Informatika va axborot tеxnologiyalari fanidan ma’ruzalar matni


-mavzu: SHAXSIY KOMPYUTERLARNING UMUMIY TUZILISHI, ASOSIY VA QO‘SHIMCHA QURILMALARI VA ISHLASH TAMOYILLARI



Download 60,35 Mb.
bet12/97
Sana17.04.2022
Hajmi60,35 Mb.
#558093
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   97
Bog'liq
Maruza 2015-2

3-mavzu: SHAXSIY KOMPYUTERLARNING UMUMIY TUZILISHI, ASOSIY VA QO‘SHIMCHA QURILMALARI VA ISHLASH TAMOYILLARI

Reja:
1. Kompyuterlar tarixi


2. Shaxsiy kompyuterning umumiy ko‘rinishi, uning asosiy va qo‘shimcha qurilmalari
3. Kompyuterning (sistema bloki) ichki qurilmali.
Tayanch iboralar: dastlabki Elektron hisoblash mashinasi, EHM avlodlari, shaxsiy kompyuterlar, kompyuter turlari, kompyuterning asosiy va qo‘shimcha qurilmalari: monitor, klaviatura, protsessor va uning ichki qurilmalari, sichqoncha; printer, skaner, modem, faks-modem, proyektor (doskasi), veb-kamera, UPS, XUB, kolonkolar (ovoz kuchaytirgich), mikrofon, naushnik, disk yurituvchu (CD va DVD ROM), CD va DVD disklar, flеsh disk.
Hozirgi vaqtda inson xayotiga kompyuter jadal kirib kelmoqda. Kompyuter ish yuritishni osonlashtiradi, yangi xujjatlar va har xil matnlarni tez va sifatli tayyorlash va taxlil qilish, telefon aloka orqali axborotlar bilan almashish, murakkab xisob kitoblarni tez bajarish va ishlab chiqarish jarayonini osonlashtiradi. Yakin kelajakda kompyutersiz xayotimizni tasavvur qilib bulmaydi. Shuning uchun har bir kishiga tushunarli bo‘lgan kichik hajmdagi bilimlar juda kerak bo‘ladi.
Inson xisoblay boshlashidagi dastlabki xisoblash vositasi bo‘lib odamlarning barmoqlari xizmat kilgan. Ammo ular yordamida faqat sanash ishlarni bajargan (sabab barmoqlar soni cheklangan). Shuning uchun asta sekin sun’iy xisoblash vositalari vujudga kela boshlagan. Ulardan birinchilari bo‘lib toshlar va tayokchalar bo‘lgan. Sungra abak (grek, misrlik, rimlik, xitoylik suan-pan va yaponlik soroban), Neper tayokchalari, rus schyotlari vujudga kelgan.

Ammo odamzod, uziga uxshash mexanik mashinani - yordamchini (robotni) yaratish orzusi bilan yashab kelgan edi. 1623 yilda nemis olimi Vilgelm Shikard (1592-1636) tomonidan ixtiro qilingan mexanik moslama mexanik xisoblash mashinalar davrini boshladi. Ammo Shikard mashinasi xam aslida birinchi bo‘lmagan, chunki buyuk italiyalik rassom, olim va matematiki Leonardo da Vinchining nashr etilmagan kulyozmasida 13-ta raqamli sonlarni kushi shva ayirish amallarni bajaruvchi mexanik moslamaning chizmasi topilgan. Shuni aytish lozimki Leonardo da Vinchi xamda Vilgelm Shikard moslamalari xayotda qo‘llanilmagan bo‘lib qolgan. Mexanik xisoblash mashinalarni yaratilish tarixining dastlabki sahifalaridan biri fransuz faylasufi, yozuvchisi, matematiki va fiziki Bleyz Paskal (1623-1662) nomi bilan boglik. U 1642 yilda birinchi jamlovchi (qo‘shish va ayirish) mashinani yaratdi. 1673 yilda esa boshqa olim nemis Gotfrid Vilgelm Leybnis (1646-1716) 4-arifmetik amalni bajaruvchi mashinani yaratdi. XIX asrdan boshlab bu mashinalarga uxshash mashinalar juda kup qo‘llanar edi. 1820 yilda Sharl de Kolmar tomonidan birinchi kalkulyator - ARIFMOMETR yaratildi.

1885 yilda amerikalik ixtirochi Uvilyam Barrouz klaviatura va qog‘ozga pechatlash uskunalardan iborat arifmometrni yaratdi.

Universal avtomatik xisoblash mashinani yaratish goyasi va loyixasi Kembridj universitetining profesori Charlz Beybidjga (1792-1871) mansubdir. Uning loixasi bo‘yicha bu mashina xotira qismi, xisoblash qismi, boshqarish qismi va chiqarish qismiga ega bo‘lishi shart edi.
XIX asrning oxirida va XX asrning urtalarida fan va texnikaning barcha sohalarida juda kuplab kashfiyotlar va ixtirolar kilindi. Bu kup mexnat talab qiladigan mashinalarni yaratishga zarurat paydo kildi. Beybidjning loyixasi asosida kup olimlar mashinalar yaratishga harakat kilgan. 1988 yilda amerikalik injener German Xollerit birinchi elektromexanik xisoblash mashinani - TABULYaTORNI yaratdi. Ushbu mashina rele asosida ishlagan bo‘lib perfokartalarda yozilgan ma’lumotlar bilan ishlay olar edi. 43-ta Xollerit tabulyatorlari 1890 yilda bo‘lib utgan 11-chi Amerika axolini ruyxatdan o‘tkazishda ishlatilgan.

1930 yilda amerikalik olim Vannevar Bush tomonidan kompyuterning katta elektromexanik analogi - DIFFERENSIAL ANALIZATORI yaratilgan. Ushbu mashinada ma’lumotlarni saqlash uchun elektron lampalar qo‘llanilgan. 1941 yilda nemis injeneri Z3 nomli birinchi bo‘lib dasturlarda ishlovchi xisoblash mashinani yaratdi. 1943 yilda Buyuk Britaniya maxfiy laboratoriyalarida Alan Tyuring boshchiligida elektron lampalarda ishlovchi Koloss nomli birinchi EXM (elektro xisoblash mashinasi) yaratildi. 1944 yilda AKShning harbiylari uchun amerikali injener Govard Eyken elektromexanik rele asosida ogirligi 35 tonnali EXM yaratdi. Bu mashinani nomi MARK-1 edi. Lekin uning tezligi shu zamon talablariga javob bermas edi. 1946 yilda amerikali olimlar Djon Mochli va Prespera Ekerta birichi universal to‘liq elektron hisoblash mashinani yaratdilar. Ushbu mashina elektron lampalar asosida ishlar edi va uning nomi ENIAC edi. U MARK-1 dan ming marta tezkorrok edi, leykin uning xam kamchiliklari bor edi: ogirligi - 30 tonna; uzunligi 170 kvadrat metr xonani egallar edi; tarkibida 18 000 elektrolampalar bor edi; ishlash jarayoni juda murakkab va bu mashina juda tez ishlamas edi (sekundiga 300 kupaytirish yoki 5000 qo‘shish amallari bajarishi mumkin edi). Shu kamchiliklarni bartarab qilish uchun olimlar juda kup mexnat kilar edi. Birinchi EXM lar avlodi lampali deb nomlanadi. 1947 yilda BELL laboratoriya xodimlari V. Shokli, J. Bardin iva V. Berteyn tomonidan birinchi tranzistor kashf etildi. 1948 yildan esa elektron lampalar o‘rniga kashf etilgan tranzistorlar qo‘llana boshlandi va shuning uchun 2 avlod EXM lari tranzistorli deb nomlangan. 1949 yilda Djey Forrester tomonidan magnitli xotira uskunalari yaratildi va shu yilda Kembridj universitetida birinchi xotiraga ega EXM - EDSAC nomli EXM yaratildi. 1959 yilda Robert Noys (INTEL firmani aratgan odam) bitta plastinada bir nechta tranzistorlarni joylashtirib integral sxemalar yoki chiplarni yaratgan. 1968 yilda Burroughs firma tomonidan integral sxemalarda ishlaydigan birinchi kompyuterni chiqardi va shuning uchun uchinchi EXMlar avlodi katta integral sxemali deb nomlanadi. Shu yilda amerikali injeneri Duglas Endjelbart xozirgi sichqoncha qurilma vazifasini bajaruvchi uskunani yaratdi. 1970 yildan boshlab INTEL firma xotiraning integral sxemalarni chiqara boshladi. Shu firmada ishlagan Marshian Edvard Xoff shu yilda mikroprosessorni kashf etgan (bita kremniy chipda bir nechta integral sxemalarni joylashtirdi). Shu yildan boshlab mikroprosessorlarda ishlovchi turtinchi EXMlar avlodi boshlandi, ular kichik integral sxemali avlod deb nomlanadi.
1973 yildan boshlab EXM tarixining yangi sahifasi, personal kompyuterlar sahifasi boshlandi. Shu yilda fransiyadagi Truong Trong Ti firma tomonidan birinchi personal kompyuter yaratildi. Shu bilan birga 1973 yilda dunyoga tanikli XEROX firma tomonidan Alto nomli shaxsiy kompyuter yaratilgan. Ushbu kompyuterda birinchi bo‘lib fayllar va dasturlarni oynalar ko‘rinishda ochish prinsipi qo‘llanilgan.
1977 yilda Apple Computer firma tomonidan Apple-II nomli shaxsiy kompyuterlar ommaviy ravishda chiqarila boshlagan. Ushbu kompyuterlar plastmass korpus, klaviatura va displeyga ega bo‘lgan.
1980 yilda Osborne Computer firma birinchi portativ kompyuterlarni chiqara boshladi. Ushbu kompter ogirligi 11 kg, juda kichkina hajmga ega bo‘lgan va narxi atigi 1795 dollar bo‘lgan.
1981 yildan boshlab IBM (International Business Machines) firma tomonidan personal kompyuterlar seriyalab chiqara boshlandi va butun dunyoga sotila boshlandi. Shundan beri kompyuter xayotimizda mustaxkam joylashib, axborotni qayta ishlashning eng zamonaviy vositasiga aylandi va butun dunyoga tanikli bo‘ldi. Shuning uchun personal kompyuterlar standarti shu kompyuter nomi bilan nomlanadi - IBM PC (personal computer).

Download 60,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish