ODAM TANASINING RAZMER TIPOLOGIYASI VA RAZMER STANDARTLARI. GAVDA TUZILISHI HAQIDA QISQACHA MA`LUMOTLAR, PLASTIK ANATOMIYA
REJA
Gavda tuzilishi xaqida qisqacha ma`lumot
Antropometriya, erkaklar va bolalar razmer tiplogiyasi
Plastik anatomiya
Tana proporsiyasi turlari
Andom turlari Antropometrik nuqtalar
Tana o`lchamlari turlari
Odam gavdasining razmerlari tasnifi
ADABIYOTLAR :
Rogova L.P. Erkaklar va bolalar ustki kiyimini konstruksiyalash asoslari. T., 1988 y
Pulatova S.U. Kiyimni konstruksiyalash asoslari. T., 2001
A n a t o m i ya - kishi organizmi; ayrim organlar va sistemalarning tuzilishi hamda shakllari haqidagi fan. Anatomiya morfologiyaning bir qismi hisoblanadi.
M o r f o l o g i ya -, inson tanasining tuzilishi haqidagi ta`limot, ya`ni antropologiya fanining bir qismi hisoblanadi. kishi organizmining shaxsiy o`zgaruvchanligi,gavda o`lchamlari va proporsiyalarining yoshga qarab o`zgarishi hamda organizm ayrim qismlarining o`zgaruvchanligi qonuniyatlari haqidagi fan.
Rasm 1. Odam tanasining skeleti
P l a s t i k a n a t o m i ya – kishi gavdasining tashqi shaklsi qad-qomatni o`rganadi. Gavda odatda tana, bo`yin, bosh qo`llar va oyoqlar degan bo`limlarga bo`lib o`rganiladi.
Odam skeleti kalla suyagi (1-rasm, a,b), tana suyaklari 2, qo`l va oyoq 4 suyaklaridan tashkil topgan. Odamning umurtqa pog`onasi (1-rasm, в) S-simon, egri bo`ladi: umurtqa pog`onasi bo`yin, I) va bel, III) qismlarida egrilik chizig`i - oldinga, ko`krak, II) va bel, IV) qismlarida esa orqaga yo`nalgan. Umurtqa pog`onasining egrilik darajasi odamning qaddi-qomatini belgilaydi.
Qo`l skeleti deganda, yelka kamari, kuraklar va umrovlar) hamda qo`llarning erkin suyaklari jumlasiga yelka, tirsak va bilak hamda kaft suyaklari kiradi. Yelka suyagi tik vaziyatda joylashgan yoki bir oz orqaga yo oldinga og`gan bo`lishi mumkin. Yelka suyagi bilan tirsak hamda bilak suyaklari birlashgan joyda burchak hosil bo`ladi, u yengning shaklsiga ta`sir etadi.
Oyoqlar skeleti tos kamari va oyoqlarning erkin suyaklari jumlasiga yonbosh ,son) suyagi, katta va kichik boldir suyaklari hamda tovon suyaklari kiradi.
Oyoqlarning shaklsi yonbosh yoki bilak boldir yokining bir-biriga nisbatan qanday joylashganligiga qarab, normal, 3,2-rasm,a), X-simon, 2-rasm, b) O-simon, ya`ni xomutsimon, 2-rasm,v) va sirkulsimon, 2-rasm, g) bo`lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |