirgi holati 36
2.3. Sanoat korxonalarida innovatsion faoliyatga sarflangan xarajatlar taxlili. 44
III.Bob Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan boshqarishni takomillashtirish va innovatsion menejment funktsiyalaridan samarali foydalanish yo`llari 47
3.1. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan boshqprishni takomillashtirishning asosiy yo`llari 47
3.2. Korxonalarda innovatsion funktsiyalaridan samarali foydalanish yullari. 53
IY.BOB.Sanoat korxonalarida xayot xavfsizligi va mexnat muxofazasi tadbirlari 57
4.1 Korxonada ish jarayonida mexnat muxofazasini ta`minlash. 57
4.2.Korxonada sanitariya nazorati va yongin xavfining 59
oldini olish choralari.
Xulosa 62
Foydalangan adabiyotlar ro`yxati. 66
KIRISH
O`zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyotiga o`tishi milliy iqtisodiyotni boshqarish tizimini jiddiy qayta qurishni talab etdi va uning ishlab chiqarish bo`g’inlari oldiga hali duch kelmagan butkul boshqa muammolar majmuasini hal etish vazifalarini qo`ydi.
Jaxon moliyaviy inkirozi sharoitida korxonalar innovatsion loyixalarni joriy kilish va ularning samaradorligini oshirish respublikamiz iqtisodiyoti oldida turgan asosiy vazifalardan biri bulib kolmokda.
Bu bilan bog’liq holda, industrial majmua korxonalarini rivojlantirishning ilmiy asoslangan dasturini ishlab chiqish talab etiladi. Mazkur dastur mamlakatning innovatsion salohiyatini samarali foydalanishga tayanish lozim.
SHuni qayd etish lozimki, innovatsiyalar bozorining shakllanishi va amal qilishi va uning sanoat korxonalari iqtisodiy barqarorligini ta`minlashga ta`siri muammolarini majmuaviy o`rganish borasidagi maxsus izlanishlar etarli emas.
SHunday qilib, mazkur muammoning dolzarbligi, shuningdek, uning iqtisodiy adabiyotda etarli darajada o`rganilmaganligi mazkur ishning predmeti, maqsadi va asosiy vazifalarini belgilab berdi.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi – sanoat korxonalarida innovatsion faoliyatni kuchaytirish va innovatsion menejment funktsiyalaridan samarali foydalanish buyicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chikarish.
Qo`yilgan maqsadlarga erishish navbatdagi asosiy vazifalarni hal etishni talab qiladi:
zamonaviy iqtisodiy ilmda innovatsiyalarni tahlil qilishning asosiy kontseptual yondashuvlarini o`rganish;
innovatsion menejmentning asosiy funktsiyalarini o`rganish;
Buxoro viloyati makroiqtisodiy ko`rsatkichlarini taxlil qilish;
Oziq-ovqat sanoati korxonalarida innovatsion faoliyatga sarflanadigan xarajatlarni taxlil qilish:
innovatsion faoliyat samaradorligini oshirishning asosiy yo`nalishlarini sanoat korxonalarining iqtisodiy barkarorligi va rivojlanishini ta`minlash omili sifatida baholash va tahlil etish;
sanoat korxonalarida innovatsion menejment funktsiyalaridan samarali foydalanish bo`yicha takliflar ishlab chiqish.
rivojlanishi sharoitida korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etish jarayonida tarkib topuvchi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar dissertatsiya ishining predmeti bo`lib hisoblanadi.