Innovation in the modern education system


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI



Download 22,62 Mb.
bet64/350
Sana03.07.2022
Hajmi22,62 Mb.
#734473
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   350
Bog'liq
American Part 18

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1. Suxomlinskiy V.A. Haqiqiy insonni qanday tarbiyalash kerak (Kommunistik tarbiya etikasi). Pedagogik meros / Comp. O.V. Suxomlinskaya, Moskva: Pedagogika 1990, 288 p. - (B-ka o'qituvchi)


2. Maktab o'qish hududi sifatida: Maqolalar to'plami / Komp. S.V. Volkov. - M .:
3. Zunnunov A . Pedagogika nazariyasi. – T.: “ Aloqachi” nashriyoti ,2006, 163 bet.
4. Ziyomuhammedov B. Pedagogika . T.: “ Turon-Iqbol”, 2006.-111 bet.
KAYKOVUSNING "QOBUSNOMA" ASARIDA TARBIYA MASALASI


https://doi.org/10.5281/zenodo.6578140


Sojida To'xtayeva
Buxoro davlat universiteti
Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik
1 -bosqich magistranti Jondor tuman
41-maktabning ona tili va adabiyot fanlari o'qituvchisi


Annotatsiya: Ushbu maqolada “Qobusnoma” qachon yozilganligi, kimga atab yozilganligi, asarni tarbiyaviy jihatlari, Kaykovusning hayotda xulq-odob qoidalariga qanday amal qilish haqida, Asarda jismoniy tarbiyaga ham katta e’tibor berilganligi haqida so`z boradi.
Kalit so`zlar: asar, Kaykovus, podshoh, nasixat, an`ana, buyuk shoir, mutaffakir, ma`naviyat, yetuk.

XI asrning 82–83-yillarida g`arbiy Eron podshohining nabirasi Kaykovus ibn Iskandar o‘z o‘g‘li Gilonshohga bag‘ishlab «Nasihatnoma»sini yaratadi va o‘sha davr an’anasiga ko‘ra uni bobosi podshoh shamsul-maoliy Qobus sharafiga «Qobusnoma» deb ataydi.


«Qobusnoma» 1860 yilda o‘sha davrda hali 16 yoshli shahzoda bo‘lgan Muhammad Rahimxon Feruz (1844-1910) topshirig‘i bilan buyuk shoir va mutafakkir Muhammad Rizo Ogahiy tomonidan birinchi bo‘lib o‘zbek tiliga tarjima qilingan.
«Qobusnoma» pand-nasihat tarzida yozilgan bo‘lib, mana bir necha asrlardan beri xalqlarni, jumladan yoshlarni ma’naviy hayotga tayyorlashda, ularni har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalashda muhim qo‘llanma bo‘lib kelmoqda. Kaykovus odamlarning xislatlarini uch xilga bo‘ladi: biri aql, biri rostlik, yana biri juvonmardlikdir. U bilim va aqlning ahamiyatini ulug‘lar ekan, uni mol-dunyodan ham yuqori qo‘yadi.
Asarda yoshlar tarbiyasida – juvonmardlik talablaridan eng muhimi – axloq tarbiyasi, deb ko‘rsatiladi. U yoshlarda insonga nisbatan insoniy munosabatda bo‘lish, adolatlilik, samimiylik, saxiylik kabi xislatlarni tarkib toptirishni istaydi va asarning boshidan oxirigacha ana shu ezgu maqsadini amalga oshirishga harakat qiladi. Ko‘rinib turibdiki, Kaykovus qarashlarida inson tarbiyasi omili muhim o‘rin tutadi. U axloqlilikning birinchi belgichi suxandonlik deb biladi. U notiqlikda rost so‘zlash kerakligini ta’kidlaydi. Kaykovusning axloqiy ugitlari kitobda ota-ona haqqini bilish bilan boshlanadi. Unda Kaykovus Qur’on va Hadislardagi talablardan kelib chiqqan holda o‘zining nuqtai nazarlarini bayon qiladi: «O‘z farzanding sening haqingda qanday bo‘lishini tilasang, sen ham ota-onang haqida Shunday bo‘lg‘il, nedinkim sen ta-onang haqida ne ish qilsang, farzanding ham sening haqingda shundoq ish qilur, chunki farzand mevaga, ota-ona daraxtga o‘xshaydir»1.
Kaykovus oilada ota vazifasi va burchiga alohida e’tibor beradi. Farzand tug‘ilganda avvalo unga yaxshi ot qo‘yish, undan so‘ng aqlli va mehribon murabbiyga topshirish, o‘qitish, ulg‘aya boshlaganda kasb-hunar o‘rgatish, harbiy ish bilan tanishtirish, so‘ng suvda suzishni o‘rgatish kerak, deydi. Kaykovus otaning burchi yana o‘z farzandiga adab ham o‘rgatishda, deb ta’kidlaydi. U ilm, hunar va adabni farzandga meros qoldirish har bir otaning farzandi haqqini bajargani, deb hisoblaydi. Kaykovus otalarning o‘z farzandlariga nisbatan qattiqqo‘l bo‘lishini talab etadi. Lekin bolalarni jazolashni otaning o‘zi emas, murabbiy tomonidan bajarilishini istaydi. Chunki otaning o‘z qo‘li bilan farzandini jazolashi unda adovat hissini paydo qaladi. Lekin otadan farzand hayiqib tursin, agar u hayiqmasa, ota-onani xor qiladi, deb ta’lim beradi.
Kaykovusning hayotda xulq-odob qoidalariga qanday amal qilish haqidagi, yoshlarni adolatparvar, insonparvar, saxovatli, qanoatli, muruvvatli bo‘lishi haqidagi qarashlari ayniqsa diqqatga sazovor. Ular yaxshilik va yomonlik rtasidagi qarama-qarshilik asosida bayon etiladi. Kaykovus yuksak axloqiylikning yana bir tarkibiy qismi do‘stlik deb biladi va do‘st tutmoq odobi haqida fikr bayon yetar ekan, uning asosiy talablarini talqin etadi.
Asarda jismoniy tarbiyaga ham katta e’tibor berilga, zero Kaykovus asarini juvonmardlar tarbiyasiga bag‘ishlar ekan, ularning eng avvalo jismonan sog‘lom bo‘lib kamolga etishini alohida ta’kidlaydi.
Demak, Kaykovusning «Qobusnoma» asari XI asrda yuzaga kelgan yirik tarbiyaviy asardir. Bunda o‘sha davrga xos har bir yosh egallashi zarur bo‘lgan aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiya bilan bog‘liq faoliyat turlari: otda yurish, merganlik, suvda suzish, harbiy mashqlar san’ati, ifodali o‘qish, xattotlik san’ati, she’r yoza olish, musiqiy bilimga ega bo‘lish, shatranj va nard o‘yinini bilish kabilar ham o‘z ifodasini topgan. Kaykovusning katta xizmati shundaki, u yoshlarni hayotga tayyorlashda ularni har tomonlama kamolga etkazishning nazariy masalalarini amaliy faoliyatga tadbiqi nuqtai nazaridan ifodalashi bilan hamma zamonlarda, har qanday tuzumda ham o‘z qimmatini yuqotmadi va amaliy hayot dasturi sifatida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. Ma’naviy tarbiyaning katta qismi ma’naviy qadriyatlar, jumladan, ajdodlarimiz pand-nasihat, o‘gitlaridan olinadi. Bu pand-nasihat va o‘gitlar esa ulardan bizga qoldirilgan kitoblardagi bitiklarda o‘z aksini topgan. Haqiqiy o‘qimishli kitobxon esa ma’nan ozuqa bo‘lib mazmunan uning ma’naviyatini yuksaltirishga qodir kitobni boshqalaridan osongina ajrata oladi. Ana shu mazmundagi kitoblarni o‘qish esa go‘yo fozilu olimlar suhbatidan bahramand bo‘lish bilan tengdir. Jumladan, shunday mazmundagi kitoblar sirasiga Kaykovusning “Qobusnoma” asarini kiritish mumkin. Afsus bugun ko‘p yoshlarimiz bu kitob mazmunidan bexabar qolmoqdalarki, bu aynan ayrim yoshlarning “ommaviy madaniyat”ga ko‘r-ko‘rona, bilib-bilmay, tushunib-tushunmay ergashayotganlarida bilinmoqda desak, ayni haqiqatni gapirgan bo‘lamiz. Shoh Kaykovusning “Qobusnoma” asarida tarbiya, axloq masalalari asosiy o‘rinni egallaydi. Kitob 44 bobdan iborat. Muallif “Ota-onani hurmatlash haqida” bobida g‘oyat muhim bir fikrni bayon qiladi, bu o‘rinda xalqimizning “Nima eksang, shuni o‘rasan” degan mashhur bir maqolini ishlatadi. Unga ko‘ra kishi odamlarga yaxshilik qilsa, kattalarga hurmat, kichiklarga muruvvat qilsa, uning bu ezgu ishlari boshqalardan qaytadi, mabodo yomonlik, dilozorlik qilsa ham qilmishlari boshqalardan albatta o‘ziga qaytadi.



Download 22,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   350




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish