Инновация: фан, таълим, технология


POMIDOR O’SIMLIGINI ULASH ORQALI YETISHTIRISHNING



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/61
Sana25.02.2022
Hajmi1,83 Mb.
#255442
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   61
Bog'liq
2019,,2

 
POMIDOR O’SIMLIGINI ULASH ORQALI YETISHTIRISHNING
IQTISODIY SAMARADORLIGI 
 
A. Abidqoriyev - Iqtisodiyot kafedrasi katta o’qituvchisi, i.f.n.,
N. Ergasheva - Biologiya yo’nalishi III kurs talabasi.
Andijon davlat universiteti 
 
Aholini meva va sabzavotlarga bo’lgan talabini qondirish, yerdan unumli foydalanish, 
sabzavot yetishtirishning yangi texnologiyalarini qo’llash borasida mamlakatimizda bir qancha 
me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilmoqda.
Bugunga kelib yurtimizning har bir hududida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2017- yil 10- oktabrdagi “Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini 
yanada rivojlantirish bo’yicha tashkiliy chora tadbirlar to’g’risida” gi PQ-3318-sonli 
qaroriga asosan bo’sh qolgan tomorqa maydonlaridan samarali foydalanish, yig’ib olinadigan 
hosil miqdorini oshirish va shu orqali aholi turmush darajasini ko’tarish maqsadida faol targ’ibot 
ishlari olib borilmoqda.Buning natijasi o’laroq ko’plab oilalar tomorqasining har bir qarich 


38 
yeridan oqilona foydalanayotganligi hamda yuqori hosildorlikka erishayotganligi barchamizni 
quvontiradi[5.5]. 
O’zbekistonda 20 dan ortiq sabzavot ekinlari yetishtiriladi. Respublikamizda hozirgi kunda 
sabzavot ekiladigan yer maydoni 183806 gektarni, hosildorlik 234.1 s/ga ni, yalpi mahsulot esa 
7767441 tonnani tashkil qilmoqda. Pomidor o’simligi butun jahonda eng keng yetishtiriladigan 
sabzavot ekinlaridan biri hisoblanadi. U O’zbekistonda ham asosiy sabzavot ekinlaridan biri 
bo’lib, sabzavot ekinlari umumiy maydonining 40-45% ini pomidor tashkil etadi[4],[3]. 
Pomidor italyancha “pomudoro” so’zidan olingan bo’lib, “oltin olma” ma’nosini beradi. 
Ituzumdoshlar oilasiga mansub, bir va ko’p yillik o’tsimon o’simliklar va yarim butalar 
turkumiga kiruvchi sabzavot ekini. Uning 3, ba’zi ma’lumotlarga ko’ra 7 turi mavjud. Vatani 
Janubiy Amerika. Oddiy yeyiladigan pomidor (Lucopersicon eskulentum) jahondagi deyarli 
barcha mamlakatlarda ochiq va himoyalangan yerlarda ekiladi. O’rta Osiyoga 18-asr oxirlari- 
19-asr boshlarida Rossiya orqali kelgan, bir yillik ekin tarzida ekiladi[1]. 
Bu o’simlik juda ham katta foydali xususiyatlarga ega. Jumladan uning tarkibida “A” va 
“C” vitaminlari mavjud, immunitetni ko’taradi, xolesterinni kamaytiradi, ichak faoliyatini 
yaxshilaydi, zaxardan tozalaydi, ozishda yordam beradi, yurak xastaligidan asraydi, saratonning 
oldini oladi hamda u serotonin manbai bo’lib xuddi shokoladdek kayfiyatni ko’taradi. Shuning 
uchun ham bu sabzavotga bo’lgan talab nihoyatda yuqori. Uni iste’mol qilish bilan birgalikda 
undan pomidor kukuni tayyorlashda, tomat pastasi, pomidor ikrasi olishda hamda turli xildagi 
konservalar tayyorlashda keng foydalaniladi[5.2]. 
Yuqoridagilardan bilishimiz mumkinki, pomidorga bo’lgan talab ancha yuqori. Hozirgi 
kunda pomidorni Respublikamizda ko’plab fermer va tomorqa xo’jaliklarida yangi yuqori hosilli 
nav va duragaylar ekilmoqda. Ulardan yuqori hosil olish yuqori iqtisodiy samara beradi. Ertaki 
muddatda pomidorni normal sharoitda yaxshi parvarishlab bir tup o’simlikdan o’rtacha 5-6 kg 
gacha hosil olish va ko’zlangan daromadga erishish mumkin (1-jadval, 1-ustun).
Albatta bu yaxshi natija, ammo hozirda olimlarimizning izlanishlari natijasida sabzavot 
ekinlarini ham payvand qilish usullari ishlab chiqildi. Mana shunday zamonaviy yangi 
texnologiyalardan unumli foydalanish hosildorlikni, o’z navbatida daromadni ham ortishiga olib 
keladi.
Payvandlash deganda o’ziga xos usul, o’simlikning hayotchan bir qismini boshqa bir 
o’simlik to’qimasiga joylash va natijada ular to’qimalarining regeneratsiya bo’lib birikishi va bir 
o’simlik kabi o’sishni davom ettirishidir.
Sabzavot ekinlarini payvandlash ko’chatlik bosqichida bir o’sib turgan o’simlikning 
qalamchasini (payvandust) boshqa ildizli o’simlik (payvandtag) ga ulash natijasidir.Payvandtag 
sifatida kuchli ildiz tizimi shaklllantiradigan tuproq namligi va haroratga kam talabchan, 
sho’rlanish va tuproqdagi kasalliklar (fuzarioz, ildiz chirishi, nematoda va boshqalar) ga 
chidamli navlarni ishlatish kerak. Bu xususiyatlar hisobiga ya’ni, issiqqa, sovuqqa va boshqa 
stresslarga chidamliligini ta’minlaydi va ozuqa elementlarini yaxshi o’zlashtiradi.
Hozirgi kunda madaniy pomidorni (Lycopersicum esculentum Mile) yuqoridagi 
payvandtaglik xususiyatlarini o’zida mujassamlashtirgan yovvoyi peru pomidoriga 
(Lycopersicum prrurianum Mile) ulash orqali yanada ko’p iqtisodiy samaradorlikka 
erishilmoqda. Mana shunday tajribalardan biri Andijon viloyati Oltinko’l tumani Ko’makay 
qishlog’i hududida o’tkazildi va quyidagi natijalarga erishildi:(1-jadval 2-ustun)
1-jadval 

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish