7.O’quvchilarim matematika fanidan olgan
bilimlarini kundalik turmushda to’laqonli qo’llay
bilishiga erishish.
Aksariyat o’quvchilar matematik bilimlarini kundalik hayotda qo’llashga qiynaladilar.
Zero, bu o’quvchilar kelajak egalari bo’lib, quruvchi ham, arxitektor ham, tikuvchi ham hisobchi
yoki boshqa kasb egalari ham shulardir. Ba’zi o’quvchilarning xonaga ketadigan kafel sonini
yoki hovli yuzasini hisoblay olmasliklari holatlari achinarli. Vaholanki, bu oddiy matematik
formulalar yordamida topiladi. Biz o’quvchiga bilim berish bilan birgalikda, uning hayotiy
tatbiqlarini ham o’rgatib borishimiz shart.
Matematika darslarda samara ko’rsatgan ta’lim metodlari:
Tushunchalar tahlili, Muzyorar
metodi, Venn diagrammasi; FSMU(Fikr, sabab, misol, umumlashtirish), Keys stadi, Muammoli
ta’lim, Aqliy hujum, Zakovat (kichik guruhlarda ishlash), Muammoli ta’lim, Bahs-munozara,
Baliq skeleti, Nilufar guli,Matematik loto va boshqalar.
Demak biz pedagoglar oldiga yuksak sharafli vazifa qo’yilgan. Bu hal etish mumkin
bo’lgan muammolarni o’z mahoratimiz, tajribamiz, o’z ustimizda ishlab, izlanishimiz orqali
bartaraf etamiz. Zero, biz o’qituvchilar buyuk yo’l shamchiroqlarimiz. Har qanday iste’dod egasi
bizning qo’limizda dunyoga keladi.
Pifagordan “Geometrik bo‘lishingizda ota-onangizning ham ta’siri bo‘lganmi?” – deb
so‘rashganlarida, u: – Ha albatta. Bolaligimda ular meni tez-tez burchakka turg‘azib qo‘yishar
edi , deb javob bergan ekan.
Shu bilan birga darslarda ushbu muammo va axborot kommunikatsiya va pedagogik
texnologiyalari yordamida olib borish o’quvchilarni darsda befarq bо‘lmaslikka, mustaqil
fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etishi, kompyuter savodxonligini oshishiga, adabiyotlar
o’qishiga, qiyin o’zlashtiruvchi o’quvchilarning kamayishiga hamda о‘zi tanlagan kasbiga
bо‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish orqali egallanishi lozim bo’lgan bilimlar hajmining
oshishiga olib keladi.
ADABIYOT:
1. Abduqodirov. A.A., Ishmuxammedov R., “Ta’limda innovatsion texnologiyalar”. -T.:
2008.
2. Aminov I.B., Eshtemirov S., Suyarov. A.M. “Maple muhitida matematik masalalarni
yechish (uslubiy qo’llanma). Samarqand 2014.156 bet.
3. Xodjayev B.X. Innovatsion ta’lim texnologiyalari.-T.:2015
4. Rо‘ziyeva D., Usmonboyeva M., “Interfaol metodlar: mohiyati va qо‘llanilishi” / Metodik
qо‘llanma. -T.: “TDPU”, 2013, -116 bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |