Kataloglar daraxtini, ya‘ni ichma-ich joylashgan kataloglar haqida ma‘lumotlar olish uchun uskunalar panelidan “Древо” bandi tanlanib “sichqoncha” chap tugmasi bosiladi. Kataloglar ichida biror faylni shu rejimda qidirishi lozim bo’lsa, kataloglar daraxtidan “быстрый поиск” maydonida fayl nomi beriladi. Fayl yoki kataloglarni nushasini olish (ko’chirish) [F5] (копия) buyrug’i qo’llaniladi. Buyruq sichqoncha tugmasi ko’rsatkichini [F5] (копия) belgisini keltirilib bosish yordamida amalga oshiriladi. Dastlab kchirilishi lozim blgan fayl va kataloglar ajratilgan foydalanuvchi ko’chirilayotgan manzil (disk yoki katalog) ko’rsatiladi aks holda ikkinchi darajali nushalanadi. Fayl mazmunini krish uchun [F3]- Просмотр tugmasi ustiga ko’rsatkich keltirilib «sichqoncha» chap tugmasi bosiladi. Dastlab kerakli fayl ajratilgan blishi kerak. NC farqli ularoq, WINDOWS COMMANDER da rasmli yoki matnli faylning mazmunini ko’rish mumkin. Bu holda ko’rsatkich ekranda ko’rinmaydi.
Faylni taxrir qilish uchun [F4]-(правка) tugmasidan foydalaniladi. Bu holda ko’rsatkich ekranda paydo bo’ladi, kerakli taxrir qilishlardan sung faylni yana xotirada saqlash mumkin. Faylni va katalogni qayta nomlash yoki boshqa joyga ko’chirish uchun [F6]- Перемещения tugmasidan foydalananiladi. Bu holda ekranning o’rta qismida fayl (katalog) ning yangi nomi chiqaraladi.
Yangi katalog yaratish uchun [F7]- СоздКат tugmasidan foydalaniladi.
Создат новый каталог maydonida katalogga nom berib OK buyrug’i ustida “sichqoncha” tugmasi bosiladi.
Keraksiz katalogni yoki faylni o’chirish uchun [F8]- Удалить tugmachasidan foydlaniladi. O’chirilayotgan fayl yoki katalog o’chirilishini tasdiqlash uchun [Да] tugmasidan “sichqoncha” ko’rsatkichi keltirilib bosiladi. O’chirishni bekor qilish uchun Отмена yoki Нет buyrug’i beriladi.
WINDOWS COMMANDER dasturidan chiqish uchun klaviaturadan[Alt]+[F4] tugmalari birgalikda bosiladi.
Nazorat savollari
-
Windows OT ishga tushirish bosqichlarini sanab bering
-
NC dasturidan Windows OT iga qanday o’tiladi?
-
Windows tizimida kompyuter taprmog’iga qo’shilish uchun nima ishlar qilish kerak?
-
Windows ishchi stoli deganda nimani tushinasiz?
-
Ishchi stolga qaysi ob‘ektlar kiradi?
-
Windows OT ishi qanday tugatiladi?
-
Windows OT ishi klaviatura yordamida qanday tugatiladi?
Mavzu: Matn muharrirlari. Matn muharrirlarining turlari, asosiy vazifalari va qo’llanilishi
Reja:
1. Matn muharrirlari.
2. WINDOWS tarkibidagi matn muharrirlari
3. Microsoft Office tarkibidagi matn muharriri
WINDOWS tarkibidagi matn muharrirlari
Standart dasturlar WINDOWS tarkibidagi (birgalikda beriladigan) dasturlardir. Bu dasturlar yordamida biz har xil asosiy ammallarni bajarishimiz mumkin (matn yozish, rasm chizish, musika eshitish, video ko’rish, hisob kitob qilish, uyin uynash va xoqazo). Bu dasturlarning kamchiligi bor - shu dasturlar yordamida sodda fayllarni yaratishimiz va dasturlar yordamida tashqi qurilmalarning kam imkoniyatlaridan foydalanishimiz. Endi shu bo’limlar bilan yaqinroq tanishini boshlaymiz. Bosh menyuning PROGRAMM bo’limi yordamida kompyuterimizga o’rnatilgan dasturlar ro’yxatini ko’rishimiz va ularni ishga tushirishimiz mumkin. Bu bo’lim ichidagi dasturlar va ular guruhlar ro’yxatida СТАНДАРТНЫЕ nomli dasturlar guruhi joylashadi.
SHu dasturlardan birinchi tanishadigan dastur bu -BLOKNOT (NotePad) dasturi. Uning yordamida eng sodda matnli (txt va wri kengeytmali) fayllarni yaratishimiz va taxrirlashimiz mumkin. Bu dasturda hamma matnlar yoziladi, rasm va jadvallar bilan ishlash imkoniyatlar yo’q.
7-rasm
Bu dasturni ishga tushurish uchun biz sichqoncha yordamida ПУСК tugmasini bosamiz, keyin ПРОГРАММЫ bo’limini tanlaymiz. Shu bo’limdagi СТАНДАРТНЫЕ guruhini topib ichidagi БЛОКНОТ nomli dasturni ishga tushiramiz.
Dastur ishga tushgach ekranda standart dastur oynasini ko’ramiz (7-rasm). Uning asosiy ish sohasi oq varaqga o’xshash bo’lib unda qora chiziqcha -kursor joylashadi. Bu kursor turgan joyda matn paydo bo’ladi. Kursorni joyilashinishini o’zgartirish uchun klaviaturadagi ko’rsatgichlardan foydalanamiz.
Yozilgan matnli faylni saqlash uchun sichqoncha bilan menyuning ФАЙЛ bo’limini tanlab ichidagi СОХРАНИТЬ buyrug’ini tanlaymiz. Natijada СОХРАНЕНИЕ ДОКУМЕНТА oynasi paydo bo’ladi (8-rasm). Bu oyna orqali fayl saqlanishi kerak bo’lgan papka ichiga kirib oynaning pastki qismida joylashgan ИМЯ ФАЙЛА satriga saqlanayotgan faylning nomini yozamiz va СОХРАНИТЬ tugmasini bosamiz.
8-rasm
Qaysidir matnli faylni taxrirlash yoki ko’rish uchun ochmoqchi bo’lsak u holda sichqoncha bilan menyuning ФАЙЛ bo’limini tanlab ichidagi ОТКРЫТЬ buyrug’ini tanlaymiz. Natijada saqlashda chiqqan oynaga o’xshash ОТКРЫТИЕ ДОКУМЕНТА nomli oyna hosil qilinadi. Shu oyna orqali biz kerakli faylni topib, uni tanlab ОТКРЫТЬ tugmasini bosamiz.
Matnli faylni bosmaga (printerga) chiqarmoqchi bo’lsak sichqoncha bilan menyuning ФАЙЛ bo’limini tanlab ichidagi ПЕЧАТЬ buyrug’ini tanlaymiz.
СТАНДАРТ dasturlarning boshqasi bu - WORD PAD dasturi. Uning yordamida esa murakkabroq (.doc, .txt, .wri, .rtf kengaytmali) matnli fayllarni yaratishimiz mumkin. Bu dasturda matn har xil harflar shrifti (shaqli), har xil razmerida (kattalikda) va har xil ko’rinishida yoziladi, rasmlar bilan ishlash imkoniyat bor. Lekin jadvallar bilan ishlash imkoniyati yo’q.
Bu dasturni ishga tushirish uchun biz sichqoncha yordamida ПУСК tugmasini bosamiz, keyin ПРОГРАММЫ bo’limini tanlaymiz. Shu bo’limdagi СТАНДАРТНЫЕ guruhini topib ichidagi WORDPAD nomli dasturni ishga tushiramiz (9-rasm). Dastur ishga tushgach ekranda standart dastur oynasini ko’ramiz. Dastur oynasi qo’yidagi qismlardan iborat: NOM SATRI (dastur belgisi, fayl nomi, dastur nomi va oynaning uchta asosiy tugmalarini ko’rsatadi), menyu satri (dasturning asosiy buyruqlar joylashgan menyu), YORDAMCHI QUROLLAR TUGMALARI SATRI (yordamchi qurollar tugmalari joylashgan), ISH SOHASI (oq varaq), MA‘LUMOTLAR SATRI (qo’shimcha ma‘lumotlar).
9-rasm
Bu dasturda ishlash uchun biz yordamchi qurollar bilan yaqinroq tanishimiz kerak. Ular ishlash holatlari bo’yicha guruhlarga bo’lingan.
СТАНДАРТНАЯ
Создать - New (Ctrl+N) - Yangi matnli faylni yaratish
Открыть - Open (Ctrl+O) - Eski faylni taxrirlash (o’zgartirish) uchun ochish
Сохранить - Save (Ctrl+S) - Faylni qilingan o’zgarishlar bilan saqlash
Печатать - Print (Ctrl+P) - Mantli faylni pechatlash (bosmaga chiqarish)
Предварительный просмотр - View - Fayl tayyor holatini ko’rish.
Поиск - Find (Ctrl+F) - Butun matnda matn qismni qidirish
Вырезать -Cut (Ctrl+X) - Tanlangan matn qismini xotiraga qirqib olish
Копировать - Copy (Ctrl+C) - Tanlangan matn qismini xotiraga nusxasini olish
Вставить - Paste (Ctrl+V) - Kursor turgan joyga xotiradagi matn qismini qo’yish
Отмена - Undo (Ctrl+Z) - Oxirgi harakatni bekor qilish
Дата и время - Date - Matn ichiga vaqt va kun haqida ma‘lumotni qo’shish.
ФОРМАТИРОВАНИЕ
Шрифт - Font - Harflar shaqlini (shriftini) o’zgartirish
Размер - Size - Harflar kattaligini o’zgartirish
Жирный - Bold (Ctrl+B) - Kalin (yo’g’on) harflar holatiga o’tish
Курсив - Italik (Ctrl+I) - Qiyshiq (yotiq) harflar holatiga o’tish
Подчеркнутый - Underline (Ctrl+U) - osti chiziqli harflar holatiga o’tish
Центрировать слева - To left (Ctrl+L) - Matnni varaqning chap tomoni bo’yicha to’g’rilash
Центрировать по центру - To center (Ctrl+E) - Matnni varaqning o’rtasi bo’yicha to’g’rilash
Центрировать справа - To right (Ctrl+R) - Matnni varaqning o’ng tomoni bo’yicha to’g’rilash
Цвет - Color - Harflar rangini o’zgartirish
Маркированный список - List - Belgili ro’yxat ko’rinishiga utkazish.
Bu dastur imkoniyatlaridan to’liq foydalanmoqchi bo’lsangiz u holda dasturning menyusi bilan tanishimiz kerak. Menyudagi buyruqlar ham tugmalarga o’xshab saralanib guruhlarga bo’lingan.
ФАЙЛ menyusi
Создать - New (Ctrl + N) - Yangi matnli faylni yaratish
Открыть - Open (Ctrl + O) - Eski faylni taxrirlash (o’zgartirish) uchun ochish
Сохранить - Save (Ctrl + S) - Faylni qilingan o’zgarishlar bilan saqlash
Сохранить как - Save as - Faylni qilingan o’zgarishlar bilan yangi nom ostida saqlash
Печать -Print (Ctrl + P) - Matnli faylni pechatlash (bosmaga chiqarish)
Предварительный просмотр - View - Fayl tayyor holatini ko’rish.
Макет страницы - Page setup - Varaq xususiyatlarini (razmeri, matn chegaralarini kolontitullarini va xokazo) ko’rish va o’zgartirish
ПРАВКА menyusi
Отмена - Undo (Ctrl + Z) - Oxirgi harakatni bekor qilish
Вырезать -Cut (Ctrl + X) - Tanlangan matn qismini xotiraga qirqib olish
Копировать - Copy (Ctrl + C) - Tanlangan matn qismini xotiraga nusxasini olish
Вставить - Paste (Ctrl + V) - Kursor turgan joyga xotiradagi matn qismini qo’yish
Специальная вставка - Xotiradagi ma‘lumotlarni biz tanlagan holatda qo’yish.
Очистить (Del) - Tanlangan sohani tozalash (o’chirish)
Выделить все (Ctrl + A) - Butun mantni guruhga olish
Найти - Find (Ctrl + F) - Butun matnda matn qismni qidirish
Найти далее (F3) - Keyingini qidirish
Заменить (Ctrl + H) - Matn bir qismini boshqasi bilan almashtirish
Свойства объекта (Alt+Enter) - Tanlangan ob‘ekt xususiyatlarini ko’rish va o’zgartirish
ВИД menyusi
Панель инструментов - Asosiy yordamchi qurollar satrini ekranga chiqarish
Панель форматирования - Mant ustidan amallar bajaruvchi yordamchi qurollar satrini ekranga chiqarish
Линейка - Ekranda chizgich ko’rinishini taminlash
Панель состояния - Ma‘lumotlar satrini ko’rinishini taminlash
Параметры - Matn saqlash xususiyatlarini o’zgartirish
ВСТАВКА menyusi
Дата и время - Matnga vaqt va kun haqida ma‘lumotlarni qo’shish
Объект - Matnga har xil ob‘ektlarni qo’shish
ФОРМАТ menyusi
Шрифт - Harflar xususiyatlarini o’zgartirish
Маркер - Ro’yxat xususiyatlarini o’zgartirish
Абзац - Abzats xususiyatlarini o’zgartirish
Табуляция - Tab tugma xususiyatlarini o’zgartirish
Do'stlaringiz bilan baham: |