Mavzu: Axborotlarni o’lchov birliklari
Reja:
-
Axborotni kompyuterda tasvirlash.
-
Axborotni kodlash. To’ldirish kod. Teskari kod. Modifikatsiyalashgan kod
-
Axborot hajmi va uning o’lchov birliklari
Tayanch iboralar: Axborot o’lchov birliklari, kodlash, bayt, kilobayt, megobayt, gigobayt
Axborotni kompyuterda tasvirlash
Kompyuter fakat sonli ko’rinishda ifodalangan axborotni kayta ishlay oladi. Shuning uchun kompyuterda kayta ishlanishi lozim bo’lgan axborotni sonli ko’rinishda tasvirlash kerak. Boshlangich ma‘lumot kompyuterga kiritilishi jarayonida har bir rakamga, harfga va belgiga ma‘lum bir son mos quyiladi. Kelgusida kompyuterga ishlatiladigan barcha harflarni, rakamlarni va belgilarni kiskarok belgi yoki simvol deb ishlatamiz. Belgilar bilan ularga mos quyiladigan sonlar orasida moslik o’rnatish belgilarni kodlash deyiladi.
Kompyuterda barcha belgilar 0 va 1 rakamlari yordamida kodlanadi. Bunday kodlash ikkili kodlash deyiladi. 0 va 1 rakamlari bitlar deb ataladi. Bu atama quyidagi ingliz so’zlarida kelib chikkan: binary digit – ikkilik rakamlar. Har bir belgi 8 ta 0 va 1 lar ketma-ketligi ko’rinishida kodlanadi. Masaslan, katta A harfining kodi, 9 rakamining kodi, + va ) belgilarining kodi quyidagicha.
А - 01000001 + - 00101011
9 - 00110011 ) - 00101001
Axborotni kodlash
EHMda operatsiyalar bajarish uchun sonlar maxsus mashina kodlari bilan kodlanadi.
EHMning arifmetik mantiqiy qurilma (AMQ) si sonlarni uzluksiz ayirish va qo’shish operatsiyalarini qisqartirish maqsadida to’g’ri, to’ldirish va teskari kodlar ishlatiladi.
To’g’ri kod. Sonlarni absolyut ahamiyatini mos keluvchi belgi asosi: musbat va manfiy
ikkilik sonni to’g’ri kodlash formulasi quyidagi ko’rinishga ega:
(1)
Masalan: 1. ва 2. sonlari to’g’ri kodda quyidagi ko’rinishga ega.
1. uchun
2. uchun
(1) formuladan ko’rish mumkinki, nol to’g’ri kodda manfiy va musbat bo’lishi mumkin:
To’g’ri kod xotira qurilmasida sonlarni saqlash uchun, kiritish va chiqarish qurilmalarida shuningdek, ko’paytirish amalini bajarishda qo’llaniladi.
To’ldirish kod. A sonini ikkilik sanoq tizimsida to’ldirish kod formulasi quyidagi ko’rinishga ega:
(2)
Masalan: А-0,101010 ;
Атo’л10(-0,101010)1,010110
(2) formuladan ko’rinib turibdiki, musbat sonning to’ldirish kodi to’g’ri kodning son tasviri bilan mos tushadi.
A sonini to’ldirish kodi bilan tenglashtirilganda quyidagi qoidani olish mumkin: Manfiy sonni to’ldirish kodda yozish uchun, shu sonning belgili razryadini o’rniga 1 sonini qo’yiladi, sonli razryadlar o’rniga esa 0 o’rniga 1, 1ni o’rniga 0 qo’yiladi va olingan natijaga kichkina razryaddagi birni qo’shish kerak.
Masalan: А-0,0101 ;
Атo’л1,10100,0001)1,1011
Manfiy sonli to’ldirish kodni to’g’ri kodga aylantirish uchun, shu sonni sonli razryadida nollarni birlarga va birlarni nollarga almashtirib, ulardan olingan natijaga kichik razryaddagi birni qo’shish kerak.
To’ldirish kodda manfiy nol mavjud emas.
Teskari kod. Teskari kod formulasi quyidagi ko’rinishga ega.
(3)
Masalan: А-0,100110 ;
Аtes10-0,100110-0,0000011,011001
A manfiy sonini shu sonning teskari kodi Ates bilan tenglashtirilganda quyidagi koidani olish mumkin: Manfiy sonni teskari kodda yozish uchun, shu sonning belgili razryadida 1 qo’yiladi, sonli razryadida esa nollarni birga, birlarni nolga almashtiriladi.
Teskari kodda nol bir xil ko’rinishga ega emas.
А=+0,00...00; Атес=0,00...00;
А=-0,00...00; Атес=1,11...11;
Musbat sonni teskari kodi to’g’ri koddagi son ko’rinishi bilan mos keladi.
Modifikatsiyalashgan kod. Ular razryadlari setkani to’ldirishni ko’rsatishga o’ng bo’lib, sonlar qo’shilishida chiqadi. Bu kodlar oddiy mashina kodlaridan shunisi bilan farq qiladiki, belgini ko’rinishiga ikkita razryad olib boriladi: musbat-ikkita nol, manfiy-ikkita bir ko’rinishiga ega.
Ikkilik sanoq tizimsini to’g’ri, to’ldirish va teskari modifikatsiyalashgan kod Holatiga keltirish uchun yuqorida qayd qilingan qoidalar ishlatiladi.
Masalan: А10,1101101 ва А2-0,1101101
Sonlarni berilgan kodlarga aylantirish uchun EHMga son kiritilgandagidek operatsiyani bajarishda ham avtomatik ravishda amalga oshadi.
2. Axborot hajmi va uning o`lchov birliklari
Sakkizta 0 va 1 larning ketam-ketligi bir bayt deyiladi. Demak, har bir belgi bayt 8 bitga barobar. Berilgan ma‘lumotdagi belgilar sonini sanab, ma‘lumotning axborot xajmi tushunchasini kiritish mumkin. Masalan, “Hisoblash texnikasi fani” degan ma‘lumotning axborot xajmi 23 ta baytdan iborat.
Bit va bayt bilan birga ulardan kattarok axborotning quyidagi o’lchov birliklari ham mavjud.
1 Kilobayt = 210 bayt = 1024 bayt ≈ ming bayt
1 Megobayt = 2 20 bayt = 1024 x 1024 bayt ≈ million baytdan ko’prok
1 Gigobayt = 2 30 bayt= 1024 x1024x1024bayt ≈ milliard baytdan ko’prok.
Nazorat savollari
-
Axborotni ikkili kodlash deganda nimani tushinasiz?
-
Bit nima?
-
Axborotning qanday o’lchov birliklarini bilasiz?
-
Bitta belgi yoki harfning axborot xajmi necha bayt bo’ladi?
-
Eng katta axborot o’lchov birligi qanday ataladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |