Uslubiyat
|
Asosiy belgi
|
Natija
a
|
Axborotning qayta ishlashning prinsipial yangi vositalari
|
Boshqaruv texnologiyasi «ichiga o‘rnatish»
|
Kommunikatsiyalarning zamonaviy texnologiyasi
|
Yaxlit texnologik tizimlar
|
Mutaxassislar va menejerlar ishining integratsiyasi
|
Axborotni qayta ishlashning zamonaviy texnologiyasi
|
Axborotni maqsadga yo‘naltirilgan holda yaratish, uzatish, saqlash va aks ettirish
|
Ijtimoiy muhit qonuniyatlarini hisobga olish
|
Boshqaruv qarorlarini qabul qilishning zamonaviy texnologiyasi
|
Zamonaviy axborot texnologiyasi — shaxsiy kompyuterlar va telekommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda foydalanuvchi ishining «do‘stona» interfeysli axborot texnologiyasidir.
Zamonaviy kompyuterli axborot texnologiyalarining uch asosiy tamoyillarini keltiramiz:
kompyuterli interaktiv (muloqotli) ish rejimi;
boshqa dasturiy mahsulotlar bilan muvofiqlashtirish, o‘zaro aloqa;
ma’lumotlar va vazifalarning qo‘yilishi jihatidan o‘zgarish jarayonlarining moslashuvchanligi.
Yuqoridagilarni hisobga olib, kompyuter texnologiyasi ata-masini emas, balki zamonaviy texnologiyalar atamasini ancha aniq deb hisoblash lozim, chunki bu atama nafaqat kompyuter-lardan foydalanishga asoslangan texnologiyalarni, balki boshqa texnik vositalar, ayniqsa telekommunikatsiyani ta’minlovchi vositalarga asoslangan texnologiyalarni ham o‘zida aks ettiradi.
Axborot texnologiyasi va axborot tizimining farqi
Axborot texnologiyasi axborot tizimlari bilan mukammal bog‘langan bo‘lib, ular uchun axborot texnologiyasi asosiy muhit hisoblanadi. Bir qaraganda axborot texnologiyasi va tizimi ta’rifi bir-biriga o‘xshash ko‘rinadi, lekin bunday emas.
Axborot texnologiyasi kompyuterda saqlanayotgan ma’lumot-lar ustidan tartiblashgan qoidalar asosida amal, harakat va bosqichlarni bajarish jarayonidir. Axborot texnologiyasining asosiy maqsadi — birlamchi axborotni maqsadga yo‘naltirilgan harakat natijasida qayta ishlash yo‘li bilan foydalanuvchiga kerakli axborotni berishdir.
Axborot tizimi kompyuterlar, kompyuterlar tarmog‘i, das-turiy mahsulotlar, ma’lumotlar bazasi, insonlar, turli texnik va dasturiy aloqa vositalari hamda boshqa qurilmalardan tashkil topgan muhitdir. Axborot tizimining asosiy maqsadi — axborotni saqlash va uzatishdan iboratdir. Axborot tizimi axborotni qayta ishlash inson-kompyuter tizimidir.
Axborot tizimining vazifalarini amalga oshirish uchun shu tizimga oid axborot texnologiyasi bilimlarini o‘iganish talab qilinadi. Axborot texnologiyasi axborot tizimining muhitidan tashqarida ham faoliyat ko‘rsatishi mumkin.
Shunday qilib, axborot texnologiyasi kengroq tushuncha bo‘lib, axborotlashgan jamiyatda axborotni zamonaviy qayta ishlash jara-yonlarini aks ettiradi. Yuqoridagilarni hisobga olib, quyida axborot texnologiyasi va tizimiga, oldin keltirilgan ta’riflaiga nisbatan, kompyuter texnikasi vositalariga asoslangan, soddaroq ta’riflarni keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |