O’zbekiston Xalq ta’limi vazirligining “Umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun 2020-2021-o’quv yiliga mo’ljallanan tayanch o’quv rejani tasdiqlash to’g’risida” gi 2020 yil 25 fevraldagi 52-sonli buyrug’ining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun 2020-2021-o’quv yiliga mo’ljallangan tayanch o’quv rejada umumiy o’rta ta’lim maktablarida tarix faniga 7,8,9-sinflarda haftasiga 3 soatdan, 10-11 sinflarda haftasiga 2 soat ajratilgan. Har bir tarix fani o’qituvchisi “O’zbekiston tarixi” va “Jahon tarixi” fanidan dars o’tadi. Agarda o’qituvchining haftalik o’quv yuklamasi 20 soatni tashkil etadigan bo’lsa, har bir haftada kamida 10-12 ta mavzu bo’yicha dars o’tishga tayyorgarlik ko’rishi kerak bo’ladi. Tarix fani o’qituvchilarining darslari tahlil qilinishi va ular bilan o’tkazilgan suhbat natijasida, quyidagilar ma’lum bo’ldi:
-O’qituvchi mavzuga doir qo’shimcha ta’limiy resurslar, mavzu doirasida audio va video materiallar, mustaqil ishlash uchun topshiriqlar tayyorlash hamda fanning eng ohirgi yutuqlaridan foydalanib, barkamol avlodni ilg’or xalqaro tajribalar, kompetentsiyaviy yondashuv asosida barkamol avlodni ma’naviy va intelektual rivojlantirish, ta’limga jarayoniga innovatsion usullarni joriy etish imkoniyati kamligi sababli o’quvchilarda fanga bo’lgan motivatsion muhitni uyg’otish jo’rayoni qiyin kechadi. Tayanch o’quv rejada Tarix fani ikkiga “O’zbekiston tarixi” va “Jahon tarixi” fani sifatida ajratilib, tajriba-sinov tariqasida, umumiy o’rta ta’lim maktabida “O’zbekiston tarixi” va “Jahon tarixi” dars soatlari alohida ikki nafar o’qituvchiga taqsimlash amaliyotini joriy etish.
Maqsad va vazifalar
-O’zbekiston Respublikasida ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasining 2019 yil 20 dekabrdagi 11-son bayoniga asosan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Unga ko’ra Oliy o’quv yurtlariga kirish uchun o’tkaziladigan test sinovlari majmuasida, ya’ni majburiy blokka O’zbekiston tarixi fani kiritilganligini inobatga olgan xolda quyidagi vazifalar ijtimoiy-fan o’qituvchilari zimmasiga yuklatish o’rinlidir.
-O’quvchilarning Vatanimiz tarixini mukkammal o’rganishlari, ularnning yod g’oyalarga qarshi kurashishlarida o’z fikriga ega bo’lishlari hamda tarixiy davr haqidagi dunyoqarshlarini kengaytirish orqali ularni kreativ fikrlashga yo’naltirtish;
Umumiy o’rta ta’lim maktablari bitiruvchilarini oliy ta’limga kirish ko’rsatkichlarini oshirish.