O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‟RTA MAHSUS TA‟LIM VAZIRLIGI
O‟ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI
INGLIZ TILI IKKINCHI FAKULTETI
INGLIZ TILINI O‟QITISH METODIKASI №2 KAFEDRASI
QIYOSIY TIPOLOGIYA
FANIDAN O‟QUV-USLUBIY MAJMUA
Ta‟lim sohasi: 100000- Gumanitar soha
110000- Pedagogika
Ta‟lim yo‟nalishi: 5111400- Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
Тоshkent-2021
Mazkur o‘quv uslubiy majmua O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta mahsus
ta‘lim vazirligi tomonidan 20__-yil_______ __________ ___ sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan o‘quv fan dasturi asosida tuzilgan.
Tuzuvchilar:
Axmedov O. O‘zDJTU ingliz tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi professori, fil.f.d. Abdullaeva U. O‘zDJTU ingliz tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi
Gilyazetdinov E. O‘zDJTU ingliz tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi
Taqrizchilar:
Samigova Kh. O‘zDJTU, tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dotsenti, fil.f.d. Sidiqova I. O‘zMU, tarjima nazariyasi va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi professori, fil.f.d.
O‘quv-uslubiy majmua O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashida muhokama qilinib, foydalanish uchun tavsiya qilingan (2021 yil 26.08. dagi №1-sonli bayonnoma)
ANNOTATSIYA: Ushbu o‘quv - uslubiy majmua qiyosiy tipologiya fani bo‘yicha Davlat Ta‘lim Standarti va fan dasturi asosida tuzilgan ishchi o‘quv dasturi, yillik kalendarь tematik rejasi, fanning o‘qitish texnologiyasi, oraliq va yakuniy nazorat testlari, mustaqil ish mavzulari ro‘yxati va ko‘rgazmali taqdimot slaydlarini o‘z ichiga oladi. Ma‘ruza matnlari tilning qiyosiy tipologik o‘rganishga asoslangan holda, tilshunoslikning turli sathlarini qamrab oladi, ya‘ni fonetik tipologiyadan boshlab sintaktik tipologiyagacha o‘rganiladi. Mazkur o‘quv - uslubiy majmua tilshunoslik fanining yangi yo‘nalishlari va ularning nazariyasi muammolari tipologiyasini o‘zida mujassamlashtirgan. Ingliz va ona tillari leksik tizimini qiyosiy jihatdan o‘rganishda ta‘limning ilg‘or pedogogik texnologiyalaridan foydalanilgan. Majmuada qiyosiy tipologiyani zamonaviy o‘qitishdagi interfaol metodlar va ta‘lim texnologiyalaridan keng foydalanilgan. Ushbu o‘quv - uslubiy majmua 4-kurs talabalariga qiyosiy tipologiya fanidan bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlantirishga yordam beradi. Mashg‘ulotlar texnologiyasi audio-video vositalari va kompyuter texnologiyalari yordamida taqdimotlar o‘tkazishga moslashtirilgan.
O‟QUV-USLUBIY MAJMUA TARKIBI
1. O‘quv materiallari 5
2. Mustaqil ta‘lim mashg‘ulotlari 162
3. Glossariy 164
4. Ilovalar 177
O‟QUV MATERIALLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |