#include
union BCD
{unsigned char bayt;
struct
{
unsigned char lo:4;
unsigned char hi:4;
} bin;
} bcd;
int main()
{
bcd.bayt=127;
cout<<”\n Katta yarim bayt : “<<(int)bcd.bin.hi;
cout<<”\n Kichik yarim bayt: “<<(int)bcd.bin.lo;
return 0;
}
Programma bosh funksiyasida bcd birlashmasining bayt o‘lchamida bayt maydoniga 127 qiymati beriladi va uning katta va kichik yarim baytlari chop etiladi.
Programma ishlashi natijasida ekranga quyidagi natijalar chiqadi:
Katta yarim bayt : 7
Kichik yarim bayt: 15
Masala. Haqiqiy turdagi sonning kompyuter xotirasidagi ichki ko‘rinishini chop qilish. Haqiqiy son float turida deb hisoblanadi va u xotirada 4 bayt joy egallaydi (1-ilovaga qarang). Qo‘yilgan masalani echish uchun birlashma xususiyatdan foydalaniladi, ya’ni xotiraning bitta adresiga haqiqiy son va belgilar massivi joylashtiriladi. Haqiqiy son xotiraga o‘qilib, belgilar massivining har bir elementining (baytining) ikkilik ko‘rinishi chop etiladi.
19-Mavzu. Informatikaga kirish
Insoniyatning rivojlanish tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bizni o‘rab turuvchi moddiy olamning asosiy tashkil etuvchilari bo‘lgan, modda va energiyaning inson hayotida muhim rol o‘ynaganligiga va keskin burilishlarga sabab bo‘lganligiga amin bo‘lamiz. Haqiqatan ham, modda va energiya inson va jamiyat rivojlanishida keskin burilish yasagan jahonshumul kashfiyotlardir. Ular o‘z zamonasining ilg‘or texnologayasi sifatida, hattoki jamiyatning muhim rivojlanish bosqichlarini xarakterlovchi davr nomlarida ham o‘z aksini topgan. Shu o‘rinda «tosh asri», «bronza asri», «elektrlashtirish asri», «atom-yadro energiyasi asri» kabi jamiyat rivojida beqiyos o‘rin tutgan davrlarni eslash mumkin.
Hozirgi davr esa, shak-shubhasiz, «Informatsiya» bilan va uni avtomatik ravishda qayta ishlash imkonini beruvchi informatsion va kompyuter texnologiyalarining jadal sur’atlar bilan rivojlanishida xarakterlanadi. Bu davrni bejiz informatsion shov-shuvlar asri deb atashmayapti. Bu fikrning tasdig‘i sifatida Internetni yodga olishning o‘zi kifoya bo‘lsa kerak. Adabiyotlarda «Modda», «Energiya» va «Informatsiya» moddiy olamning asosiy tashkil etuvchisi deb e’tirof etilmoqda. Sivilizatsiyaning hozirgi kundagi rivoji, insoniyatning industrial jamiyatdan Informatsion jamiyat sari intilmoqda deyishga asos bo‘la oladi.
Elektron hisoblash mashinasining yaratilishi ham insoniyatning rivojlanish tarixida erishilgan eng yuksak kashfiyotlar sirasiga kiradi. Hozirgi kunga kelib kompyuter va global tarmoq, butun dunyo bo‘yicha yig‘ilgan misli ko‘rilmagan katta hajmdagi informatsiyalarni insoniyat tomonidan foydalanilishiga imkon beradigan va uning intellektual imkoniyatlarini yuqori darajalarga ko‘taruvchi juda ham kuchli vositaga aylandi.
Informatika - bu insoniyat faoliyatining bir sohasi bo’lib, u axborotni hosil qilish, saqlash va kompyuter yordamida ularni qayta ishlash, shu bilan bir qatorda tadbiq muhiti bilan o’zaro bog’liq bo’lgan jarayonlarning aloqadorliklarini o’z ichiga oladigan, ko’nikma va vositalar tizimidir.
Informatika atamasi 60 yillar oxirida Frantsiyada vujudga keldi. U axborot (informatique) va avtomatika (automatique) so’zlarini birlashtirishdan hosil bo’lib, «Ma’lumotni avtomatik qayta ishlash» degan mahnoni bildiradi. Ingliz tilida gaplashadigan mamlakatlarda kompyuter fani Computer science deb ataladi.
Mustaqil fan sifatida informatika 40 - yillar oxirida texnika, biologiya, ijtimoiy va boshqa sohalarda boshqarishning umumiy printsiplari haqidagi - kibernetika fani bazasida vujudga keldi.
Informatikaning asosiy vazifasi - axborotning qayta ishlashning yangi usullari va vositalarini yaratish, hamda ularni amaliyotda qo’llashdan iboratdir.
Informatika quyidagi masalalarni yechadi:
Ixtiyoriy informatsion jarayonlarni tekshirish;
Informatsion jarayonlarni tekshirish natijasida olingan bazani qayta ishlash uchun eng yangi texnika texnologiyalarini yaratish va takomillashtirish;
Jamiyatning barcha sohalarida kompyuter texnikasi va texnologiyasidan unumli foydalanishning ilmiy va injenerlik muammolarini yechish.
shartli ravishda informatikani uchta o’zaro bog’liq qismga bo’lish mumkin:
Apparatli texnika vositasi.
Dastur muhiti.
Algoritmlar muhiti.
Informatika keng ma’noda insoniyat faoliyatining barcha sohalarida axborotni kompyuter va telekommunikatsiyalar yordamida qayta ishlash, saqlash, uzatish bilan bog’liq bo’lgan sohadir.
Tor ma’noda informatika 3 qismdan iborat: texnik vositalar, dasturlar va algoritm. shuningdek, informatikani xalq xo’jaligining, fundamental fanning va tadbiqiy fanning bir tarmog’i deb ko’rish mumkin.
O’z navbatida insonning ixtiyoriy faoliyati doirasi, shu bilan birga fanning har bir tarmog’i, xoh tabiiy, xoh ijtimoiy bo’lsin, undagi axborot o’zining maxsus tomonlari bilan tavsiflanadi.
Masalan, iqtisodiyot, yuridik, filologiya va jurnalistika axborotlari haqida aytadigan bo’lsak, bu shu soha mutaxassislarining xizmat burchlari muvaffaqiyatli bajarishlari uchun zarur bo’lgan, doimo yangilanib turuvchi bilim va ma’lumotlar to’plami bo’lib hisoblanadi.
Xususan, axborotning eng asosiy turlaridan biri - iqtisodiy axborot. Uning farqli tomoni shundaki, u odamlarning katta jamoalari bilan, tashkilotlar bilan, korxonalar va shu singari boshqa iqtisodiy strukturalardagi boshqarish jarayonlari bilan bog’liqligidadir.
Ma’lumot yoki axborot tarixan moddiy va ma’naviy boyliklar qatoridagi qadriyatlardan bo’lib kelgan. Tinch hayot davrida xom ashyoni qayta ishlash, inshootlarni puxta qilib yaratish, tabiyat injiqliklariga bardosh bera olishga doir tajriba xulosalari yozma yoki og’izdan - og’izga ko’chuvchi ma’lumot, oila, qabila va millat-elatlarni mavqeini belgilovchi manba va boylik sifatida qadrlangan. Urush yoki taxlikali kunlarda esa dushman qurolli kuchlari, rejalari, mudofaa imkoniyatlari haqidagi ma’lumot hayot-mamot masalasi bo’lgan. shu bois ma’lumotga nisbatan har doim uni saqlash, tezkorlikda uzatish va to’g’ri taxlil qilish kabi masalalar dolzarb bo’lib kelgan. Masalan, ma’lumotni qulay va ishonchli saqlash maqsadida qog’oz ixtiro qilingan, tezkorlikda va ta’sirchan uzatish uchun telegraf telefon, radio, televidenie ixtiro qilingan. To’g’ri va tezkor tarzda katta hajmdagi ma’lumotni qayta ishlash maqsadida esa kompyuter ixtiro qilingan deyish mumkin.
Ishlab chiqarish kuchlari imkoniyatlari hamda fan-texnika yuqori cho’qqilarga ko’tarilgan zamonida ham ma’lumot yoki axborot o’ta muhim ahamiyatga ega tovar sifatida namoyon bo’ladi. Endi yangi ma’lumot yoki bilimlarni yaratuvchi bir qator mutaxassisliklar mavjudki, muayyan shaxs, tashkilot, tarmoq hatto davlatlar taqdiri va salohiyati ulardan o’z vaqtida olingan sifatli Ma’lumotga bog’liq desak mubolag’a bo’lmaydi. Bu mutaxassislarni kuch-qudrati bir tomondan o’z sohalaridagi yuqori malakasi bilan belgilansa, ikkinchi tomondan hisoblash mashinalari (kompyuterlar) zamonaviy informatsion texnalogiyalarni o’zlashtirganliklarida namoyon bo’ladi. haqiqatan ham kompyuter, aniqrog’i u va unga ulanadigan nihoyatda va uning imkoniyatlarini kengaytiradigan yordamchi qurilmalar majmuasi, quyidagi tuzimga ko’ra ma’lumotni qayta ishlaydi: axborot-kompyuter-axborot.
Ko’p hollarda kompyuterga kiritiladigan axborot bilimlar yoki berilganlar bazasi sifatida namoyon bo’ladi, unda hosil qilingan axborot esa o’z iste’molchisiga ega bo’lgan yuqori baholarga ega tovar sifatida qadrlanadi.
Xulosa qilib aytganda, bir tomondan eng xoridorgir tovar yangi ma’lumotni yaratish, qayta ishlash va uzatish bo’yicha bilim va ko’nikmalarga ega bo’lib yetishish, talablarga bo’lgan mutaxassislarni shakllantirish bo’lsa, ikkinchi tomondan bu maqsadga erishishda ularga murabbiylikni va sharoitlarni tahminlash olimlarning vazifasidir.
Kompyuterlar imkoniyatlari takomillashuvi hamda ishlab chiqarish va hayotni turli sohalariga intensiv tarzda kirib borishi mos fan sohasini informatika fani predmetini bir necha bor tubdan yangilanishiga olib kelgan. hozirgi kunda kompyuter va unga mos dasturiy ta’minot bazasi imkoniyatlari bu fanni o’qitishda har bir soha mutaxassislariga muayyan bilim va ko’nikmalar majmuasini belgilash imkonini beradi va taqozo qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |