Infratuzilmasi kafedrasi transport infratuzilmasis


Jahonning ichki suv transporti



Download 6,76 Mb.
bet12/88
Sana18.09.2022
Hajmi6,76 Mb.
#849239
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   88
Bog'liq
transport infratuzilmasi

Jahonning ichki suv transporti.
Ichki suv daryo yoki ko‘l transporti –transportining eng qadimiy turidir. Xozirgi kunda ham ichki suv transporti havo transportini hisobga olganda yuk tashishda ham yo‘lovchi tashishda xam, umumiy uzunligi bo‘yicha ham jaxon transporti sistemasida eng oxirgi o‘rinda turadi.
Ichki suv transpotining rivozlanish va joylanishish 1-navbatda tashkiliy shart-sharoitlar kemalar suza oladigon daryo hamda ko‘llarning bor yo‘qligiga bog‘liq. Amazonka, parana, Missispiy, Ob’ YEnsiy, Yanszi, Kongo, Volga Amur, Gang, Reyning transpor imkoniyatlari eng yirik temir yo‘l magistrallari imkoniyatidan xam ancha kattadir. Biroq bu imkoniyat va sharoitdan foydalanish iqtisodiy rivojlanishning umumiy darjasiga bog‘liq. Xuddi mana shuning uchun xam dunyoda ichki suv yo‘llarida yuk tashishda AQSh, Rossiya, Kanada, Germaniya, Nidermandiya, Belgiya, Fransiya hamda Xitoy aloxida ajralib turadi. Shunga qaramay Osiyo Afrika, Lotin Amerkasining juda katta daryo shaxobchalariiga jaxon ichki suv yo‘llarida tashiladigon yuklarning atiga 5% to‘g‘ri keladi.
Foydalangan ichki suv yo‘llari shlyuzli daryo va kanallarga to‘g‘ri keladi . Ulardan eng katta lari AQSh, Xitoy , Rossiya, Xorijiy YEvropada (Reyn, Visla,Sena, Po ) joylashgan.
Xorijiy YEvropa va Shimoliy Amerikada ichki suv transporti yaxshi rivoj topgan, yuk oborotining 4% i ichki suv transportiga to‘g‘ri keladi.
Bu ko‘rsatkich AQSh da -17 % G‘arbiy YEvropa mamlakatlarida -33% gacha yetadi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda yuk oborotning atigi 1% i ichki suv transportiga to‘g‘ri keladi. Regionlarda bir yoki ikkta daryodan foydalanishadi xolos. Janubiy Amerikada Amozonka va Parana, Osiyoda Gang, Hind, Iravadi, Afrikada esa Kongo, Niger, Nil daryolari muhum transporti yo‘lanishi xisoblanadii.
70-yillardagi jaxonning iqtisodiy qirizisi va ekalogik omilning rivojlanish mamlakatlarda kuchayishi bilan ichki suv transportiga jiddiy o‘zgartirishlar kiritishga olib keldi. Ayniqsa, G‘arbiy YEvropada katta ishlar amalga oshirildi . Reyn daryosi –YEvropaning” ahlatxonasiga” aylanib qolgan edi.
Bu daryoga ko‘plab sanoat korxonalari insonlar tomonidan turli xil axlat tashlanar edi. Natijada bu daryoda baliqlar qirilib ketgan edi. “amakijon Reyn” dasturi o‘tkazilgach Reyn daryosi tozalanadi. Daryoda baliqlar yana paydo bo‘ladi. YEvropada daryolarga axlat tashlagan qattiq jazalangan. 1338-yili Eduard III qirolligi vaqtida parlament axlatni Temza daryosiga tashlashni man etgan qonunni qabul qilgan. XV asrda Fransiya qiroli ham sena daryosiga axlat tashlashni man etgan farmon chiqargan. Pyotr I farmoniga ko‘ra Neva daryosiga axlat tashlagan har bir kishi qattiq jazolangan.
G‘arbiy YEvropa daryo transporti ustun tursa Shimoliy Amerikada daryo va ko‘ltransporti bir-biriga teng. Daryo kanalari orqali bir-biriga tutashtirilgan. Bular ichida eng yiriklari AQSh ning Atlantika okeani va Maksika qo‘ltig‘i sohiladagi qirg‘oq bo‘yi suv yo‘li, AQsh va Kanadaning Buyuk ko‘llar sistemasi – Avliyo Lavrentiy daryosiga tutashtirilgan Reyn-Dunay daryolari O‘rta German kanali orqali tutashtirilgan.
Ko‘plab kanalar har yili tozalanib tekshirilib turiladi.
Yirik daryolarning potensialidan uzoq vaqit foydalanilmay kelinadi.Ayniqsa temir yo‘l magistrolarning qurulishi bu transport turini ahamiyatini yanada tushurib yubordi. Bugungi kunda ichki suv transporti rivojlangan mamlakatlarda tezlik bilan taraqqiy etirildi, masalan umumiy yuk oborotining ichida ichki suv transporti yuk tashish bo‘yicha AQSh da 1-o‘rinda,Kankda va Germaniyada 2-o‘rinda, Nidermandiyada 3-o‘rinda, Firansiyada 4-o‘rinda turadi.
AQShda asosiy ichki suv yo‘li Missisipi daryo sistemasi va Buyuk ko‘llar-Avliyo Labrentey daryosi sistemasi hisoblanadi. Yuk oboroti jihatidan daryo va ko‘l portlari dengiz portlaridan hech xam qolishmaydi. Bular ichida –Buyuk ko‘lardagi transporti markaziy Chikago, Tolido, Dulut, Buffalo, Demroyt (AQShda) Mangeym-na-Reyn,-Frank –furt –na-Mayn (Germaniyada) aholida ajralib turadi. Yuqorida nomlari keltirilgan daryo portlariga dengiz kemalari bemalol kirib kela oladi.
Ayrim daryo chuqurlashtirilgani uchun dengiz kemalari daryoning quyi qismigacha kirib bora oladi .
Daryo floti ayrim mamlakatlarda konsentratsiya (markazlashtirilmoqda) kelinmoqda. Lekin quvvati oshirilyapti. Bu germaniyaning reyn Avstrilning Dunay flotida yaqqol sezilmoqda. G‘arbiy YEvropaning daryo transportini Shimoliy amerikaning yuksak darjada manapolillashgan daryo transporti bilan solishtirb bo‘lmaydi. Shimoliy Amerikada ichki suv transporti temir yo‘l transporti biln juda qattiq ravishda raqobat olib boradi. Shuning uchun 40ming t. gacha bo‘lgan yuklarni daryo tashiy boshlashdi(bu AQShning sharqiy qismida bo‘lgan). Davlat transportining deyarli o‘rni yo‘q
MDX daryo transporti daryo va ko‘l yo‘llarining yaxshi tarmoqlangan kattta shaxobchalariga ega. Foydalaniladigon ichki suv yo‘llarning uzunligi 123,2 ming km Daryo yo‘llari shahobchalarini takomillashtirish oqibatida ichki suv yo‘llarining barcha yo‘nalishlarida , ayniqsa Rossiya YEvropa qismi havzalarida anchagina uzun chuqur suv yo‘llari barpo etildi. Qator gidrouzellar qurulishi sababli Volga (Tverdan Astroxongacha) kama (Salikamask shahridan daryo etagigacha) Dnepr (KiyevdanHar’kovgacha) chuqur suv yo‘llari magistilariga aylanadi.
Xavzalaro chuqur suv yo‘llarini birlashtiradigon Oq dengiz-Baltika, Maskva-Volga, VolgaDon, Volga-Baltika suv yo‘llari ichki suv yo‘llari shahobchalarning qiyofasini yaxshiladi. Bu yo‘llar yuksak texnikaviy jixozlaga ega bo‘lgan umumiy uzunligi 6,3 ming km.m yagon chuqursuv sistemasiga birlashtirilgan.
Volga-Baltika suv yo‘lining ishga tushirilishi muxum ahamiyatga egadir. Chunki uzunligi 361 km bo‘lgan dunyodagi eng katta sun’iy kema yo‘lidir(Suvaysh kanali-164 km, Panama-81km ). Bu kanal orqali 10minga yaqin kema20 mln. t. yuk tashiydi. Bu magistral 5ming t.yuk ko‘tariladigon va 4m gacha cho‘kadigon kemalarni o‘tkaza oladi.
Lena,YEnisey, Angara, Ob’, Irtim, Amur daryolarida ham daryo transporti tashkil etilgan.
“Volga-Don “ namli quruq yuk tashiydigon kema 5ming t. yukni transportirovka oladi.
Daryo transportida tashiladigon yuklar va yuk oborotining aksari qimini Volga-Kama, G‘arbiy Sibir Shimoliy-G‘arbiy suv transporti havzalarining kemachilar bajaradi. Ob’ daryosi va uning irmoqlari 2-o‘rinda; Shimoliy Divina va uning irmoqlari 3-o‘rinda,Dnepr-4o‘rinda turadi.
Yo‘lovchi asosan Volga-Kama havzasida bo‘lib Maskvadan –Astraxonagacha tashiydi. Yo‘lovchi tashish kamayib bormoqda.
O‘zbekiston suv transporti rayonlararo xalq xo‘jaligi yuklarini tashish hamda Avaniston va boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalar uchun xizmat qiladi.
Yuklar asosan Amudaryoda tashiladi Amudaryoda kemalar Panj (Tojikiston)dan Mo‘ynoqqacha qatnaydi,keingi yilarda o‘rta xisobda1,5mln.t. dan ortiqxalq xujaligi yuklarisuv transportida tashilmoqda.

Download 6,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish