Informatsion texnologiyalar: web-sahifalar



Download 1,95 Mb.
bet6/59
Sana05.07.2022
Hajmi1,95 Mb.
#740302
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
Ayupov R qollanma uzl 025ce

file://C:\ Mening sahifam\Start.htm
Manzillarni yozishning ushbu uchchala usuli ham brouzer tomonidan xech qanday muammolarsiz taniladi, chunki uning dasturi yozilgan man- zillar qatoridan faqatgina foydali va kerakli ma’lumotlarni tanlab oladigan holda tuzilgan. Faylni muloqot rejimida ochish uchun Fayl ning Otkrit buyrug‘ini ishlatish kerak bo‘ladi. Fayllarni qidirish uchun vaqt ketkizmas- lik maqsadida Web-sahifalar uchun ish stolida belgi (yarlik) lar hosil qilib qo‘yish mumkin. Buning uchun quyidagi ishlarni bajarish kerak bo‘ladi:

  • kerakli faylni tanlang va unda sichqonchaning o‘ng tugmachasini turting;

  • hosil bo‘lgan kontekst menyudan Sozdat yarlik buyrug‘ini tanlang;

  • papkada hosil bo‘lgan belgi (yarlik)ni ish stoliga tortib, o‘tkazing;

  • keyinchalik brouzerni ishga tushirish hamda unda hujjatni ochish uchun ushbu belgi (yarlik)da ikki marta turting.

Belgi (yarlik)li Web-sahifalar yordamida internetdan yoki lokal resurslardan foydalanishni ancha engillashtirish mumkin. Biror-bir mavzuga oid belgi (yarlik)lar to‘plangan bunday sahifalar Tanlangan (Izbrannie) papkasiga o‘xshab qiziq va foydali Web-sahifalarga ilovalarni yig‘ish va ularni tezkorlik bilan topish hamda ishga tushirish imkonini beradi. Tanlangan sahifalar uchun bir qancha papkalar ham hosil qilish mum- kin. Buning uchun Izbrannie – Uporyadochit izbrannoe buyruqlarini tanlab, hosil bo‘lgan muloqot darchasida Sozdat papku tugmachasini turtish kerak. Ushbu yangi papkaga nom berilganidan so‘ng, asosiy


papkadagi belgi (yarlik)larni unga tortib kelish mumkin bo‘ladi. Keyinchalik, Izbrannoe papkasiga kirilganida, undagi papkalar “sich- qoncha” bilan turtilganda ochiladi. Izbrannie papkasi hujjatlarning o‘zini emas, balki ularga bo‘lgan ilovalarni saqlaydi, xolos. Ko‘rib chiqilgan hujjatlarni saqlashning bir qancha buyruqlari mavjud. Ulardan biri Fayl – Soxranit kak buyrug‘i bo‘lib, u foydalanuvchi tomonidan tanlangan papkaga joriy Web-hujjatni nusxalashtirish imkonini beradi. Bunda nafaqat joriy Web-hujjat, balki rasmlar ham nusxalanadi. Biror- bir rasmni saqlash uchun unda sichqonchaning o‘ng tugmachasini turtib, hosil bo‘lgan kontekst menyudan Soxranit risunok kak buyrug‘ini tanlash kerak bo‘ladi. HTML-kodlarni ko‘rish vositalari hujjatni saqlash va uni o‘zgartirishga imkon beradilar. Masalan, Fayl Pravit v Microsoft Front Page buyrug‘i brouzer xususiyatlari darchasida tanlangan gipermatn muxaririni o‘rnatishga yordam beradi. Vid V vide HTML buyrug‘i esa tanlangan sahifani Bloknotda ochishga imkon beradi. Sahifalarni manba rejimida tahrir qilish juda qulay, chunki bunda kiritilgan o‘zgartirish- larning natijalarini darhol ko‘rish mumkin. Buning uchun sahifaning o‘zgartirilgan kodlarini matn redaktorida saqlagandan so‘ng, brouzer- dagi Obnovit tugmachasini bosish kerak. Sahifalarni ko‘rish jarayonida ko‘pincha shriftlar bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ladi. Agarda hujjatdagi shrift juda mayda yoki juda katta bo‘lsa, uni kattalashtirish yoki kichiklashtirish uchun Vid – Razmer shrifta buyrug‘ini ishlatish kerak. Brouzerni sozlash uchun ishlatiladigan asosiy uskunalar Servis menyusidagi Svoystva obozrevatelya oynasida to‘plangan. HTML- sahifalarni ko‘rib chiqishga bir necha ko‘rsatkichlar ta’sir qiladi. Ularni Obshchie tugmachasi yordamida o‘zgartirish mumkin (Tsveta, Shrifti, Yaziki va Oformlenie). Sahifalarda qanday shriftlar, kodirovkalar ish- latilishini, matnning rangini, ko‘rilgan va ko‘rilmagan giperilovalar ranglarini ham tanlash imkoniyati mavjud. Ushbu tugmacha orqali kesh ko‘rsatkichlarini ham sozlash mumkin (Vremennie fayli Interneta guruhidagi Nastroyka tugmachasi). Dopolnitelno tugmachasi yordami- da sahifada rasmlar va multimedia komponentlar ko‘rsatilmasligiga eri- shish mumkin. Programmi tugmachasi orqali esa brouzer bilan birgalikda ishlatiladigan amaliy programmalarni tanlab olish mumkin. Masalan, HTML-redaktorni, elektron pochta programmasini va hakozolarni.
  1. bob. GIPERMATNLARNI BELGILASH DASTURIY TILI SINTAKSISI


Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish