1.2. Hozirgi o‘zbek adabiy tili fanini o qitishda zamonaviy pedagogik
texnologiyalarning ahamiyati
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida “O‘qitishning
ilg‘or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’limning texnik va axborot
vositalarini o‘quv jarayoniga joriy etish” bugungi kundagi asosiy masalalardan biri,
deb ko‘rsatilgan. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Ta’limning
yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin Shaxsning shakllanishiga olib
keladi. O‘zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun,
hayotda aniq maqsadga ega bo‘lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo‘lamiz”.
Shunday ekan, turli fanlar, jumladan, o‘zbek tili fanidan zamon talabiga javob
beradigan darslar o‘tkazish, ularda axborot texnologiyalarini qo‘llash dolzarb
vazifadir.
Taraqqiy etib borayotgan axborotlar oqimi jamiyatida ijtimoiy rivojlanishning
asosini an’anaviy imkoniyatlar bilan bir qatorda insonlarning qobiliyati,
tashabbuskorligi, ishga ijodiy yondashishi, intellektual faoliyati, mustaqil ravishda
o‘z bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirishi kabi omillar tashkil etadi. Katta
hajmdagi ma’lumotni saqlash, uzatish, qabul qilish bilan bog‘liq axborot yaratish
jarayoni inson faoliyatining turli sohalarida kompyuter texnologiyalarini
rivojlantirishni ko‘zda tutadi
Inson tafakkuri shu Qadar taraqqiy etib bormoqdaki, texnikalashtirish,
kompyuterlashtirish jarayoni nafaqat ishlab chiqarishning turli sohalari, balki
madaniyat va ta’lim sohalariga ham dadil kirib bormoqda. Kompyuter
texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi ta’lim jarayonini yangi bosqichga
ko‘tardi, bu o‘z o‘rnida ta’lim mazmunini, metod va shakllarini qayta ko‘rib
chiqish, uni yangi bilim hamda ko‘nikmalar bilan yanada boyitish zaruriyatini
tug‘dirdi.
Bugungi kunda jamiyatimizning turli sohalarida faoliyat ko‘rsatuvchi
mutaxassislarning professionallik darajasi ularning kompyuter texnologiyalarini
egallaganligi bilan ham belgilanadi. Bu hol zamon talabiga aylanib qoldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 30-mayda e’lon qilingan
“Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikasiya texnolo-
giyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi Farmonida umumta’lim maktablari, kasb-hunar
kollejlari, akademik liseylar va oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayoniga
zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini egallash va ulardan faol
foydalanishga asoslangan ilg‘or ta’lim tizimlarini tadbiq etish axborot
texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etishning eng muhim va birinchi navbatdagi
vazifalaridan deb ko‘rsatilgan.
Ta’lim sohasini texnikalashtirish, ko‘rgazmalilik tamoyiliga amal qilgan holda
dars o‘tish uchun bundan bir necha yil avval, o‘qitishning texnikaviy vositalaridan
foydalanish ommaviy tus olgan paytda asos solingan edi. Ushbu yo‘nalishda turli
ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan, o‘qitishning audiovizual vositalari o‘rganilgan,
o‘zbek tilidan dasturlashtirilgan topshiriqlar tizimi ishlab chiqilgan, test asosida
o‘quvchilar bilimini nazorat qilish uchun maxsus qurilmalaridan foydalanish tavsiya
etilgan, dasturiy boshqariladigan o‘quv mikro-EHMning tuzilishi va ishlash
tamoyillari o‘rganilgan.
Bugungi kunda xorijiy davlatlarda bo‘lgani kabi, O‘zbekistonda ham ta’lim
tizimida
axborot
texnologiyalari,
kompyuter
vositalaridan
foydalanish
muammosining o‘rganilishi alohida ahamiyat kasb etmoqda, ta’limiy-elektron
materiallar tayyorlash borasida muayyan ishlar boshlab yuborilgan.
Internet tarmog‘idan olingan ma’lumotlar va respublikamizda mavjud axborot
texnologiyalarining mahsullarini tahlil qilishdan aniqlanishicha, xorijiy ta’lim
tizimida, shuningdek, O‘zbekistondagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi,
O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent Davlat texnika universiteti, Toshkent
Davlat pedagogika universiteti, Farg‘ona Politexnika instituti, Andijon Davlat tillar
instituti, Jizzax Davlat pedagogika instituti va ko‘plab akademik lisey va kasb-hunar
kollejlarida, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida muayyan mashg‘ulotlar to‘la
kompyuterlashtirilgan
yoki
ularda
axborot
texnologiyalaridan
qisman
foydalanilmoqda, fanlar bo‘yicha elektron darsliklar yaratilmoqda va bu yo‘nalishda
ma’lum yutuqlarga erishilmoqda.
Hozirgi
vaqtda
ta’lim
muassasalarida
mashg‘ulotlarni
kompyuter
texnologiyalari vositasida tashkil etish, xususan, multimedia darslarini yaratish
asosiy yo‘nalishlardan biriga aylanib qolmoqda.
Multimedia kompyuterning imkoniyatlar majmui bo‘lib, axborotni turli
ko‘rinishlarda – matn, jadval, grafika, ovoz, animasiya (harakatlanuvchi rasm),
videotasvir, musiqa yordamida yig‘ish, saqlash va uzatish vazifalarini bajaradi.
Multimedia “inson-kompyuter” interfaol muloqotning yangi, takomillashgan
pog‘onasi bo‘lib, bunda foydalanuvchi juda keng va har tomonlama axborot
oladi. Mutaxassislarning fikricha, multimedia bu informatikaning dasturiy va
texnikaviy vositalari asosida o‘quv materiallarini ta’lim oluvchilarga yetkazib
berishning mujassamlangan holdagi ko‘rinishidir.
Ta’lim jarayonida multimedia vositalarini qo‘llash pedagogik va psixologik
nuqtai nazardan katta ahamiyatga ega. Bunda quyidagi muhim natijalarga erishiladi:
- o‘quv-tarbiya jarayoni faollashtiriladi,
- ta’lim samaradorligi oshadi;
- axborotning turli shaklda berilishi o‘quvchilarning diqqatini tortadi,
- yuqori darajadagi ko‘rgazmalilik ularda katta qiziqish uyg‘otadi,
- mavzuning uzoq vaqt xotirada saqlanishini ta’minlaydi;
- talaba dars davomida passiv tinglovchidan faol ishtirokchiga aylanadi;
- mustaqil ta’lim olish imkoniyati, sohalari ko‘payadi; kompyuter
savodxonligi oshib boradi;
- o‘qituvchi tomonidan bajariladigan ko‘pgina tashkiliy vazifalarni kompyuter
amalga oshiradi;
- dars davomida bajarilishi mumkin bo‘lgan mashq, vazifalar soni keskin
ortadi;
- o‘yinli texnologiyalar, rolli o‘yinlar o‘tkazish imkoniyati ortadi.
Shuningdek, o‘qituvchining o‘z kompyuteri orqali o‘quvchilar kompyuteri
monitoriga kira olishi har bir o‘quvchi faoliyatini alohida kuzatish imkonini beradi,
ya’ni kompyuter tabaqalashtirish imkonini beradi. Masalan, dars mavzusi yuzasidan
bahs-munozara uyushtirishda o‘qituvchi o‘zi tanlagan o‘quvchilarning monitor
raqamini bosadi va ularga topshiriq beradi, javoblarni mikrofon orqali eshitib boradi.
Sinfdagi boshqa o‘quvchilar bu paytda o‘zlariga berilgan alohida topshiriq bilan
band bo‘ladilar. Yana bir qulaylik - o‘qituvchi masofadan boshqaruv kalitlari
yordamida o‘quvchilarning ish faoliyatini boshqarib boradi, u istalgan o‘quvchini
o‘qitib eshitishi va uning nutqini yozib olib, o‘ziga eshittirishi yoki to‘g‘ri talaffuz
bilan ham taqqoslashi mumkin. Bu o‘quvchiga o‘z nutqidagi kamchiliklarni bartaraf
etishga yordam beradi. Bulardan tashqari, albatta, kompyuter o‘quvchilarning
bilimlarini xolisona baholash, o‘qituvchining darsga tayyorgarlik ko‘rish va dars
jarayonida vaqtini hamda ko‘rgazmali qurollar uchun sarflanadigan mablag‘ini
tejash imkoniyatini beradi. Hozirgi paytda ommaviy tus olayotgan elektron pochta
va videoanjumanlar yordamida esa o‘quvchilar boshqa viloyat, shahardagi
tengdoshlari bilan o‘zbek tilida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotda bo‘lishlari, biron
mavzuda bahs-munozara o‘tkazishlari mumkin.
Ko‘rinib turibdiki, o‘zbek tili dasturlaridan o‘rin olgan mavzularning didaktik
maqsadini amalga oshirishda kompyuterning imkoniyatlari beqiyosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |