Innovatsion jarayonlarning davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishining zarurligi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 9 yanvardagi farmoni



Download 161 Kb.
bet3/5
Sana12.01.2022
Hajmi161 Kb.
#336134
1   2   3   4   5
Bog'liq
Agrar Mustaqil ish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 9 yanvardagi farmoni: ―Mevasabzavotchilik va uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi PF-3709-sonli Farmoni va ushbu Farmonning ijrosini ta‘minlash maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 11 yanvardagi ―Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖ gi PQ255-sonli qaroriga muvofiq meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida faoliyat yurituvchi shirkat xo‘jaliklari o‘rnida xususiy mulkdor hisoblangan fermer xo‘jaliklari faoliyatini tashkil etish mexanіzmi joriy etildi. Natijada oxirgi yillarga 42 kelib, fermer xo‘jaliklari salmog‘i meva yetishtirishda 18,5 foizdan 41,3 foizga ortgan. Biroq, bog‘dorchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari hajmining nisbatan kichikligi va sonining ko‘pligi esa, mahsulot tayyorlash, tashish, saqlash va sotish, moddiy ta‘minot kabi masalalarni hal etishda o‘ziga xos muammolarni yuzaga keltirmoqda. Aynan ushbu muammolarni hal etish uchun fermerlar, qayta ishlovchilar, savdo tarmog‘i korxonalari tomonidan agrosanoat firmalari tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi hukumati qarorlariga asosan mamlakatimizda meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar belgilandiki, uning natijasida 2010-2015 yillarda bog‘zorlar 38,3 ming gektarga ko‘paydi hamda axolini bog‘dorchilik mahsulotlari bilan taminlashga imkoniyati oshishiga xizmat qilmoqda. Respublikamizning Samarqand, Farg‘ona, Surxandaryo viloyatlarida bog‘dorchilik maydonlari boshqa viloyatlarga nisbatan ko‘proq bo‘lib, tabiiy iqlim sharoitlari qulayligi bilan izoxlanadi.

Jumladan, joriy yillar davomida, respublikada bog‘lar maydonlari ortib borgan. Bu ko‘rsatkich 1991 yilda 140 ming tashkil etigan bo‘lsa, 2000 yilda 139,2 gektarni 2013 yilga kelib esa 243,3 ming gektarga, 2015 yilda esa 254,6 ming gektarga yetgan. Bog‘dorchilikda hosildorlik ham oshib borayotganligi, bu sohaga katta e‘tibor berilayotganidan darak beradi. Respublika bo‘yicha bog‘dorchilik bo‘yicha hosildorlik 1990 yildagi 36,3 sentnerdan 2000 yilda 56,8 sentnerga, 2012 yilda 92,5 sentnerga va 2013 yilda 97,8 sentnerga, 2014-yilda 104,7 va2015 yilda esa 112,3 sentnerga yetgan.

Ta‘kidlash joizki, respublikada yetishtirilayotgan mevalarning ko‘p qismi xorijiy bozorlarga yetib bormasdan nobud bo‘layotgan sharoitda, ichki bozorga import qilingan mevalar kirib kelishi bir tomondan raqobat muhitini yaratib ichki ishlab chiqaruvchilarni bozorga moslashishga majbur qilsa, ikkinchi tomondan import qilinayotgan mevalarning ta‘mi respublikamizda yetishtirilgan mahsulotlardan ancha pastligi bog‘bonlarimizning o‘z mahsulotini iste‘molchilarga yetkazib berish usullarini mukammal egallashini taqozo etadi. Bu esa, o‘z navbatida fermer xo‘jaliklarining daromadini oshirish bilan birga aholini vitaminlarga boy, ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‘minlashga ko‘mak beradi.


1.3. Venchur — kichik biznesning bir turi bo’lib, uning mohiyati ilmiy-muhandislik ishlari, yangi texnika, texnologiya, tovar namunalarini yaratish, ishlab chiqarishni boshqarish, tijorat ishini tashkil qilish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, yirik firmalar va davlat ijara kontrakti buyurtmalarini bajarishdan iborat. Bu ishlar bilan venchur korxonalar shug’ullanadi. Ular tarkibida tijoratda vositachi bo’lgan korxonalar ham bo’ladi. Venchur korxonalar texnikaning yangi yo’nalishlarida ish ko’rib, fan-texnika taraqqiyotiga katta hissa qo’shadilar. Ular venchur moliyalashtirishda ham faol qatnashadilar va moliyaviy mablag’ to’plab, uni ishga soladilar. Kichik innovatsion kompaniyalarda

-Yangi,


-Rivojlanayotgan,

-Bozorda o’z o’rnini egallashga intilish,

-Yuqori tavakkalchilik,

-O’rta va uzoq muddat (4‒6y)investitsiya,

-Bevosita, asosan tashqi xususiy investorlardan,

-Daromadlilik o’rtadan yuqori

O’sishning innovatsion omillarini safarbar qilishda venchurli biznesga alohida rol ajratiladi, u iinovatsiyalarni amalga oshirish shakli sifatida sarmoyalarni safarbar qilish usullari, manbalarni tuzilishi va moliyaviy mablag’larni taqdim etish shartlari bo’yicha ancha farqlanadi. Venchurli biznes printsipial yangiliklarni ishlab chiqishga qaratilgan va qoidaga ko’ra, pioner (birinchi) sohalardagi yuqori ishga doir faollik bilan bog’langan. Microsoft va boshqa kabi yirik firmalar o’zlarining qudratlari uchun xuddi venchurli biznesga qarzdordirlar. Kaliforniyadagi Silikon vodiysida yuqori texnologiyalarni ishlab chiqilishi va tatbiq etilishi birinchilarning misoli bo’lib xizmat qilishi mumkin.

Fan va texnologiyalarning yorib o’tuvchi yo’nalishlaridagi yaqqol o’ziga jalb qilishlik bunday kompaniyalarning moliyaviy barqarorligini oshirish bo’yicha tashkiliy harakatlarni talab qilgan. Mamlakatli xususiyatlar venchurli biznesni rivojlanishining ikkita tendentsiyalarida namoyon bo’lganlar: uni YAponiya, G’arbiy yevropa mamlakatlarida inkorellyatsiyalanganligi (o’z tarkibga qo’shib olganligi va AQSHda institutlashtirilgangigi (qandaydir yangi ijtimoiy institutni ta’sis etganligi)da. 1980 yillarda OO’YU, kakdemik fan, davlat va xayr-ehson fondlari, lizing va sug’urta kompaniyalari bilan bog’liq venchurli va innovatsion fondlar rivojlana boshlaganlar. Ammo AQSH venchurli sarmoyasining 90 %ga yaqini 2-3 yangi firmalarning birlashmasi tomonidan taqdim etilgan. Bu fan, texnika va biznesning mashhur “avangard turi”dagi korxonani tashkil qilishga qodir vakillarini jalb qilishga imkon bergan. Ammo bularning barchasi tadqiqotli va venchurli loyihalardan moliyaviy qaytarilishni oshishiga yordam berolmagan. Birgalikdagi davlat, institutsional va korporativ harakatlar talab qilingan.

Keyingi o’n yillar ichida sanoati rivojlangan mamolakatlarda investitsiyalarni moliyalashtirishning yangi shakli-loyihali moliyalashtirish tez rivojlana boshlagan. Dastavval investitsiyaon loyihalarni bank tomonidan uzoq muddatli kreditlash deb tushunilgan loyihaviy moliyalashtirish bugun kqpgina turli tumanliklarga ega.

Xatarli moliyalashtirish nafaqat an’anaviy xo’jalik yuritish doiralarini ikki tomonga suradi, balki innovatsion faoliyatni takomillashtirishga imkon beruvchi va umuman iqtisodiy tizimni faoliyat yuritishi samaradorligini oshiruvchi investitsion mexanizmning yangi turini yaratadi. Innovatsion biznes ITTKIga xususiy investitsiyalar tizimiga katta o’zgarishlar kiritadi. Masalan, agar 1980 yillarning boshida xususiy jamg’armalar, shaxsiy xorijiy kiritmalar va sanoat korporatsiyalari asosiy samaradorlar bo’lgan bo’lsalar, 1980 yilni oxirida u quyidagi ko’rinishni olgan:

Nafaqa fondlariga xususiy xatarli sarmoyalar barcha kiritmalarining 47%; xususiy jamg’armalarga -12%; xorijiy kiritmalarga -10%; yirik korporatsiyalarga – 10%; sug’urta kompaniyalariga – 13%; davlat va xayr – ehson fondlariga – 7% to’g’ri keladi.

Bunda xatarli moliyalashtirishning umumiy fondi 1980 yillar ichida AQSHda 14 marta ko’paygan. 1990 yillar arafasidayoq bu mamlakatda investitsiyalarning foydaliligini pasayishida innovatsion sarmoyalarning ba’zi bir ortiqchaligi kuzatilgan.

Xatarli biznes uchun moliyaviy mablag’larni taqdim etish tijorat banklarining uzoq muddatli kreditlaridan tkbdan farq qiladi. Innovatsion venchurli biznes moliyalashtirilayotgan loyihani barbod bo’lishi imkoniga yo’l qo’yadi. Birinchi yillar loyiha tadbirkori sarflangan xarajatlar uchun moliyachilar oldida javobgarlikka ega emas va ular bo’yicha foizlarni to’lamaydi. Xatarli saromoyalar sarmoyadorlari birinchi besh yilda yangi tashkil qilingan firmaning aktsiyalarini xarid qilish bilan chegaralanadilar. Agar mulk aktsiyalar bilan berilgan bo’lsa, aktsiyadorlar ularni start davri tugagunga qadar birjada sotish huquqiga ega emaslar. Agar innovatsion firma foyda bera boshlasa, unda u xatarli sarmoyalar kirituvchilarni mukofotlashning asosiy manbai bo’ladi. Ko’pincha venchurli sarmoyador innovatsion korxonaning mulk egasi bo’ladi. Xuddi kapital kiritmalarga yuqori, ko’picha yillik 25-30 %ni tashkil qiluvchi, foyda olishning oydinligi venchurli biznesni, yuqori xatarga qaramasdan, g’oyat o’ziga jalb qiluvchi tadbir qiladi.



Download 161 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish