Innovatsion iqtisodiyot fanining maqsadi, vazifalari, asosiy tushuncha va tamoyillari



Download 113,96 Kb.
bet1/2
Sana25.11.2022
Hajmi113,96 Kb.
#872252
  1   2
Bog'liq
1-mavzu


1-MAVZU. INNOVATSION IQTISODIYOT FANINING MAQSADI, VAZIFALARI, ASOSIY TUSHUNCHA VA TAMOYILLARI


1.1. “Innovatsion iqtisodiyot” fanining predmeta, maqsadi va
vazifalari.
1.2. Innovatsion iqtisodiyotning mohiyati, shakllanishi va modellari

Bozor iqtisodiyoti sharoitida sanoatda innovatsion texnologiyalar - ishlab chiqarishda raqobat kurashida saqlanib qolish imkoniyatini beruvchi innovatsion loyihani ishlab chiqishning mohiyati istiqbolda juda iqtisodiy ahamiyatga ega.


Keskin raqobat va bozordagi tez о‘zgaruvchan sharoitlarda, nafaqat butun e’tiborni korxona ichki jarayonida mujassamlashtirish, balki uzoq muddatli innovatsion texnologiyani ishlab chiqish ham muhimdir.
Fanning predmeti – real sektorda ishlab chiqarish kuchlarining, ishlab chiqarish aloqalari va ish yuritishda innovatsion texnologiyalarni yaxshilash yо‘li orqali mehnat unumdorligini oshirishdan iboratdir.
Innovatsion iqtisodiyot” fani zamonaviy fan bulib, u doimo ishlab chiqarish texnologiyalarini samaradorligini oshirishda qonunlar о‘zgarishini, tarmoqlar rivojlanishini jamiyat rivojlanishini о‘rganib sintez qilib turadi.
Fanning obyekti – sanoat korxonalarida innovatsion texnologiyalarga va ishlab chiqarishga bevosita о‘z xissasini qо‘shadigan barcha tarmoqlar faoliyatidir.
Innovatsion iqtisodiyot” fanining vazifasi innovatsion texnologiyalarni yaxshilash asosida, sanoat maxsulot yetishtiruvchi va xizmat kiluvchi tarmoqlar bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash orqali, mahsulot hajmini va sifatini oshiradi.
Insoniyat paydo bо‘lgandan buyon ular о‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy ayirboshlash, shuningdek ishlab chiqarish va xizmat kо‘rsatish munosabatlari tо‘xtovsiz rivojlanish jarayonini boshidan kechirib kelmoqda. Ayniqsa, о‘tgan asrning 80 yillaridan bu jarayon yanada shiddat bilan rivojlanib, XXI asrning dastlabki yillaridan insonlar kо‘z о‘ngida texnik va texnikaviy о‘zgarishlar sodir bо‘ldi. Buning natijasida insoniyat misli kо‘rilmagan ijtimoiy-iqtisodiy yutuqlarga erishdi, hayot kechirish shakl va shamoyili sifat va qulaylik jihatidan keskin о‘zgardi. Darhaqiqat, XXI asrda texnika va texnologiyaning bu darajada rivojlanishining asosida insoniyatni iqtisodiy manfaatdorlikka chorlovchi va unga erishtiruvchi asosiy omillardan biri ―innovatsion iqtisodiyot yotibdi. Innovatsion iqtisodiyot va innovatsion rivojlanishning mamlakat milliy iqtisodiyoti rivojiga ta’siri, kishilar ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi о‘rni xususida tо‘xtalishdan oldin, uning iqtisodiy mohiyati, shakllanish evolyusiyasi va amal qilish modellariga alohida tо‘xtalib о‘tish lozim. Chunki, iqtisodiy adabiyotlarda va ilmiy asarlarda ―innovatsiyaion iqtisodiyot, ―innovatsion rivojlanish, uning rivojlanishi va modellariga nisbatan yagona yondashuv mavjud emas.
Iqtisodiy fanda ―innovatsiyaning mohiyatiga birinchilardan bо‘lib e’tibor qaratgan avstriyalik iqtisodchi Y.Shumpeter: ―Innovatsiya – bu mavjud jarayonga yangicha qarash, yondashuv bо‘lib, zamonaviy kashfiyot va ishlanmani yoki insoniyat faoliyati bilan bog‘liq bо‘lgan yangi ishlab chiqarishni ma’lum bо‘lgan qandaydir jarayonga qо‘llashdir., -deya ta’kidlaydi.
Innovatsion iqtisodiyot 1920 yillarning oxiri 1930 yillarning boshlarida iqtisodiy fan sifatida vujudga keldi. N.Kondratyev ushbu jarayon xususida tо‘xtalib, texnika sohasida yuz berayotgan о‘zgarishlar shubhasiz iqtisodiy rivojlanishga ijobiy ta’sir kо‘rsatadi deb ta’kidlagan edi. Uning fikriga kо‘ra, buning asosiy shartlaridan biri mamlakatda innovatsion ―massa‖ning tо‘planib qolganligi va iqtisodiyotda uni joriy etishning iqtisodiy shart-sharoitlari vujudga kelganligidir. Masalan, XVII asrning oxiri – XVIII asrning boshlarida shakllanib ulgurgan iqtisodiy kashfiyotlar XVIII asrning oxirida, industrial revolyusiya arafasida keng qо‘llanildi.

Download 113,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish