21-MAVZU:AXBOROT TA’LIM TARMOG’IDAN FOYDALANISH. ZIYONET TARMOG’I VA ID. UZ TIMI.
Reja:
1. Ziyonet - axborot ta’lim tarmog’i va undan ro’yxatdan o’tish. ID.UZ identifikasiya tizimi.
2. Ta’lim, abituriyent, o’yinlar, imkoniyatlar, kutubxona, saytlar, arboblar, tadbirlar, muassasalar, chet tillari bo’limlari.
3. Ziyonet - axborot ta’lim tarmog’i loyihalari: video, bloglar, forum, tanlov va grantlar. Ma’lumotlar izlash. Ma’lumotlarni saqlash. Ma’lumotlarni tahrirlash.
Tayanch tushunchalar: Ziyonet - axborot ta’lim tarmog’i, ID.UZ identifikasiya tizimi, Ziyonetning ta’lim, abituriyent, o’yinlar, imkoniyatlar, kutubxona, saytlar, arboblar, tadbirlar, muassasalar, chet tillari bo’limlari; Ziyonet - axborot ta’lim tarmog’i loyihalari: video, bloglar, forum, tanlov va grantlar, ma’lumotlar izlash, ma’lumotlarni saqlash, ma’lumotlarni tahrirlash.
1. Ziyonet - axborot ta’lim tarmog’i va undan ro’yxatdan o’tish.
ID.UZ identifikasiya tizimi.
Internetda axborot ta’lim tarmoqlari mavjud bo’lib, ular www.ziyonet.uz, www.eduportal.uz, www.multimedia.uz va boshqalar hisoblanadi. Ushbu axborot ta’lim tarmoqlari orqali axborot-ta’lim resurlaridan foydalanish mumkin. Quyida www.ziyonet.uz axborot ta’lim tarmog’idan ro’yxatdan o’tish bilan tanishib chiqamiz. Dastlab biror brouvzer ishga tushiriladi va uning adres oynasiga www.ziyonet.uz yoziladi hamda [Enter] tugmasi bosilgach quyidagi sahifa ochiladi:
Sahifaning yuqori qismidagi [Рўйхатдан ўтиш] bandi tanlanadi va ID.UZ – identifikasiya tizimiga o’tiladi (yoki dastlab ID.UZ sayti orqali identifikatsiya tizimidan ro’yxatdan o’tish lozim), uning ko’rinishi quyidagicha:
Ushbu tizim foydalanuvchilarni yagona identifikatsiya tizimiga ro’yxatga oladi va UZINFOCOM markazining barcha loyihalari va boshqa qator loyihalarga kirish imkonini beradi. Bu orqali ushbu tizim loyihalaridan foydalanishda ma’lumotlarni ko’chirib olish imkoniyati yaratiladi. ID.UZ tizimidan ro’yxatdan o’tish uchun [Ro’yxatdan o’tish] tugmasi bosiladi va quyidagilar to’ldiriladi:
Agar bunday foydalanuvchi mavjud bo’lsa, qizil rangli yozuv paydo bo’ladi.
Shuningek, ID.UZ tizimi orqali birdaniga umail.uz dan electron pochta ochish mumkin. Barcha bandlar to’ldirilgach, tizimga kirish logini (ID nomi) va umail.uz dagi electron pochta ko’rinishi quyidagicha paydo bo’ladi:
Bu esa www.ziyonet.uz tarmog’idan ham ro’yxatdan o’tilganlikni bildiradi. ID.UZ dan ro’yxatdan o’tib bo’lgach, ZiyoNet tarmog’iga qaytiladi va foydalanish davom etiladi yoki oldindan ID.UZ tarmog’idan ro’yxatdan o’tilgan bo’lsa, u holda www.ziyonet.uz saytidagi [Авторизация] tugmasini bosish lozim hamda ID.UZ tizimidagi Login va parolni yozish lozim:
Shundan so’ng Identifikatsiyani tasdiqlash so’raladi va ruxsat berilgach, ish davom ettiriladi:
Ya’ni ZiyoNet tarmog’ining saytiga o’tiladi va kerakli ma’lumotlar olinadi. Hozirgi kunda www.ziyonet.uz tarmog’ining yangicha versiyasi mavjud, u quyidagi ko’rinishga ega:
Do'stlaringiz bilan baham: |