Web-sahifalarda ramzlarni kodlashtirish Internetda faoliyat ko‘rsatishning asosiy ishchi tili ingliz tilidir. Lekin gipermatnli hujjatlar uchun turli xil milliy alfavitlarning ishlati- lishi ham ko‘zda tutilgan. Ma’lumotlar ko‘rsatilishining standart tartibi ISO Latin 1 (ISO 8859-1)bo‘lib, u MS DOS va Windows ga mos tushadi. Shuning uchun HTML-kodlarini ko‘rish va tahrirlash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan dasturlar turkumi ko‘p. Undan tashqari, brouzerlar Unicode 2.0 (ISO 10646) ramzlarini ham qabul qila oladilar va bu hol milliy alfavitlarni ishlatish imkonini yaratadi. Ramzlar bir baytli (0 dan 255 gacha bo‘lgan kodlar) va ikki baytli (0 dan 65535gacha bo‘lgan kodlar) sonlar bilan kodlashtirila oladilar. Birinchi holda milliy alfavitning ishlatila olishi uchun charset atributi zarur bo‘ladi (yuqorida keltirilgan dastur listingining ettinchi qatori oxiriga qaralsin). Internet Explorer dagi Vid menyusining Vid kodirovki buyrug‘ini ochilsa, kompyuterda qanday kod sahifalari ishlatilishi mumkinligi haqida ma’lumotlarni ko‘rish mumkin. Agarda Web-sahifa uchun kod sahifasi va aniq shriftlar ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda brouzer shriftlarni
o‘zi tanlab oladi. Agarda sahifa internetdan yuklansa, brouzer sahifa matnini tahlil qilib, kerakli kodirovkani tanlashga harakat qiladi. Agar u bu ishni noto‘gri amalga oshirsa, u holda foydalanuvchi Vidkodirovki menyusidan foydalangan holda xatoni to‘grilashi mumkin. Agarda hujjatda biror-bir kodlashtirish sahifasiga ko‘rsatma mavjud bo‘lsa, u holda kerakli shriftning tanlanishi avtomatik ravishda xal bo‘ladi. Ko‘pchilik brouzerlar turli xil milliy alfavitlarda ishlash imkonini yaratadilar. Programmaviy ta’minotni installatsiya qilish (o‘rnatish) jarayonida kerakli shriftlar ham avtomatik ravishda o‘rnatiladi.
Gipermatn hujjatlarni MSWORD va FrontPage da yaratilayotganda sahifa matniga avtomatik ravishda charset=xxxxx buyrug‘i qo‘shiladi va bu holat kirill alfavitini ishlatishga imkon bermaydi. Bunda atributning to‘gri kattaligini ko‘rsatish kerak bo‘ladi, ya’ni charset= windows-1251. Agarda hujjatda Unicode kodirovkasi ishlatilsa, u holda Bloknot, NortonCommanderyoki WordPadkabi tahrirlagichlarni HTML kodlarni kiritish uchun ishlatish mumkin bo‘lmaydi. Bunda faqat gipermatn tahrirlagichnigi- na ishlatish mumkin bo‘ladi. HTML dasturiy tilida va brouzerlarda ramzlarni ularning kodlari orqali kiritish imkoniyati ko‘zda tutilgan. Ramzlar klaviaturadan kiritiladigan, nostandart va HTML tomonidan ishchi ramzlar sifatida ishlatiladigan bo‘lishi mumkin. Ularning barchasini maxsus ramzlar deb ataladi. Maxsus ramzlarni kiritishning birinchi usuli uning ra- qamli kodini ko‘rsatish, ikkinchisi ramzning mnemonik kodini ko‘rsatishdir. Ramz kodini matnning boshqa qismidan ajratish uchun nuqtali vergul belgisi ishlatiladi. Quyidagi jadvalda maxsus ramzlar va ularning turli xil kodlari keltirilgan.
Maxsus ramzlar