Sifat boshqaruv tizimi. Sifat boshqaruvi tizimining vujudga kelishiga asos bo‘lgan narsa bu davlatning «kamchiliklari yo‘qligi uchun» haraka- tidir. Bu harakat mahsulotlar sifatini oshiribgina qolmay, balki ishchilarda mas’uliyat va o‘z ishini boshqarish xislatlarini kuchaytiradi.
Boshidan sifatni nazorat qilish sifat to‘garaklarida amalga oshiriladi. Bunday to‘garaklarni tashkil qilish uchun sifat nazorati bo‘yicha yapon olimi Isakava Nafu boshqaruvchilarga quyidagi tamoyillar bo‘yicha ish ko‘rishni tavsiya etadi.
O‘z ustida ishlash.
Jamoa bo‘lib faoliyat ko‘rsatish.
Sifatni boshqarish usullarini qo‘llash.
Ish joyi bilan aloqa.
Ish bilan bog‘liq faollilik va faoliyat ko‘rsatishni tinimsizligi.
O‘zaro rivojlanish.
Yangilik yaratish muhitini vujudga keltirish va ijodiy izlaniish tamoili.
So‘nggi bosqichda hammaning qatnashishi.
Mahsulot sifatini oshirish muhimligini tushunish va bunga tegishli barcha choralarni ko‘rish.
Yana yapon tizimini harbiy tizimdan farqli o‘ziga xos xususiyatlari ham mavjud:
firma miqiyosida sifatni boshqarishda hamma bo‘limlarning roli;
sifatni nazorat qilish usullariga yangi kadrlarni o‘rgatish va shuningdek, kadrlarni tayyorlash;
sifat to‘garaklari faoliyati;
sifatni boshqarishni tekshirish (korxonaga Deming sovrinlari va boshqaruv faoliyatini nazorat qilish);
statistik usullarni qo‘llash;
sifatni nazorat qilish bo‘yicha milliy dasturlar.
Korxonada sifatni nazorat qilishda sifat to‘garaklarining vazifalari:
Korxona rivoji va mukammallashishiga yordam berish.
Ish joyida sog‘lom va ijobiy muhitni yaritish.
Ishchilar qobiliyatini rivojlantirish va shuningdek, qobilyatlarni firma manfaatlariga ishlatish.
Sifatni boshqarish ko‘pgina ustunliklarga ega:
U aniq sifat kafolatlarni beradi. Sifat nazoratini kuchaytirgan holda defektsiz ishlab chiqarishga o‘tadi. Ammo defektlarni topib va ularni bartaraf etibgina qolmay, balki bu defektlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni ham aniqlash lozim.
Sifatni kompleks nazorat qilish. Xaridorlarning didi va tabiatlarini o‘rganishga qulay muhit yaratiladi va korxona taklif etayotgan tovar xaridorgir bo‘lishi va modadan qolmasligini kafolatlaydi.
Sifatni kompleks boshqarish odamlar ongiga singib, noto‘g‘ri, haqiqiy bo‘lmagan axborotni topishga ko‘maklashadi. «Bilim — kuchdir» shiori sifatni kompleks boshqarish asosidir
Qoidaga aylangan asosiy ideallarga quyidagicha tavsiya berish mumkin:Har bir odamning tabiiy ehtiyoji — bu o‘z ishida mukammalikka erishishdir. Agarda biz to‘g‘ri boshqarish olib borib, uni rag‘batlantirib tursak, u o‘z ishini doim mukammallashtirib borishi mumkin.
Individual ishni boshqaruvchi insonlar bu ishning haqiqiy mutaxassislaridir. Ish jarayonlarida ko‘plab xatoliklarga yo‘l qo‘yishi mumkin, mutaxassislar esa bu qiyinchiliklarni yechishga o‘zlarining qimmatli masla- hatlarni berishi mumkin.
Xodimlar aql va tafakkurga egalar. Ular o‘z ishining ham hilimdoni. ham ustasidirlar, ular muvaffaqiyatga intilib keladilar va mas’uliyatli ishdan ham qochmaydilar. Agarda o‘z ishining mas’uli degan ruhda tarbiyalasak, keyinchalik tashkilotda juda kuchli ijodiy faollilikni kuzatish mumkin.
Sifat to‘garagi bu mexanik mashina emas, balki to‘xtovsiz jarayondir. U bir-biridan farq qiluvchi, ammo bir tomondan bu ta’lim va tarbiya beruvchi jarayon. Boshqa tomondan, ularning har kungi ishiga taalluqli bo‘lgan marosimlarda qatnashishga da’vat qiluvchi jarayondir.
Yaponiyada 1951-yildan boshlab sifatni boshqarish tizimiga o‘zining katta hissalarini qo‘shganlarga U.E.Deming mukofoti topshiriladi. U.E.Deming Yaponiyada sifatni boshqarishning asoschisidir.
Iste’molchilarning didi — texnalogiyalar o‘zgarib borayotgan bu za- monda boshqaruvchilar o‘z tafakkuri va yo‘nalishlarini doimiy ravishda o‘zgartirib turishlari kerak. Buni quyidagicha ifodalash mumkin.
Avvalambor kuch sifatga qaratiladi, qaysi vaqt ichidagi foydaga emas.
Asosiy iste’molchi inson — bu degani har bir narsani iste’molchi o‘lchovi bilan o‘lchash kerakligini bildiradi.
Ishlab chiqarish jarayonining keyingi bosqichi sening mahsulotingni iste’molchisidir.
Qaror qabul qilishda axborot bilan ta’minlanish va iqtisodiy hamda matematik usullarni qo‘llanilishi bu jarayonni tinch, samaradorligini yuqori qiladi.
Boshqaruv tizimida har bir xodimning qatnashishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |