Infratuzilmasi kafedrasi transport infratuzilmasis



Download 6,76 Mb.
bet28/88
Sana18.09.2022
Hajmi6,76 Mb.
#849239
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   88
Bog'liq
transport infratuzilmasi

Avtomobil yo‘llari avtomobil transporti qatnoviga mo‘ljallangan muxandislik inshoati bo‘lib, u xaritada chiziqsimon tasvirlanadi. Ular shartli belgilar, turli ranglar yordamida ahamiyatiga qarab, turli yo‘llarga ajratiladi .
O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari to‘g‘risidagi qonuniga ko‘ra avtomobil yo‘llari quyidagicha tasniflanadi: 1. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llar; 2. Shahar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari; 3. Xo‘jalik avtomobil yo‘llari.
Umumfoydalanadigan avtomobil yo‘llari ahamiyatiga qarab xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatli yo‘llarga ajratiladi8. Mamlakatlarni yirik sanoat markazlarini bog‘lovchi va katta iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar adabiyotlarda xalqaro avtomobil yo‘llari deb yuritiladi. Davlat ahamiyatidagi yo‘llarga yirik sanoat markazlari, shuningdek muhim transport yo‘llarini, stansiyalarni va pristanlarni o‘zaro bog‘lovchi yo‘llarni kiritish mumkin. Mahalliy yo‘llarga esa viloyat, qishloq jamoasi, xo‘jaliklar qaramog‘idagi yo‘llar kiradi.
Jahondagi avtomobil yo‘llarning umumiy uzunligi 20,8 mln.km (qattiq qoplamali 14 mln.km. dan ortiq 1990 y). XX asr boshida avtomobil yo‘llari O‘zbekistonda 27 ming km. yo‘l bo‘lib, asosan ot - ulov karvon yo‘llariga mo‘ljallangan. 1928-1932 yillarda republikada birinchi bo‘lib uzunligi 62 km. bo‘lgan qora qoplamali Buxoro-G‘ijduvon-Qiziltepa yo‘li, so‘ngra Toshkent-Pskent, Qo‘qon-Andijon-Kuyganyor va boshqa yo‘llar qurildi. 1941 yilgacha uzunligi
708 km bo‘lgan Katta O‘zbekiston trakti, hashar yo‘li bilan To‘ytepa–Angren, Farg‘ona– Gorchakova kabi qoplamasi yaxshi yo‘llar qurildi. 1957 yilda uzunligi 240 km bo‘lgan ToshkentQo‘qon (Qamchiq dovoni orqali) avtomobil yo‘llari foydalanishga topshirildi.
O‘tgan asrning 60-80 yillarida Toshkent avtomobil xalqa yo‘li qurildi. Biroq ta’kidlash joizki, sobiq Ittifoq davrida O‘zbekistonda qurilgan avtomobil yo‘llar xalqaro andozalarga to‘liq javob bermagan. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng respublika Prezidenti Islom Karimov mamlakatda ichki va tashqi transport kommunikatsiyasilarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratdi. Mustaqillikning dastlabki davridan boshlaboq, avtomobil yo‘llarini zamonaviy asosda rivojlantirish konsepsiyasiga binoan qo‘shni davlatlar va Jahon okeaniga chiqishni ta’minlaydigan eng qisqa va ishonchli transport yo‘llari barpo etishga kirishildi. Mavjud avtomobil yo‘llarini xalqaro andozalarga moslash, yo‘llarni saqlash va ta’mirlash, yangi barpo etilayotgan sanoat markazlarini xalqaro magistrallar bilan bog‘laydigan yo‘llar qurilishi, yirik shaharlarni ichki avtomobil yo‘llarini magistrallashtirish masalalariga e’tibor kuchaydi.
1993 yil fevralda O‘zbekiston avtomobil yo‘llarini qurish va undan foydalanish aksiyadorlik konserni ish boshladi. 2007 yil 2 oktyabrda “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi.
So‘ngi yillarda O‘zbekistonni Xitoyga chiqish imkonini beruvchi uzunligi 578 km. bo‘lgan Andijon–O‘sh-Ergashtom-Qashqar avtomobil yo‘lini ishga tushirishga harakat qilinmoqda. Respublikaning o‘zida Farg‘ona vodiysi bilan Toshkent vohasini Qamchiq dovoni orqali bog‘laydigan avtomobil yo‘llari hamda Qo‘ng‘irot–Beynov avtomagistrali qurilishi mintaqalar rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda.
Savollar

  1. Infrastruktura tizimida transport qanday o‘rin tutadi.

  2. O‘zbekistonning transport tizimi qaysi yo‘nalishda rivojlangan va nima sababdan?

  3. Tajan-Seraxs-Mashxad yo‘li achon qurilgan?


Download 6,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish