Ushbu rasmda esa Azamat Sattorov bilan suhbatlashish jarayoni keltirilgan. Unda xabar yuborishdagi turli imkoniyatlar ham mavjudligi ko‘rsatilgan.
Shuningdek, elektron pochtaga ega bo‘lgan foydalanuvchilar boshqa kompaniyalarning dasturlari yoki maxsus dasturlar orqali masofadan turib on-line aloqa o‘rnatishlari mumkin. Masalan, ICQ – rambler, Skype, Talk, QIP, twitter va boshqalar.
3. Outlook Express dasturi bilan ishlash
Outlook Express dasturi elektron pochta xizmatini amalga oshiradi. Bu dasturni ishga tushirish uchun dastur Outlook Yexpress belgisida sichqoncha tugmasini bosamiz va ekranda darcha hosil bo‘ladi. Darchaning birinchi satrida menyu qoidalari keltiriladi. Ikkinchi satrida asboblar panelining tugmachalari joylashgan. Ular odatda elektron pochta dasturini ishlashda foydalaniladi.
Bu tugmachalar:
Yangi xat yozish imkonini beradi.
Xat muallifiga javob yozish imkonini beradi.
Xatni boshka manzilga yuboradi.
Adreslar kitobini ochadi.
Elektron pochta bu nima? Elektron pochta maxsus programma bo‘lib, uning yordamida dunyoning ixtiyoriy joyga xat, xujjat va ixtiyeriy turdagi fayllarni jo‘natishingiz mumkin. Buning uchun siz Internet yoki pochta tarmog‘ining a’zosi bo‘lishingiz shart. Bu tarmoq provayder deb nomlanadi. Har bir tarmoq foydalanuv-chisi uchun tarmoq kompyuteri (serveri) xotirasida ma’lum soha ajratiladi va foydalanuvchiga elektron adres(e-mail) beriladi. Xotiradagi soha - pochta yashigi deyiladi. Barcha adreslardan kelgan xatlar aynan shu yashikda saqlanadi. Elektron adresning to‘liq ko‘rinishi quyidagicha: e-mail a’zoning adresi @ et – belgisi va host kompyuterlar nomi. Bu yerda xost (host – ega) bu pochta yashik joylashgan tarmoq kompyuteri nomi. U bir necha qismdan iborat bo‘lishi mumkin. Bu qismlar domenlar deb nomlanadi. Ular mamlakat, provayder va tashkilotlarni ko‘rsatishlari mumkin.
Misol uchun, litsey@mail.uz
Bu yerda, litsey - bu adres egasining pochta yashigi nomini, mail - bu provayder nomini va uz - yuqori domen mamlakat nomini ko‘rsatadi. Elektron xatni jo‘natganingizda, unda kimga va kimdanligini, xatni qisqa mavzusi va boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatishimiz zarur. Elektron pochta bilan ishlash uchun biz bir necha programmadan foydalanishimiz mumkin: Outlook Express, The BAT, Microsoft Mail va boshqalar. Biz yaqinroq bittasi ya’ni Outlook Express bilan tanishamiz.
Dastur bilan ishlash uchun biz Windows ning asosiy menyusidagi Программы bo‘limidagi Outlook Express dasturini tanlaymiz. Bundan keyin ekranda dastur oynasi paydo bo‘ladi. Bu oyna har bir standart oynaga o‘xshash bo‘lib o‘zining nom satriga, menyu satriga, yordamchi tugmalar satriga, ish sohasiga va ma’lumotlar satriga ega.
Dastur menyusi yordamida biz dasturni ko‘rinishini va ishlash holatlarini o‘zgartirishimiz, elektron pochta yashigimizni sozlashimiz mumkin.
Xatni yaratish uchun biz Создать сообщение tugmani bosishimiz kerak. Natijada yangi xat yaratish oynasi paydo bo‘ladi. Bu oynaning yuqori qismida menyu satri, yordamchi tugmalar satri va xatga tegishli ma’lumotlar sohasi joylashgan.
Elektron xabar tayyorlash, jo‘natish va qabul qilish algoritmlari. Faraz qilaylik tegishli amallarni bajarib, elektron pochtaning ishchi stolini yaratdik.
1. Стрелкаni исходящие papkasiga keltirib, chan tugmasining bosamiz.
2. Исходящие papkasiga tegishli bo‘lgan oynadan создат S... xizmat turi bor, strelkani bu xizmat turiga keltirib, chap tugmani bosamiz
3. Ekranda elektron xabar tayyorlash uchun ishchi maydon xosil bo‘ladi. «Кому» degan satrda xabar oluvchining adresi teriladi. Masalan: book@uzpak.uz.
Agar bu xabarni yana bir boshqa adres bo‘yicha junatmoqchi bulsak, bu ikkinchi adresni kopiya xabarning mazmunini, sarlavxasini «Тема» satrida teramiz. Asosiy maydonda matnini teramiz.
4. Ekranning chap yuqori qismida joylashgan «отправить» so‘ziga strelkani keltirib, chap tugmani bosamiz. Bir satrdan ikkinchi satrga o‘tish uchun [Tab[ tugmasi bosiladi. Kompyuter yana yuzerney va pesvortni surashi mumkin, bu savollarga javob berib |G‘7| tugmasini bosamiz. Natijada ekranda «исходящие» papkasining oynasi chikadi. Junatmoqchi bulgan xatimiz kora rang bilan ajralib turadi.
5. Ekran yuqori qismidagi «доставить» suziga strelkani keltirib, sichkoncha chap tugmachasini bosamiz. Natijada xatimiz junatiladi va elektron pochta dasturidan chiqishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |