Infratuzilmasi kafedrasi transport infratuzilmasis


Mintaqalar kesimida umumfoydalaniladigan temir yo‘llar uzunligi (km)



Download 6,76 Mb.
bet36/88
Sana18.09.2022
Hajmi6,76 Mb.
#849239
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   88
Bog'liq
transport infratuzilmasi

Mintaqalar kesimida umumfoydalaniladigan temir yo‘llar uzunligi (km)



Y i l l a r

2015-1990yy. nisbatan, foiz va

2015-2000yy. nisbatan, foiz

1990

2000

2005

2010

2015

km foizda

km.da

km foizda

km.da

O‘zbekiston
Respublikasi

3462,0

3471,5

4014,2

4227,2

4237,5

122,4

+775,5

122,1

+766

Qoraqalpog‘iston
Respublikasi

475,0

503,5

844,3

844,3

844,3

177,7

+369,3

167,7

+340,8

Viloyatlar:










Andijon

159,0

155,8

155,8

155,8

155,8

0,98

-3,2

0,0

0,01

Buxoro

609,0

324,9

270,6

270,6

270,6

0,44

-339

0,83

-54,9

Jizzax

217,0

217,8

280,5

280,5

274,1

126,3

+57,1

125,8

+56,3

Qashqadaryo

376,0

380,1

381,7

492,7

492,7

131,0

+116,7

129,6

+112,6

Navoiy

0

276,7

469,3

469,3

469,3

-

-

169,6

+192,6

Namangan

138

140,0

144,6

144,6

180.3

130,6

+42,3

128,8

+40,3

Samarqand

277,0

279,0

283,3

283,8

282,9

102,1

+5,9

101,4

+3,9

Surxondaryo

315,0

301,0

300,0

409,4

368,7

117,0

+53,7

122,5

+67,7

Sirdaryo

172,0

171,6

157,8

160,1

167.5

0,97

-4,5

0,98

-4,1

Toshkent

363,g‘

363,8

358,5

348,8

364.6

100,4

+1,6

100,2

+0,8

v
Farg‘ona 228,0 228,6 228,6 228,6 228,6 100,3 +0,6 100,0 0,0
Xorazm 133,0 128,7 138,7 138,7 138,7 104,3 +5,7 107,8 +10,0
Jadval O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan
1990-2015 yillar orasida umumfoydalaniladigan temir yo‘llarning uzunligi respublika bo‘yicha 775,5 km yoki 120,6 foizga ortdi. Bu davr ichida mintaqalar bo‘yicha umumfoydalaniladigan temir yo‘llar uzunligi dinamikasida quyidagicha o‘zgarishlarni kuzatish mumkin.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston hududining shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan Qoraqalpog‘iston Respublikasida hamda janubda joylashgan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining tabiiy resurslaridan samarali foydalanish maqsadida temir yo‘l qurilishiga katta e’tibor qaratildi. Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasida temir yo‘llar uzunligi 369,3 km.ga yetdi. Natijada mazkur mintaqada temir yo‘l uzunligi 177 foizga o‘sdi. Mustaqillik yillarida respublika temir yo‘llari uzunligi 775,5 km.ga ortgan bo‘lsa, uning yarmiga (48 foiz) yaqini birgina Qoraqalpog‘iston Respublikasiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, Qashqadaryo viloyatida temir yo‘l uzunligi 131 foiz yoki 116,7 kmga ortdi. Surxondaryo (117 foiz), Jizzax (126,3 foiz) va Namangan (130,6 foiz) viloyatlarida ham temir yo‘l uzunligi sezilarli tarzda ko‘paydi. Biroq, 1990-2015 yillar orasida Buxoro viloyatida temir yo‘l uzunligi 339 km.ga, ya’ni deyarli teng yarmiga (56 foiz) qisqardi. Bunga 1991 yilda Navoiy viloyatining tashkil etilishi sabab bo‘ldi. Chunki, viloyat asosan Buxoro viloyati hududi hisobiga shakllantirilgan edi. Tahlil etilayotgan yillarda Sirdaryo va Andijon viloyatlarida ham temir yo‘l uzunligi nisbatan kichik bo‘lsa ham (34,5 km) qisqardi. Qolgan mintaqalarda esa deyarli katta o‘zgarish kuzatilmadi.
Ma’lumki, 2000 yildan boshlab mamlakatimiz hududlari bo‘ylab yangi magistral yo‘llar qurilish bo‘yicha faol ishlar olib borildi. Xususan, Navoi-Uchquduq temir yo‘li Nukusgacha yetkazildi. Uzunligi 320 km bo‘lgan Uchquduq-Sultonuvaystog‘-Miskin temir yo‘li foydalanishga topshirildi. 2004 yilda ushbu magistral Amudaryo sohillariga yetib bordi va shu yili uzunligi 681 metr bo‘lgan ko‘prik qurib ishga tushirildi. Ushbu ko‘prik Markaziy Osiyodagi eng uzun ko‘prik hisoblanadi. Bu ko‘prikning ishga tushirilishi bilan Toshkent-Urganch yo‘nalishidagi masofa 300 km.ga qisqardi. Shuningdek, 2000 yillarda 220 km Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on temir yo‘li ham qurib bitkazildi. Natijada janubiy mintaqalarning imkoniyatlari keskin ortdi. 2000-2015 yillar mobaynida temir yo‘llar uzunligi respublika bo‘yicha 766 km (122,1 foiz) ga ortdi. Kuzatilayotgan davrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida temir yo‘llar uzunligi 340,8 km (167,7 foiz)ga ortdi. Bu ko‘rsatkich keyingi 15 yilda respublikada qurilgan temir yo‘llarning deyarli yarmini (45 foiz) tashkil etadi. Shuningdek, Navoiy (169,6 foiz yoki 192,6 km) va Qashqadaryoda (129,6 foiz yoki 112,6 km) viloyatlarida ham temir yo‘l uzunligi katta ko‘rsatkichlarda ortdi. Surxondaryo (122,5 foiz), Jizzax (125,8 foiz) va Namangan (128,8 foiz) viloyatlarida ham nisbatan temir yo‘l uzunligi ortdi. Aksincha, Buxoro viloyatida tahlil etilayotgan davr ichida temir yo‘l uzunligi 17 foiz (55 km)ga qisqardi. Bunday holat Sirdaryo viloyatida ham kuzatildi. Qolgan mintaqalarda esa deyarli o‘zgarish kuzatilmadi (rasm- ).

Hududlar bo‘yicha temir yo‘llar zichligining o‘zgarishi dinamikasi
O‘zbekistonda o‘rtacha 10 ming kv. km. hududga to‘g‘ri keluvchi temir yo‘llar zichligi 94,4 km.ni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich dunyoning rivojlangan mamlakatlari ko‘rsatkichidan sezilarli past ekanligi bilan tavsiflanadi, bu holat har bir mintaqaning rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 2005-2015 yillarda respublika bo‘yicha temir yo‘llar zichligi 5 km.ga ortdi. Temir yo‘llar zichligining eng yuqori ko‘rsatkichi Sirdaryo viloyatiga tegishli bo‘lib, u 391,4 km. ni tashkil etadi. Shuningdek, katta ko‘rsatkich Andijon (362,3km) va Farg‘ona (338,2 km.) viloyatlariga ham xosdir. Aksincha, temir yo‘llar zichligi bo‘yicha eng past ko‘rsatkich Navoiy
Jadval
Hududlar kesimida umumfoydalanadigan temir yo‘llarning zichligi bo‘yicha guruhlashtirish ko‘rsatkichlari

(10 ming kv. km.ga to‘g‘ri keladigan temir yo‘l, km/km2)


2005 yil

km/km2

Mintaqa lar soni

2015 yil

Km/km2

Mintaqa lar soni

1-guruh



1-guruh



Andijon

371,0

3

Sirdaryo

382,9

3

Sirdaryo

367


Andijon

362,3


Farg‘ona

341,2


Farg‘ona

338,2


2-guruh



2-guruh



Toshkent*

229,8

4

Xorazm

229,3

6

Xorazm

227,4


Toshkent*

228,7


Namangan

195,4


Namangan

194,4


Samarqand

168,9


Surxondaryo

183,4


3-guruh



Qashqadaryo

172,5


Surxondaryo

149,3

6

Samarqand

169,2


Qashqadaryo

133,5


3-guruh



Jizzax

132,3


Jizzax

130,9

4

Buxoro

67,2


Buxoro

67,1


Qoraqalpog‘iston
Respublikasi

50,7


Qoraqalpog‘iston
Respublikasi

50,7


Navoiy

42,3


Navoiy

42,3


viloyatida (42,3 km), Qoraqalpog‘iston Respublikasida (50,7 km) hamda Buxoro viloyatida (67,0 km) kuzatiladi (jadval-3.3). Bu ko‘rsatkich Namangan viloyatida 46,9 km.ga, Qashqadaryo viloyatida 39 km.ga, Surxondaryo viloyatida 34,1 km.ga, Sirdaryo viloyatida 24,4 km.ga, ko‘paydi. Tahlillar, respublika mintaqalarida umumiy foydalaniladigan temir yo‘llar zichligining turlicha ekanligi ushbu hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan emas, balki tabiiy omillarga bog‘liqligini bilan izohlash imkonini beradi. Bu dastavval ba’zi hududlarning benihoya kattaligi, aksincha ba’zi hududlarining kichikligi bilan izohlanadi.


Download 6,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish