1. Shaxsiy birinchilik. Bunda har bir kurashchining bellashuv natijalari oʼzining shu musobaqadagi olgan oʼrnini aniqlash uchun oʼtkaziladi. Musobaqa oxirida har bir vazn toifasida gʼolib va sovrindorlar aniqlanadi.
2. Jamoa birinchiligida har bir jamoaning olgan oʼrni aniqlanadi.
3. Shaxsiy va jamoalar birinchiligida har bir qatnashchining olgan oʼrniga qarab har bir jamoaning olgan oʼrni aniqlanadi.
4. Ochiq birinchilik. Bunda har bir kurashchi oʼzining sport klassifikatsiyasi, unvoni va mahoratini oshirish uchun bellashadi.
5. Mutloq birinchilikda har qanday kurashchi vazn toifasidan qat‘i nazar (bosh hakam ruxsati bilan) qatnashish huquqiga ega.
Hakamlar hayati xar bir musobaqani oʼtkazishdan oldin shu musobaqani oʼz hududida tashkil qilayotgan shaxar, viloyat yoki davlat shu musobaqada xizmat qiladigan hakamlar roʼyxatini musobaqaning miqyosiga qarab kurash federatsiyasiga taqdim qiladilar va bu federatsiyalar tomonidan tasdiqlangan hakamlar ana shu musobaqada xizmat qilishga haqlidirlar. Har bir xalqaro turnirlar, qitalar birinchiligi, jahon birinchiligi va Olimpiya oʼyinlari dasturidagi kurash musobaqalarida faqatgina kurash Xalqaro Аssotsiatsiyalari va federatsiyalari tomonidan tasdiqlangan hakamlar faoliyat koʼrsatadilar.
Kurash sport turi boʼyicha musobaqa qoidalari.
Kurash bellashuvlarini oʼtkazishda ishlatiladigan ishora va iboralar:
TАNIShING- kurashchilar gilamga chiqib kelganlaridan oʼrtadagi hakam chap yoki oʼng qoʼlini kurashchi tomoniga qaratib ―tarnishing‖ degan iborani baland ovozda aytadi. Eьlon qiluvchi hakam esa kurashchilarni tanishtiradi.
TА’ZIM- kurashchilar oʼng qoʼllarini chap koʼksiga qoʼygan holatda taьzim qiladi. Hakam qoʼllarini tirsakdan bukib qoʼllar kafti bir-biriga qaratilgan kaftlar pastga qaragan pastga biroz tushiramiz va sportchilar bir-birlariga ta‘zim qilishadi.
OʼRTАGА- bu iborada hakam kurashchilarni oʼrtaga chorlaydi va hakam qoʼllari yordamida kurashchilarning qayerda turishini koʼrsatadi.
KURАSh- kurashchilar bir-biriga taьzim qilib kurashishni boshlaydi va hakam oʼng qoʼlini kaftlari bilan yon tomonga qaratilgan holatda tirsakdan bir oz bukib ishora qiladi.
TOʼXTА- olishuv davom etayotgan vaqtda olishuvni toʼxtatish uchun ishlatiladigan iboradir. Hakam oʼng qoʼlini oldiga qaratilgan holatda oldinga choʼzib ishora qiladi.