3.5.2.
Ko’rish trubasini ko’zga va narsaga to’g`rilash.
Ko‖zga to‖g`rilash. Ko‖rish trubasini ishlashdan oldin ko‖zga
to‖g`rilash kerak. Kuzatuvchi trubani osmonga yoki ochiq devorga
qaratganda to‖r iplari ravshan va qoramtir bo‖lib ko‖rinmay, xira ko‖rinsa,
buni yaxshilash uchun okulyar trubkachasi 3 (54-rasm) iplar yaqqol
ko‖ringuncha o‖ng yoki chapga buraladi. Bu prostess trubani ko‖zga
to‖g`rilash
deyiladi.
Yangi
asboblarda
okulyar
trubkasi
maxsus
halqasimon moslamaga o‖rnatiladi, bu moslama yordamida buralib ko‖zga
to‖g`rilanadi; bu dioptriya halqa deyiladi.
Trubani narsaga to‖g`rilash. Kuzatiladigan narsa asbobga nisbatan
turli uzoqlikda bo‖ladi, shunga ko‖ra, uning tasviri fokusga yaqin
bo‖lmaganidan narsa tasviri xira ko‖rinadi. Tasvirni ravshan qilish uchun
kremaler vint 6 yoki ichki fokuslanadigan yangi asboblarda trubadagi
kremaler halqa tasvir tiniq va ravshan bo‖lguncha buraladi. Bu prostess
trubani narsaga to‖g`rilash yoki trubani fokuslash deyiladi.
Truba har nuqtaga qaratilganda fokuslanishi kerak. Trubani
fokuslashda quyidagiga e‖tibor berish lozim. Agar kuzatilgan narsa
uzoqda bo‖lsa, kremaler vint trubkasini (vintini) chapga (soat strelkasi
yurishiga teskari), yaqinda bo‖lsa, o‖ngga (soat strelkasi yurishi
tomoniga) burash kerak.
101
53-rasm.
Iplar to‖rining parallaksi. Truba to‖g`ri fokuslanmasa, iplar to‖ri
parallaksi vujudga keladi. To‖g`ri fokuslanganda tasvir qq
1
iplar to‖ri
tekisligi RR
1
da (fokal tekislikda) hosil bo‖ladi. Parallaks borligini bilish
uchun okulyar oldida ko‖z g o‖ng yoki chapga, yuqori yoki pastga (g
1
va
g
2
nuqtaga) harakat qildiriladi; shu vaqt tasvir qq
1
nuqta t da o‖zgarmay
tursa (53-rasm, a) to‖g`ri fokuslangan bo‖ladi. Agar fokuslash etarli dara-
jada to‖g`ri bo‖lmasa, tasvir iplar to‖ri oldida (53-rasm, b) yoki orqasida
(53-rasm, v) hosil bo‖ladi. Bu hodisa iplar to‖rining parallaksi deyiladi.
Buni yo‖qotish uchun kremaler vintini bir oz burash, ya‖ni to‖g`ri
fokuslash kerak.
Ichki fokuslanadigal truba. Tashqi fokuslanadigan trubalarni
fokuslashda okulyar tirsagi ob‖ektiv tirsagida tashqi tishlar (zubchatka)
yordamida harakat qiladi, bunda truba uzunligi o‖zgaradi va havodagi
chang-tuzon va namlik ta‖sirida tishlar kirlanishi va zanglashi mumkin,
54-rasm. Ichki fokuslanadigan ko‖rish trubasi.
L—ob‖ektiv, L
3
—murakkab okulyar, L
2
—fokuslash linzasi, V
1
V
2
—
to‖rning tuzatgich vintlari, 00
1
—optikaviy o‖q; 1—ob‖ektivli tirsak, 2—
102
patrubka, 3—iplar to‖ri, 4—okulyar trubkachasi, 5—kremaler vint, 6—
diafragma, 7—okulyar tirsagi, 8—okulyar va ob‖ektiv tirsaklar birlashgan
joyi, t—to‖r markazi.
Do'stlaringiz bilan baham: |