Power Point ning asosiy xususiyatlari va elementlari Ekranda axborotlarni ifodalash PowerPoint foydalanuvchiga ishlash va axborotlarni har xil ko’rinishlarini tomosha qilish (ko’rish) imkoniyatini beradi. Bajarayotgan ishingizga karab - matn kiritib uning tarkibini ko’rishni xoxlaymizmi yoki slaydga grafika joylaymizmi - mos ko’rinishni hosil qilib ishlash uchun qulaylik yaratish mumkin bo’ladi. Dastur bosh oynasining quyi qismidagi tugmachalardan birini bosib 4-ta ko’rinishlar bilan tanishish mumkin (bu ko’rinishlarni Вид menyusi orqali ham o’rnatish mumkin, 13-расм).
13-rasm
Slaydlarni saralovchi qiyofasi slaydlarni ekrandagi muddatli boshlash uchun juda qulaydir. Bundan tashkari bu rejimda slaydlarni urnini almashtirish mumkin.
Slayda rasmlar joylashtirish
Power Point da rasmlar chizish uchun Рисование panelidan foydalaniladi (14-rasm). Agar sichqoncha ko’rsatkichini istagan asboblar paneliga tugirlab, ung tomonidagi tugmachani bossak, u ekranda aks etadi.
Power Point dagi asosiy rasm chizish usullari quyidagicha:
- qandaydir shaqlni chizish uchun asboblar panelidan kerakli tugmachani bosib rasm chizish asboblari tanlab olinadi;
- bir xil bir necha ob‘ektlarni chizish uchun yoki tayyor ob‘ektlar ustida bir xil ammalarni bajarish uchun sichqoncha chap tugmasi ikki marta bosiladi;
- hosil kilingan shaql ustida qandaydir amal bajarish uchun, avval uni koraytirish kerak (sichqoncha bilan belgilab);
- boshqa ob‘ektlar bilan butunlay yoki qisman tusilgan ob‘ektni koraytirish uchun birinchi plandagi ob‘ekt koraytiriladi, sungra (Tab) tugmacha bosib turiladi;
- ellips asbobi bilan aylana, Pryamougolnik bilan kvadrat, Duga bilan aylana dugasini chizish uchun rasm chizish jarayonida (Shift) tugmachasini bosib turish kerak;
- Liniya asbobi bilan chizilgan Chiziq gorizontal yoki vertikal bo’lishi uchun (Shift) tugmachasini bosilgan holda ushlab turiladi;
- birorta ob‘ektlarni koraytirish uchun (Shift) ni bosilgan holda ushlab turib sichqoncha bilan ketma-ket chikillatiladi. Barcha ob‘ektlarni koraytirish uchun (Ctrl + A) tugmachalari bosiladi.
14-rasm
Bu panel orqali hosil kilingan ob‘ektlarni har birining xossalari mavjud bo’lib, ular shu ob‘ekt ustiga kelib sichqonchaning ung tugmasini bosganda hosil bo’lgan menyudan Формат автофигуры qismini tanlaganda chikada va u orqali biz shu avtofigura uchun barcha xossalarni o’zgartirish imkoniga ega bulamiz. Slaydlarga rasmlarni joylashtirish uchun esa panelidagi Добавит картинку tugmasiga sichqoncha ko’rsatkichi olib borilib, bir marta bosiladi:
15-rasm
Ekranda quyidagi oyna hosil bo’ladi:
16-rasm
Bundan Коллекция картинок qismi tanlanib, hosil bo’lgan oyna orqali kerakli rasmni quyish mumkin (17-rasm).
17-rasm
PowerPoint ning grafiklar kutubxonasi ClipArt Gallery dan rasmlarni quyishda foydalanish mumkin. PowerPoint rasmlar kategoriyalarga bulinadi. ClipArt Gallery kutubxonasidan quyilgan rasm slaydni ancha dikkatga sazovor qiladi. Rasmlar bilan birgalikda oldin boshqa dasturlar tomonidan yaratilgan illyustratsiyalar, shuningdek, skanerlangan fotosuratlarni ham joylashtirish mumkin. PowerPoint boshqa muharrirlardagi rasmlarni ham bemalol ekranga chiqaradi.
Agar uzimiz hosil qilgan yoki biror faylda turgan rasmni slaydga joylashtirmokchi bo’lsak, menyuning Вставка bo’limidan Рисунок bandi va bu banddan Из файла… qism bandi tanlanadi. Hosil bo’lgan oynadan kerakli faylni tanlab, sichqonchaning chap tugmasi ikki marta bosilsa, shu rasm matnda quyiladi.
PowerPoint da matnlarni kiritish.
Ajratilgan sohaga matn kiritish va matnli annotatsiyani kiritish urtasidagi asosiy farqi jarayonni qanday boshlashda bo’ladi. Slaydning asosiy qismiga matn kiritish uchun, ajratilgan sohaga sichqoncha tugmasini bosib kiritishni boshlash mumkin. Matnli annotatsiya yaratish uchun esa, asboblar oynasidan «Tekst» tugmasini tanlab, matnli blokni kiritish mumkin. Slaydni sharxlash uchun istagancha matnli bloklarni ko’yish, so’ngra esa ularni boshqa ob‘ektlar singari ko’chirish yeki joyini almashtirish mumkin. Slaydni izoxlar bilan tulib ketishini oldini olish mumkin, ya‘ni hamma izoxlarni bir slaydga tuplab, bu slaydni prezentatsiya vaqtida zaruriyat tugilgandagina ko’rsatish mumkin.
Matnli bloklarni qo’shish va unga matnli annotatsiyani kiritish uchun quyidagi kadamlar bajariladi:
Slaydlar rejimida matnli blok ko’yiladigan slaydga o’tish;
«Рисование» asboblar oynasidan «Текст» tugmasini bosish;
Sichqon ko’rsatkichini blok ko’yiladigan joyga qo’yib, sichqonning chap tugmasini bosiladi va uni, qo’yib yubormasdan ko’rsatkichni turtburchak hosil bulguncha tortiladi. Agar bir yeki ikki suzli kiska matn kiritish kerak bo’lsa, slaydning ichiga sichqon tugmasini bosiladi, bunda kichkina matn bloki hosil bo’ladi, ko’rsatilgan matnli blok sichqon ko’rsatkichini tortish natijasida hosil kilingan. Shundan sung annotatsiya matnini kiritish mumkin. Matnli annotatsiya yaratishni tugatish uchun slaydning ixtieriy joyiga yoki boshqa matnli blok kiritish uchun kaytib, «Tekst» tugmasiga sichqoncha tugmasini bosiladi.
Matnli annotatsiyani matnini kiritishdan oldin yoki kiritgandan keyin formatlash mumkin. Boshqa ilovalardagidek, PowerPoint da ham matnli blok ichidagi matnni formatlashda «Формат» menyusi buyruklaridan, «Формат» asboblar oynasi tugmalaridan yoki kontekstli menyudan foydalanish mumkin.
Ma‘lumki, mavjud matnni formatlash uchun avval uni belgilash kerak. Matnli blok ichidagi matnning bir qismini belgilash uchun sichqonni shu matn ustidan yuriting. To’lik matnli blokni belgilash uchun uning ramkasiga sichqon tugmasi bosiladi.
PowerPoint dasturi matnli bloklarni formatlash, ko’chirish va masshtablashda asosan qulay hisoblanadi. Masalan, matnli bloklarni slaydning ixtiyoriy joyiga ko’chirish mumkin, bunda u boshqa ob‘ektlarni ustidan tushib qolishi mumkin. Matnli blok o’lchamini katta va kichik matnlarni sigdirish uchun mos holda kattalashtirish yoki kichraytirish mumkin. Ramkaning ko’rinishini o’zgartirish, blokni buyash uchun PowerPoint da ancha katta tanlov imkoni mavjud. Blokni ko’chirish uchun, uning ramkasiga ikkita markeri orasiga ko’rsatkichni urnatiladi va kerakli joyga kuchiriladi. Matnli blok o’lchamini o’zgartirish uchun esa, uning markerlaridan birini kerakli yo’nalishga harakatlantirish kifoya. Elektron yoki 35 mm li prezentatsiyalar bo’lishidan kat‘iy nazar, jimlik koidasi bo’yicha, ekranga matnli blokning fakat matni chikariladi. Blokning o’zi esa uning ramkasi va rangi formatlanmagani uchun ko’rinmaydi. Ularni formatlash uchun esa, matnli blokni belgilab, «Рисование» asboblar oynasidan «Цвет заливки» yoki «Цвет линии» tugmalarini bosish kerak.
18-rasm
Shuningdek, ramkaga soya berish uchun «Тень» tugmasidan foydalanish mumkin. Matnli blok ramkasi stilini o’zgartirish uchun «Тип линии» va «Пунктир» tugmalarini ishlatish kerak. «Формат» menyusidagi «Цвета и линии» buyrugi ham xuddi «Цвет заливки» va «Цвет линии» larday ishlaydi, lekin ularning hammasi bir joyga yigilgan (18-rasm). Undagi zalivka ro’yxatidan buyash rangini, fon, uzor va tekstura ranglarini tanlash mumkin, «Тип» va «Стрелки» ro’yxatlaridan esa, Chiziq stilini tanlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |