Инновация: фан, таълим, технология



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/61
Sana25.02.2022
Hajmi1,83 Mb.
#255442
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   61
Bog'liq
2019,,2

 
 
RAQAMLI GOLOGRAFIK INTERFEROMETRIYANING O’ZIGA HOSLIGI 
VA ISTIQBOLLARI 
G. O’lmasova- lazer fizikasi mutaxasisligi magistranti, A.O.Kurbanov- dotset.
Andijon davlat universiteti 
Golografiya (yunoncha - to’la yozuv) - interferensiya manzarasi yordamida yozuvni va 
to’lqin maydonini qayta tiklashning maxsus usuli. Bu usul interferensiya va difraksiya 
qonunlariga asoslangan. Obyektning fazoviy tasvirini qayd qilishning va qayta tiklashning bu 
yangi usuli 1947- yilda ingliz fizigi D.Gabor (1900-1979) tomonidan kashf qilingan. Bu 
kashfiyoti uchun D.Gabor 1971- yilda Nobel mukofotiga sazovor bo’ldi. Golografiya ixtiro 
qilingan dastlabki yillarda unga yetarlicha e’tibor berilmadi. Buning asosiy sababi qizigan 
manbalar chiqaradigan yorug’lik to’lqinlari yodamida keskin interferensiya manzarasi hosil 
qilishning imkoni bo’lmaganligidadir. Ammo yuqori darajadagi monoxromatik nurlar - lazer 
nurlari paydob o’lganidan so’ng bu usulning amalda qo’llanishida keskin burilish ro’y berdi.
Jahon miqyosida bugungi kunda jadal rivojlanayotgan interferometriya sohasida turli 
shakldagi va o’lchamli obyektlarni tadqiq qilishga mo’ljallangan golografik interferometriya 
muhim yo’nalishlardan biridir [1]. Bu boradagi yuqori fazoviy yechimini tahminlovchi o’lchash 
usullarining aniqligi va sezgirligini oshirish raqamli golografik interferometriya sohasida ham 
qayta tiklangan gologramma va obyektning real tasviri bilan to’liq mos kelishini tahminlovchi 
muhim masalalarning biri hisoblanadi [2]. 
Hozirgi kunda dunyoda interferometrik mahlumotlarni olishning yangi –golografik 
interferometriya usuli ishlab chiqilgan [3]. Bunda asosiy ehtibor shaffof va qaytaruvchi 
obyektlarni, shu bilan birga diffuziyali obyektlarni tadqiq qilishga qaratilgan. Bu borada 
quyidagi yo’nalishlardagi ilmiy izlanishlarni amalga oshirish muhim vazifalardan hisoblanadi: 
golografik interferometriyaning sezgirligini oshirish usullarini ishlab chiqish, buzilishlarni 
kompensatsiyalash yo’llarini izlash; golografik interferometriyaning raqamli usullarini 
rivojlantirish; iqtisodiy va texnik isrofgarchiliklarni kamaytiruvchi raqamli gologrammalar 
yozishning optimal sxemasini ishlab chiqish; juda kichik siljishlar maydonini o’lchash va tahlil 
qilish uchun raqamli golografik interferometriyani tuzilma va materiallar deformatsiyasini 
qo’llash. 
Golografik interferometriya va gologramma haqida qichqacha tushuncha beramiz. Obyekt 
to’g’risidagi malumot (uning tasviri) qanday qilib qayd etiladi va qanday qilib tiklanadi? Buning 
uchun obyektdan chiqayotgan to’lqin amplitudasi va fazasini qayd qilish va qayta tiklash zarur. 
Bu esa amalda mumkin. Chunki interferensiyada, intensivlikning taqsimoti interferensiyaga 
kiruvchi to’lqinlarning ham amplitudalariga, ham fazalariga bog’liq. Shuning uchun ham faza, 
ham amplituda haqidagi ma’lumotlarni qayd qilish uchun obyektdan chiquvchi to’lqindan 
(obyekt to’lqini) tashqari, yorug’lik manbayidan boruvchi, unga kogerent bo’lgan to’lqindan 
ham (tayanch to’lqini) foydalaniladi. Golografiyaning asosiy g’oyasiga muvofiq, obyekt va 
tayanch to’lqinlari hosil qiladigan interferension manzaradagi intensivliklar taqsimoti rasmga 
tushirib olinadi. So’ngra, fotoplastinkada qayd qilingan qoraygan taqsimotlar yorug’lik 
difraksiyasi yordamida qayta tiklanib, obyekt bo’lmasa ham, uni o’rganish imkoniyati vujudga 
keladi. Gologramma deb, fotoplastinkada qayd qilingan tayanch va obyekt to’lqinlari hosil 


15 
qilgan interferension manzaraga aytiladi (1-rasm). Lazer nuri ikkita qismga ajratilib, bir qismi 
ko’zguga, ikkinchi qismi esa obyektga yo’naltiriladi. Nurning birinchi qismi ko’zgudan qaytib 
fotoplastinkaga tushsa (tayanch to’lqini), ikkinchi qismi obyektdan qaytib fotoplastinkaga 
tushadi (obyekt to’lqini). Bu to’lqinlar kogerent bo’lganliklari uchun fotoplastinkada 
interferensiya manzarasini vujudga keltiradi. Tayanch va obyekt to’lqinlarining qo’shilishi 
natijasida hosil bo’lgan interferensiya manzarasining fotoplastinkadagi rasmi chiqarilib, 
gologramma hosil qilinadi. 
1-rasm.Golografiyani tushuntirish sxemasi 
Endi raqamli golografik interferometriya haqida to’htalsak. Golografik interferometriyada 
to’lqin maydonlarining ta’sirlashuvini matematik ko’rinishini yozish uchun kompleks 
amplitudalar usulidan foydalanamiz [4]. Agar yassi elektromagnit to’lqin quyidagi tenglama 
orqali ifodalansa 
]
)
(
[
0
0
)
,
(







Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish