Xulosa……………………………………………………………………….31
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati………………………………………33
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini isloh qilish
davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etib kelinmoqdaki,
ta’lim jarayonini isloh qilishda jahon ahdozalariga mos keladigan uzluksiz ta’lim
tizimini yaratish, ta’lim samaradorligini yuqori bosqichlarga ko‘tarish masalalarining
ijobiy hal etilishiga erishish dolzarb pedagogik vazifalar sifatida kun tartibiga qo‘yildi.
Shu sababli ta’limiy islohotlarning muhim yo‘nalishi o‘qitish ishlarini tashkil
etadigan va barkamol shaxs tarbiyasi, o‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirish
uchun mas’ul bo‘lgan muassasalar faoliyatiga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni
samarali tashkil etishdan iborat etib belgilandi. Mazkur g‘oya O‘zbekiston
Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi”da ham o‘z aksini topdi. O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi”da insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy tarbiyalash bilan uzviy
bog‘langan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxsni
shakllantirish nazarda tutilgan. Barkamol insonni tarbiyalash uchun esa ta’lim
muassasalarida qolipga solingan emas, balki zamon talablari darajasidan kelib
chiqib talabaning mustaqil faol va ongli mehnatiga asoslangan, uning ijodiy
faoliyatini rag‘batlantiradigan, tafakkurini rivojlantiradigan, vaqtini tejaydigan,
bilim o‘rganishini Yengillashtiradigan zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqish va
o‘quv jarayoniga ularni tadbiq etish orqali darslarni tashkillashtirish lozim.
Ayniqsa, Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 28
dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida qo‘yidagi fikrlarni keltirgan edi -
“Xalqimizda “ta’lim va tarbiya beshikdan boshlanadi” degan hikmatli bir so‘z bor.
Faqat ma’rifat insonni kamolga, jamiyatni taraqqiyotga etaklaydi. Shu sababli,
ta’lim sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta’lim tizimi prinsipiga asoslanishi, ya’ni,
ta’lim bog‘chadan boshlanishi va butun umr davom etishi lozim.
Umumiy o‘rta ta’lim tizimini bugungi kun talablari asosida tashkil etish,
farzandlarimiz har tomonlama kamol topishi uchun, barcha sharoitlarni yaratish
lozim”
1
.
Ushbu fikrlar ijrosi yuzasidan mamlakatimiz ta’lim tizimida ijobiy ishlar
amalga oshirilmoqda. Ya’ni, ilg‘or innovatsion ta’lim texnologiyalaridan
foydalanish asosida ta’limni tashkil etish: 1) o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida
o‘zaro hamkorlikni qaror toptirish; 2) o‘quvchilarning mustaqil o‘qib-o‘rganishlari; 3)
o‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirish; 4) ularda o‘quv materiallarini
o‘zlashtirishga ijodiy yondashuvni qaror toptirish uchun zarur shart-sharoitni yaratishga
yordam beradi. Buning ta’sirida, yana shuningdek, o‘quvchilarda bilimlarni
o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish, mustaqil, erkin fikrlash qobiliyati rivojlanadiki,
mazkur holat ta’lim sifatini yaxshilab, samaradorligini oshiradi. Bu borada
umumta’lim maktablarda o‘qitiladigan “O‘zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy georafiyasi”
kursi o‘zining qator imkoniyatlari bilan alohida ajralib turadi. SHu bois
o‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirishda ilg‘or innovatsion ta’lim
texnologiyalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish muhim
ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchilarning zamonaviy ta’lim metodlaridan samarali,
maqsadga muvofiq foydalana olishi, ularning ko‘nikmalarga egaliklari har bir o‘quv
mashg‘ulotining o‘ziga xos, qiziqarli va samarali bo‘lishiga olib keladi.
Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini belgilab beruvchi muhim
me’yoriy hujjatlarda alohida qayd etilganidek, ta’lim jarayonini ilg‘or pedagogik
texnologiyalar asosida tashkil etish ijtimoiy maqsad – komil inson va malakali
kadrlarni tayyorlash va tarbiyalashda yuqori natijalarga erishishni kafolatlaydi.
Pedagogik texnologiya nazariyasining muhim jihati – har bir pedagogning o‘z imkoniyati
darajasida, turli yoshdagi ta’lim oluvchilarning muhim xususiyatlarini inobatga olgan
holda ularning o‘quv faolliklarini oshirish maqsadida ta’lim jarayonida zamonaviy
ta’lim texnologiyalari vositalari imkoniyatlaridan samarali foydalana olishi
hisoblanadi.
1
. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisdagi Xalq so’zi, 28
dekabr 2018 yil.
Yuqoridagi qayd etilgan fikrlardan kelib, bugungi kun ta’lim tizimiga
qo‘yilayotgan talablar mazmunini anglagan holda ushbu mavzu o‘z dolzarbligi bilan
alohida o‘rin tutadi.
Ona tili o‘qitish maxsus metodikasi nazariy asoslarini shakllanishi umumiy va
xususiy pedagogika, umumiy va xususiy psixologiya, lingvistika fanlarining
ma’lumotlarini qo‘llash, qayta ishlash, tiklash jarayoni sifatida. Ona tili maxsus
uslubiyati fanining nazariy asoslari. Uni maxsus fan sifatidagi metodik usullari,
printsiplari, ona tili maxsus metodikasi o‘rganishga differentsial yondashuvining
muhimligi. Dastur bo‘limlari va kurs boyicha adabiyotlar tahlili. Tilga o‘qitishning
zamonaviy tizimini tasniflash. Kar o‘quvchilarini tilga o‘qitishning tarixiy tizimi
haqida qisqacha suhbat mimik, yozma va sof og‘zaki metodlar. Mustaqillik davrida
eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar maktabida tilga o‘qitish tizimini qayta qurish,
nutqiy muloqot printsipi boyicha tilga o‘qitish tizimi, nutqiy muhit yaratish. Tilga
o‘qitish tizimidagi nutq formalari. Daktil nutqi: uni muloqot quroli sifatida nutqni
shakllantirishdagi roli. Tilga o‘qitish boshlang‘ich bosqichini vazifalari. Tayyorlov
bosqichini xususiyatlari. Tilga o‘qitishni tashkil etish boyicha ish formalari. Daktil
nutqiga o‘rgatish. Daktil nutqi so‘zlashuv nutqining bir formasi sifatida. Talimning
turli bosqichlarida daktil nutqini yozma va og‘zaki nutq formalari bilan aloqasi.
Daktil nutqini shakllantirish boyicha dastur talablari.
Og‘zaki nutqga o‘rgatish. Og‘zaki nutq atrofdagilar bilan muloqot quroli
sifatida. Og‘zaki nutqga o‘rgatishning ikki yo‘nalishi: labdan o‘qish malakalarini
shakllantirishning metodik usullari. Talaffuz malakalarini shakllantirish yo‘llari.
Mashg‘ulotlar mazmuni. Daktil nutqini qo‘llash jarayonida og‘zaki nutqni
egallashning o‘ziga xos yo‘llari. Og‘zaki nutqni shakllantirishda analitik-sintetik
usul. Og‘zaki nutq darslaridagi ish turlari.
Savodga o‘rgatish. Savodga o‘rgatish maqsadi. Savodga o‘rgatishning
psixologik asoslari. Savodga o‘rgatish usullari. Daktil nutqini boshlang‘ich nutq
formasi sifatida qo‘llash sharoitida savodga o‘rgatishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Talaffuzga, o‘qishga va yozishga o‘qitishning o‘zaro bog‘liqligi. Savodga o‘rgatish
darslarida ko‘rgazmali va didaktik materiallarning roli va ahamiyati. O’qish
malakasini shakllantirish. Alifbe bilan ishlash. Yozishga o‘rgatish. Yozuvga
o‘rgatish metodikalarini tasnifi. Unga qoyilgan pedagogik talablar. Savodga
o‘rgatish bilan aloqadorlikda yozma ish turlari: ko‘chirish, ko‘ruv diktanti. Savodga
o‘rgatish darslarini tashkil etish va o‘tkazish.
I-IV sinflarda tilga o‘qitish mazmuni. Tilga o‘qitishni bosqichi, vazifasi,
maqsadi. Nutqni rivojlantirish:
a) so‘zlashuv nutqini shakllantirish. So‘zlashuv nutqining funktsiyalari.
So‘zlashuv nutqini shakllantirish boyicha dastur talablari tasnifi. So‘zlashuv nutqini
shakllantirishning asosiy yo‘llari. Predmetli amaliy ta’lim darslarida so‘zlashuv
nutqini rivojlantirish (dialog va suhbat o‘tkazish). Tabiat predmetlari va hodisalari
haqida, jamiyat hayoti, bolalar faoliyati haqida dialog va suhbat o‘tkazish. Yopiq
kartinkalar bilan ishlash. So‘zlashuv nutqini shakllantirish – barcha o‘quv
mashg‘ulotlarni asosiy elementi. b) bog‘langan nutqni rivojlantirish. Og‘zaki va
yozma bog‘langan nutqni shakllantirish. Og‘zaki va yozma bog‘langan nutqni
o‘zaro aloqasi, bog‘langan nutqni rivojlantirish boyicha dastur talablari. Predmetli
amaliy ta’lim darslarida bog‘langan nutqni shakllantirish boyicha ish turlari. Hodisa
va predmetlarni tasvirlovchi hikoyalarni tuzishga o‘rgatish usullari, rasmlar,
kinofilmlar, diafilmlar boyicha gapirishga o‘rgatish. Hikoya ustida ishlashda
og‘zaki, yozma, daktil nutq formalarini o‘zaro aloqasi. So‘z va gaplar, so‘z
birikmalari ustida ishlash, bog‘langan nutq boyicha ishlashning asosiy shartidir.
Lug‘at ishining asosiy vazifalari unga qoyiladigan dastur talablari.
O‘qish va nutqni rivojlantirish. Tushunib o‘qishning mazmuni va vazifasi.
O’qishga o‘rgatish boyicha dastur talablari. O‘qishga o‘rgatishga analitik-sintetik
yondashuv. Predmetli amaliy ta’lim darslari va o‘qish darslari o‘qish malakasini
shakllantirishda o‘zaro aloqadorlik va ketma-ketlik. To‘g‘ri, tez, ifodali o‘qishga
o‘rgatish usullari. O’qish bilan birgalikda og‘zaki yozma nutqni rivojlantirish.
Individual va frontal sinfdan tashqari o‘qishni tashkil etish, kitob tavsiya etish
usullari. Sinfdan tashqari o‘qishni tashkil etishda o‘qituvchi va tarbiyachi roli. 5-7
sinflarda tilga o‘qitish. Bu bosqichdagi ish turlari, mazmuni, maqsadi Faoliyat turlari
va muloqot doirasi kengayishi va murakkablashuvi. Nutqni rivojlantirish.
Bog‘langan va so‘zlashuv nutqni rivojlantirishga qoyilgan dastur talablari. Dialog
va suhbatlar o‘tkazish uchun sharoitlarni o‘zgartirish. Yozma va og‘zaki bog‘langan
nutqni rivojlantirish boyicha ish turlari. Bayon turlari, bayon uchun material tanlash,
bayon yozishga tayyorgarlik ko‘rish. Kar va zaif eshituvchi bolalar maktabida bayon
yozishga o‘rgatishning o‘ziga xos usullari. Insho turlari. Rasm, rasmlar seriyasi
boyicha insho yozish. Kuzatuvlar asosida insho yozish. Ijodiy tasavvurlari asosida
insho yozish. Muloqot quroli sifatida mustaqil yozma ishni shakllantirish. Qilgan
yoki tomosha qilingan tasavurlar boyicha hisobot, taqriz tuzishga o‘rgatish.
Yozuvlarni takomillashtirish, devoriy gazetaga maqola yozishga o‘rgatish. Hujjat
qog‘ozlarni tuzishga: biografiya, ariza, xatlar, tushuntirish xatlarini yozishga
o‘rgatish. O’qish va nutqni rivojlantirish. Kichik va o‘rta sinflarda o‘qishga o‘rgatish
vazifalari, ketma-ketligi va murakkablashuvi. O’qishga o‘rgatish mazmuni va dastur
talablari. Bu bosqichda o‘qish uchun beriladigan materialini xarakterini o‘zgarishi.
Qoyilganni tushunishga erishish boyicha ish olib borish. Qadimiy asar-idrok etishga
tayyorgarlik. Matnlar tanlash usullari, savol-javoblar xarakterini murakkablashuvi.
Qayta o‘qish maqsadi va to‘g‘ri. Sodda o‘qishga tayyorgarlik ko‘rish. Reja tuzish
yo‘llari. O’qish darslarida o‘quvchilar - nutqiy faoliyatini faollashuvi. O’qishga
o‘rgatish bilan bog‘liq nutqni rivojlantirish boyicha ish turlari. Grammatika, yuqori
sinflarda grammatikani o‘rgatish maqsadi. Dastur mazmuni va tarkibi. Ta’lim
printsip va metodlari. 8 sinfda grammatikani o‘rgatish usullari. Grammatik mavzu
ustida ishlash. Grammatik qoida, tushunchalar ustida ishlash. Grammatika darslarida
amaliyot va nazariyani o‘zaro aloqasi. Grammatika kursini turli bo‘limlari: fonetika,
morfologiya, sintaksis boyicha ishlash metodikasi. Orfografiya va punktuatsiyaga
o‘rgatish. Grammatika darslarida nutqni muloqot quroli sifatida shakllantirish.
Pedagogik faoliyatda psixologiyaning ahamiyati. Faoliyat va motivlar.
Faoliyatning asosiy turlari. Motivasiya sohasilari. Shaxsi eksperimental tadqiq qilish
metodlari. Pedagogik jarayonni boshqarish. Ta’lim va aqliy taraqqiyot. Pedagogik
qobiliyat va uning turlari. O’qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar. Ilmiy tadqiqot
ob’ektlari va metodlari. Ta’limni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish, uning
uzviyligi, uzluksizligi. O’tmish va zamonaviy pedagogikaning asosiy yo‘nalishlari.
Ilg‘or pedagogik qarashlar. Jahon ta’lim tizimi. Pedagogik jarayondagi
integratsiyalar. O’zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi siyosati, kadrlar
tayyorlash milliy modeli. Ta’lim va tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlari, birligi,
differensiyasi, yagona pedagogic jarayon. Ta’lim nazariyasi (didaktika)ning asosiy
komponentlari: konsepsiyalari, paradigmalari. Ta’lim prinsplari. Talim metodlari,
texnologiyalari. Ta’lim turlari va bosqichlari. Jamoada, oiladagi tarbiya hamda o‘z-
o‘zini tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari. Ta’limni boshqarish shakllari.
O‘quv-me’yoriy hujjatlar. Pedagog kasbining o‘ziga xos xususiyatlari. Pedagogning
kommunikativ qobiliyati, uning vositalari.
Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatni rag‘batlantirish, ilmiy-tadqiqotchilik
kompetentligi, ilmiy manbaalarni tahlil qilish metodlari: ilmiy bilish metodlari;
induksiya, deduksiya, analogiya; pedagogik kompetentlik, ya’ni ta’lim-tarbiya
jarayonida qo‘llaniladigan o‘qitish shakllari, metodlari hamda vositalari; ta’lim
mazmuni, metodlari, vositalari va shakllarining uzviyligini ta’minlashni bilish,
mashg‘ulot olib boriladigan fanning maqsadi, vazifalari, predmeti va ob’ekti,
fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni va ahamiyati; fan taraqqiyotining axborot-
kommunikatsiya texnologiyalariga bog‘liqligi; foydalaniladigan asosiy darsliklar,
o‘quv qo‘llanmalar va elektron adabiyotlar; fan mazmunini ishlab chiqishda o‘quv
rejasidagi boshqa fanlar bilan gorizontal va vertikal uzviylikning ta’minlanishini
baholash; fanning istiqboldagi taraqqiy etishi muammolari va ularning yechimlari
haqida bilim va layoqatga egalik.
Do'stlaringiz bilan baham: |