Kafedraning ilmiy salohiyati (41%) Professorlar – 2 nafar,
Dotsentlar - 3 nafar
Katta o’qituvchi - 3 nafar
st. o’qituvchilar - 5 nafar
Texnik xodimlar - 2 nafar
O’quv metodik ishlar Kafedra o’qituvchilari ishtirоkida kafedrada o’qitiladigan barcha fanlar bo’yicha masоfaviy ta`lim tizimida fоydalanishga mo’ljallangan ma`ruza matnlarining elektrоn versiyalari ishlab chiqilgan. Bu ma`ruza matnlari bo’yicha tayyorlangan elektrоn darsliklar institut internet saytining maxsus ichki tarmоg’iga ulangan barcha kоmpyuterlardan turib fоydalanish mumkin.
To`xtasinov Mumtozali To`lqinaliyevich E-mail: mumtozali@inbox.uz “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasi katta ilmiy hodimi, texnika fanlarri nomzodi. Ushbu kafedrada 1999 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan muhandislik-pedagogika institutining muhandis-dasturchi mutahassisligi bo’yicha tamomlagan. Bir qator ilmiy – uslubiy ishlar, EHM uchun dasturlar muallifi, amaliy loyihalar rahbari. AT sohasida Respublikaning bir qator ilmiy texnik kengashlariga a’zo.
Olimov Murodulla E-mail: m_olimov@umail.uz “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari nomzodi, 100 dan ortiq ilmiy maqolalar, 40 dan ortiq o'quv metodik ishlanmalar, 3 ta o'quv qo'llanma (O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining muvofiqlashtiruvchi kengashi tamonidan tavsiya qilingan) va 3 ta dastur muallifligi uchun guvohnomalar avtoridir. 2016-yilda yozilgan "Amaliy matematik dasturlar paketi" nomli o'quv qo'llanmasi "Yilning eng yaxshi darsligi va o'quv adabiyoti muallifi" Respublika tanlovining g'olibi bo'lib, 3-darajali diplom bilan taqdirlangan. 15 dan ortiq magistrlik dissertasiyalariga rahbarlik qilgan. 6 dan ortiq fan nomizodlarini tayyorlashda bevosita ishtirok etgan.
Xoshimov Sobithon Xoshimovich E-mail: xoshimov-S@umail.uz “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasi dotsenti. Iqtisod fanlari nomzodi. Institutda 1991 yildan faoliyat olib bormoqda.Toshkent politexnika institutini tamomlagan. 2 ta patent, 4 ta dasturiy guvohnoma hamda 100 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi. 2017 yilda “Eng yaxshi pedagog” tanlovining Respublika bosqichi g’olibi. Hozirda TATU huzuridagi AKT ilmiy-innovatsion markazi “Murakkab tizimlarni modellashtirish” laboratoriyasi mudiri t.f.d., prof. N.Ravshanov rahbarligida “Paxtani kichik dispersiyali zarrachalar va changdan tozalash texnologik jarayonini kompyuter modellashtirish” mavzusidagi doktorlik (DSc) dissertatsiyasi ustida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
Jakbarov Odiljon Otamirzaеvich E-mail: jakbarov@ inbox.uz “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi. Ushbu kafedrada 2004 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan sanoat-texnologiya institutining muhandis-dasturchi mutahassisligi bo’yicha tamomlagan. Bir qator oquv qullanmalar, ilmiy-uslubiy ko’rsatmalar muallifi.
Imamnazarov Erkin Dexkanaliyevich E-mail: erkinied@inbox.uz “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasi katta o`qituvchisi: Ushbu kafedrada 2002 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan sanoat-texnologiya institutining muhandis-pedagog mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan. Bir qator ilmiy-uslubiy ishlanma va ko’rsatmalar muallifi.
Kodirov Zohidjon Zokirxanovich E-mail: z_z_kodirov@gmail.com “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasi katta o`qituvchisi. Ushbu kafedrada 1998 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan sanoat-texnologiya institutining hisoblash texnikasi va avtomatlashtirilgan tizimlarning dastur taminoti mutahassisligi bo’yicha tamomlagan. Bir qator ilmiy-uslubiy ishlanma va ko’rsatmalar muallifi.
Inamova Guligavxar Abdullayevna E-mail: guligavhar@gmail.com “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasi katta o`qituvchisi. Ushbu kafedrada 2014 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan sanoat-texnologiya institutining muhandis-dasturchi mutahassisligi bo’yicha tamomlagan. Bir qator ilmiy-uslubiy ishlanma va ko’rsatmalar muallifi.
G'oyipov Umidjon Gulomjonovich E-mail: umidjon85@inbox.uz “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasi o`qituvchisi. Ushbu kafedrada 2012 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan muhandislik-pedagogika institutining Kasb ta`limi (Informatika va AT) mutahassisligi bo’yicha tamomlagan. Bir qator ilmiy-uslubiy ishlanma va ko’rsatmalar muallifi.
Usmanov Rustamhon Tursunovich E-mail: rustamu077@gmail.com “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasi o`qituvchisi. Ushbu kafedrada 2020 yildan faoliyat olib bormoqda. Xarkov (Ukraina davlati) Radioelektronika Institutining ‘Radiotexnika’ fakultetini “Ko’pkanalli aloqa” mutahassisligi bo’yicha tamomlagan. Bir qator ilmiy-uslubiy ishlanma va ko’rsatmalar muallifi.