INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM
183
O‗ZBEK MUSIQASINING KOMPOZITORLIK IJODIYOTIDA MAQOM KUY-
ASHULALARINING QO‗LLANILISHI
https://doi.org/10.5281/zenodo.6578288
Xudoyberganov Samandar Kuziyevich
UrDU ―Ijrochilik va madaniyat‖ kafedrasi professori
Annotatsiya:
Mazkur maqola o‗zbek maqomlarining amaliy asoslarini
o‗rganishga bag‗ishlanib, o‗zbek musiqasining kompozitorlik ijodiyotida
maqom, milliy kuy-ashulalarning qo‗llanilishi haqida fikr yuritiladi. O‗zbek
kompozitorlarining ijodida maqomlar qay tarzda bayon etilgan, kimlar keng
milliy musiqa namunalaridan foydalanganligi va qaysi jihatlariga e‘tibor
berish kerakligi aytiladi. Shuningdek, bir qator o‗zbek kompozitorlarining
asarlari ko‗rib chiqiladi.
Kalit so‗zlar
:
o‗zbek musiqasi, maqom san‘ati, milliy musiqa,
SHashmaqom, kompozitorlik ijodiyoti, musiqashunoslik, o‗zbek operasi,
o‗zbek musiqali drammalari, musiqa nazariyasi, musiqa shakllari
.
O‗zbek musiqasi ildizlari juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Uning
bir qator janr va shakllari asrlar davomida rivojlanib kelgan. Bugungi kunda,
xalq musiqa ijodi va milliy mumtoz musiqa – o‗zbek musiqa madaniyatining
ikki ulkan qatlami hisoblanadi. Shuningdek, bastakorlik
va kompozitorlik
ijodiyoti esa o‗zbek musiqasining zamon bilan hamnafas muhim tomoni
sanalib, o‗zbek musiqa merosining o‗z hajmini kengaytirib, tobora boyitib
borishida muhim xususiyat sifatida belgilashimiz mumkin.
O‗zbek milliy mumtoz musiqasi o‗zining keng ko‗lamliligi
va boy merosi
bilan ajralib turadi. Xususan, maqom turkumlari namunalariga oid masalalar
hozirgi zamon musiqashunosligida etakchi o‗rinlardan birini egallaydi. Bu
borada Buxoro Shashmaqomi, Farg‗ona-Toshkent maqom yo‗llari qatorida
Xorazm maqom turkumlari,
bizningcha, musiqa ahli orasida katta qiziqish
uyg‗otadi. Xususan, Xorazm maqomlarining nodir va xilma-xil yangi shakllari,
ularning tarkibiy tuzilishi, ijro an‘analari, taniqli namoyandalari,
musiqa
merosini notaga olish kabi jihatlarini o‗rganish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Maqomlar ham jamiyatning boshqa xodisalari kabi davrning ijtimoiy,
badiiy-estetik talablariga va extiyojlariga bog‗liq bo‗lgani holda yashab
keldi. SHuningdek, o‗z taraqqiyoti jarayonida katta o‗zgarishlarga uchradi.
O‗zbek – tojik xalqlari musiqasining mumtoz namunasi bo‗lgan
Shashmaqom, taxminan, XVIII asrning birinchi yarimida mustaqil musiqa janri