Informatika va axborot tеxnologiyalari fanidan ma’ruzalar matni



Download 60,35 Mb.
bet74/97
Sana17.04.2022
Hajmi60,35 Mb.
#558093
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   97
Bog'liq
Maruza 2015-2

Lokal (mahalliy) tarmoq - bu korxona, tashkilot, muassasadagi bir bino yoki yaqin binolardagi kompyuterlarning o‘zaro bog‘langan tarmog‘i.
Regional (hududiy-mintaqaviy) tarmoqlar mamlakatlar, shahar va viloyatlar darajasida kompyuterlarning telefon tarmoqlari (aloqa) yoki telekommunikasiya kanallari orqali o‘zaro bog‘lagan tarmoqlar.
Global tarmoqlar - o‘ziga butun dunyo kompyuterlarini, abonentlarini, lokal va mintaqaviy tarmoqlarini telekommunikasiya (kabelli, simsiz, sun’iy yo‘ldosh) aloqalari tarmog‘i orqali bog‘lagan yirik tarmoq. Bunga misol - Internet.
Kompyuter lokal tarmoqlari uch xil usulda tashkil etilishi mumkin.
Aylanma-Xalqasimon lokal tarmoq - bu tarmoqda Kompyuterlar bir-biriga nisbatan aylanada yotadilar, ya’ni ketma-ket xalqa bo‘ylab bog‘lanadi. Bunda markaziy uzel bo‘lmaydi.

Shinasimon lokal tarmoq - bu usulda Kompyuterlar bitta umumiy shina orqali aloqa tashkil qiladi, ya’ni aloqa kanaliga ketma-ket ulanadi. Kompyuterlar koaksial kabel orqali ulanib, informasiya bir biriga uzatilganda faqat ko‘rsatilgan stansiyaga yetib boradi.

Yulduzsimon lokal tarmoq - bu usulda barcha Kompyuterlar markaziy uzelga yulduz kabi ulanadi. Har bir kompyuter markaziy kompyuterga bir xil satxda joylashadi.

Axborot muhitida tezlik tushunchasi, birliklari va axborot kanallari sig‘imi. Ma’lum vaqt oralig‘ida aloqa muhitlari orqali uzatiladigan axborot hajmi - uning uzatilish tezligini belgilaydi.
Xar qanday harakatlanuvchi jism va modda uchun tezlik tushunchasi va uning o‘lchov birliklari mavjud bo‘lganidek, axborotning ham uzatish tezligi hamda o‘lchov birliklari mavjuddir, bular:

  • Bit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan bitlar soni;

  • Kbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan minglab yaxlitlangan bitlar soni;

  • Mbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan millionlab yaxlitlangan bitlar soni;

  • Gbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan milliardlab yaxlitlangan bitlar soni.

Axborot kanallarining sihimi ular orqali ma’lum vaqt oralig‘ida uzatiladigan axborot hajmi bilan belgilanadi. Bu o‘z navbatida axborot kanallarining o‘tkazish qobilyatini anglatadi.
Oliy ta’lim muassasalari kasb hunar kollejlari va akademik liseylarning hamda maktablarning kompyuter tarmoqlari, ular asosida yechiladigan masalalar.
Oliy ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari va akademik liseylar va maktablarning kompyuter tarmoqlari hamda ular asosida yechiladigan masalalar quyidagilardan iborat:

  • axborotni tashkil qilish va izlab topish;

  • zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida axborot va bilimlarni almashishga imkoniyatini yaratish;

  • fanlardan bilimlarini chuqurlashtirish uchun qo‘shimcha ma’lumotlarni tarmoqdan qidirish;

  • talabalrning fanlardan mustaqil ishlarni bajarish;

  • elektron kutubxonadagi manbalardan foydalanish;

  • masofaviy ta’lim olish;

  • hisobotlar tayyorlash va uzatish;

  • elektron hujjat almashishni tashkil qilish;

  • talabalar ota-onalari farzandlarining o‘zlashtirishi va davomatini kuzatib borish.

Bundan tashqari hozirgi kunda Respublikamizda ta’lim muassasalarining ta’lim tarmog‘i yaratilgan. Ziyonet axborot-ta’lim tarmog‘i barcha ta’lim muassasalarining axborot resurslarini o‘zida jamlagan. Hozirgi kunda barcha o‘qituvchilar, o‘quvchilar va talabalar ushbu tarmoqdan foydalanish imkoniyatiga ega. Ziyonet axborot-ta’lim tarmog‘i axborotlarni joylashtirish, toifalash, guruhlash hamda ularni qidirib topish imkoniyatini taqdim etadi.
Insoniyat turmush tarzining rivojlanishi yangi-yangi kashfiyotlarning yaratilishiga sabab bulmoqda. Inson yangilik yaratish jarayonid har xil tusiklarga duch keladi va shu tusiklarga yengib utish mobaynida yana yangi ixtirolar vujudga kelaveradi. Lekin, xayot tajribalaridan ma’lumki, kupincha yangi kashfiyot ma’lum bir muammoni xal qilish jarayonida vujudga keladi. Biz suzsiz kompyuterning XX asr ning buyuk kashfiyotlaridan biri desak yanglishmaymiz. Davr talabiga kura bugunga kelib kompyuter texnologiyasi juda rivojlanib ketdi. Ma’lumotlarni boshqarish, ayniksa, xozirgi kunda muxim axamiyat kasb etmoqda. Ma’lumotlarni boshqarish tizimlariga bo‘lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Katta hajmdagi ma’lumotlar bazasi va axborotlar ustida ishlashga to‘g‘ri kelyapti. Jamiyat tarakkiyotida yuz berayotgan jadal uzgarishlar uning bir qismi bo‘lgan informatika sohasiga xam uz ta’sirini ko‘rsatmoqda. Bu ta’sir shunchalik kuchliki, axborot texnologiyalarida bulayotgan uzgarishlar yillar ichida emas, balki oylar ichida uzgarib va boyib bormoqda. Axborot texnologiyalarida juda katta yutuk va uzgarishlar amalga oshdi. Yangi axborot texnologiyalarining yoki kompyuter texnologiyalarining paydo bo‘lishi bu sohadagi xizmat qilish uslubini tubdan o‘zgartirdi. Tasavvur qilib kuring, yakin-yakinlargacha biror maslani kompyuterda yechish uchun algoritmlarni, dasturlash tillaridan birini, dasturni kompyuter xotirasiga kiritishni, uning xatolariyu natijani taxlil qilishni talab kilar edi. Bu ishni faqat mutaxassislargina amalga oshirar edilar. Ammo bu sohada mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchilar sonining kundan-kunga kupayishi jamiyat oldida ma’lum kiyinchiliklarni tugdirdi. Windows ni yoki bu asosida kurilgan informasion texnologiyani yana xam tushunib olish uchun quyidagiga e’tiboringizni karatmoqchimisiz. Supermarketda barcha ta’minot masalasini uning direktori xal kilsa, servisda xam xuddi shu xol ruy beradi. Yangi axborot texnologiyasining direktori Windows dir. Agar sizga matn muharriri kerak bo‘lsa, Windows sizni u bilan ta’minlaydi, siz xisob-kitob kilmoqchimisiz,marxamat, Windows sizga elektron jadvalni taklif etadi. Ayniksa, bu tizimda, Inernet, elektron pochta (E-mail) kabi imkoniyatlarining mavjudligi, WIndows ning roli bekiyosligidan dalolat beradi. Bu sistemaning tarkibida xizmat qilishning yuzlab turlari mavjudki, ularni urganish va foydalanish jamiyatning har bir a’zsoi, ayniksa, talabalar uchun juda muximdir. Kompyuter faqatgina DOS buyruqlarni tushunadi. DOS bilan kompyuter orasidagi interfeys matnli bo‘lib, barcha buyruqlar kulda klaviaturada kiritiladi. Axborot texnologiyasi-bu anik texnik dasturlar vositasining majmui bo‘lib, ular yordamida biz ma’lumotlarni qayta ishlash bilan boglik bo‘lgan xayotdagi turli-tuman masalalarni qayta ishlash bilan boglik bo‘lgan xayotdagi turli-tuman masalalarni xal etamiz. Xususan, axborotning eng asosiy turlaridan biri-iktisodiy axborotlardir. Uning oddiy ma’lumotdan farqli tomoni shundaki, u odamlarning katta jamoalari bilan, tashkilotlar bilan, korxonalar va boshqa iktisodiy strukturalardagi boshqarish jarayonlari bilan boglikligidadir.Informatika keng ma’noda fan, texnika va ishlab chiqarish, ya’ni inson faoliyatining barcha sohalarida axborotni kompyuter va telekommunikasiya yordamida qayta ishlash, saqlash, uzatish bilan boglik bo‘lgan yagona sohadir.
Dunyoda ko‘plab kompyuter tarmoqlari (KT) ishlab turibdi. Bulardan ba’zilari bilan tanishamiz. 1957 yil ARPA (Advanced Research Projects Agency) tashkiloti tuzildi. 1960 - yillar oxirida DARPA (Defense Advanced Research Projects Agency), 1969 yilda (AQShning Mudofaa ministrligi tomonidan tashkil qilingan eng eski KTlari hisoblanadi) ARPANet (Advanced Research Projects Agency Network) tajriba tarmog‘ini tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Ilk bor TARMOQ 1972 yilda namoyish etildi. U 40 ta kompyuterdan iborat bo‘lib, asosiy tuzilish prinsipi TARMOQdagi barcha kompyuterlarning teng xuquqli bo‘lishi edi. 1975 yil ARPANet tajriba tarmog‘i maqomini harakatdagi (amaliy) TARMOQ maqomiga o‘zgartirdi (1989 yil – ARPANet mustaqil TARMOQ sifatida tugatildi). Uning afzalligi – tarkibida turli turdagi kompyuterlar bor TARMOQ bilan ishlash qobiliyatiga egaligidir. U keyinchalik boshqa KTlari bilan birlashtirilib, Internetning qismi sifatida ishlatila boshlandi. Xozirda u MILNET – Military NET (xarbiy TARMOQ), CSNET – (Computer Science NETWORK) (kompyuter ilmi tarmog‘i), NSFNET – (National Science Fondation NETWORK) (milliy fan fondi tarmog‘i) tarmoqlar sifatida Internetda ishlatiladi.
BITNET (1981) – Because it’s Time Network (bugungi kun tarmog‘i) KT Nyu-York va Yel universitetlari tomonidan ishlab chiqilgan Yevropa, AQSh qit’asi, Meksika va boshqa mamlakatlarni birlashtiruvchi TARMOQ bo‘lib, u alohida ajratilgan kanallar bilan aloqa bog‘laydi. U OSI – (Open System Interconnection – ochiq xalqaro bog‘lanish tizimi) va TCP/IP qaydnomalariga mos tushmaydi. Uning bir xususiyati – uzatilgan ma’lumotlar uchun haq to‘lanmaydi. Hukumat tomonidan mablag‘ bilan ta’minlanadi. Uning ko‘rsatadigan xizmat doirasi fayllarni uzatish, elektron pochta va masalalarning uzoqdan turib ishlashini ta’minlashdan iborat.
CSNET (1981) (Computer Science Network – Kompyuter va fan tarmog‘i) a’zolik badallari va xizmat uchun to‘lovlar hisobidan ishlaydi. U butun dunyo olimlarini birlashtiruvchi tarmoq bo‘lib, Internet tarkibiga kiradi va TCP/IP qaydnomaii asosida ishlaydi.
EARN – Europan Akademic Research Network BITMAP tarmog‘i bilan bevosita ulangan bo‘lib, juda ko‘p milliy tadqiqot muassasalarini birlashtiradi. Uning qaydnomasi RSES bo‘lib, ajratilgan kanallar orqali ma’lumot almashiniladi, o‘z-o‘zini xo‘jalik hisobida qoplash asosida ishlaydi.
EUNET – Europe Union Network (Yevropa kompyuter tarmog‘i uyushmasi). Uning markaziy qismi Amsterdamda joylashgan. U asosan UNIX operasion sistemasida va UUCP va TCP/IP da ishlaydi.
FIDONET (1984) – shaxsiy kompyuterlar bilan MS va PS DOS boshqaruvida ishlaydigan TARMOQ. Fayllarni telefon simlari orqali uzatadi va UNIX operasion sistemasida ishlaydigan kompyuterlar bilan bog‘lanishi mumkin. Fayllarni, bildirishlarni va yangiliklarni UUCP/USWET tarmoqlari bilan uzatishi mumkin.
INTERNET – International Network (xalqaro kompyuter tarmog‘i) butun dunyo kompyuter tarmog‘idir. U ko‘p KTtlarni birlashtiradi va TCP/IP qaydnomalari asosida ishlaydi va kompyuter tarmoqlarini tarmoqlararo interfeys – GATEWAY (shlyuz) orqali birlashtiradi. Bu tarmoq turli davlat korxonalari, o‘kuv yurtlari, xususiy korxonalar va shaxslarning yangi kompyuter texnologiyalari yaratish, joriy qilish va ularning shu sohadagi harakatlarini birlashtirish uchun xizmat qiladi. Hozirda u butun dunyo qit’alarini o‘ziga birlashtiradi, Internet tarkibidagi ba’zi kompyuter tarmoqlari – CSNET, NSFNET, o‘z navbatida, katta-katta tarmoqlar bo‘lib, o‘zlari ham bir necha tarmoqlardan tashkil topgan. Internetning ishini koordinasiya qilishni NIC (Network Information Centry) Stenford universitetidagi SRI (Stanford Researsh Institute), ko‘pincha SRI – NIC deb yuritiluvchi markaz tomonidan boshqariladi.
Katta jamoalarning ishtirok etishini korxona miqyosida iqtisodiyotni boshqarishda talab qilinadi. Shaharning turli tumanlarida, mamlakatning turli mintaqalarida va xatto boshqa-boshqa davlatlarda joylashgan bo‘lishi mumkin bu jamoalar.
Axborot almashish tezligi va qulayligi, ma’muriyatning uzviy aloqada bo‘lish boshqaruvni amalga oshirishda muhimdir.
1970-1980 yillarda bu masalani xal etishda axborotni "markazlashtiril-gan" qayta ishlash tizimlaridan foydalanilgan edi. Elektron hisoblash ma-shinalaridan (EXM) markazlashgan usulda foydalanish katta moddiy harajatlar talab qiladi, uning hisoblash quvvatidan beunum foydalanishga va komp­yuter resurslaridan foydalanish imkoniyatini cheklanishiga olib keldi. EXMning biror bir qismi ishdan chiqsa butun bir tizim uchun og‘ir oqibatlar keltiradi. Bu esa informasion tizim foydalanuvchilarning barchasining ishini to‘xtatishga olib keladi.
Kichik EXM, mikro EXMlar, shaxsiy kompyuterlar, serverlarning dunyoga kelishi, hamda tarmoq texnologiyalarining rivoji axborotlarni yig‘ish va qayta ishlashning yangi "tarmoqlangan qayta ishlash" texnologiyasini yaratishga asos bo‘ldi.
Axborotni qayta ishlash mustaqil ravishda alohida-alohida, lekin o‘zaro informasion aloqa kanallari bilan bog‘liq bo‘lgan kompyuterlarda amalga oshirish - axborotlarni qayta ishlash tarmoqlangan tizimidir. Ma’lumotlarni tarmoqlangan usulda qayta ishlashni amalga oshirish uchun ko‘p mashinali birlashmalar tashkil etilib, ular ko‘p mashinali hisoblash majmualari (KMXM) yoki kompyuter (hisoblash) tarmoqlari ko‘rinishda amal­ga oshiriladi.
Ko‘p mashinali hisoblash majmualari - yonma-yon joylashtirilgan xisob-lash mashinalari guruhi bo‘lib, ular maxsus bog‘lash vositalari yordamida birlashtirilgan va birgalikda yagona axborot - hisoblash jarayonini bajaradi.
Kompyuter (hisoblash) tarmog‘i - aloqa kanallari yordamida ma’lumotlarni tarmoqlangan qayta ishlashning yagona tizimiga ulangan kompyuterlar va terminallar to‘plami bo‘lib, u ko‘p mashinali birlashmaning eng yuqori shakli-dir.
Kompyuter tarmog‘i "tarmoq abonenti", "stansiya" va "fizik uzatish muxiti" kabi tarkibiy qismlardan tashkil toptan. Tarmoq abonentlari - tarmoqda axborotni yuzaga keltiruvchi yoki uni iste’mol qiluvchi obyektdir. Tarmoq abonentlari - alohida EXM lar, EXM majmualari, terminallar, sanoat robotlari, dasturiy boshqaruvli dastgohlar bo‘lishi mumkin. Tarmoq-ning xar bir abonenti stansiyaga ulanadi.
Stansiya - axborot uzatish va qabul qilish bilan bog‘liq vazifalarni bajaruvchi obyekt.
Abonent tizimi deb abonent va stansiya birgalikda aytiladi. Fizik uza­tish muhiti abonentlarni o‘zaro aloqasini tashkil etish uchun bo‘lishi kerak.
Fizik uzatish muhiti - elektr, radio yoki boshqa signallar yordamida amalga oshiriladigan aloqa kanallari va ma’lumotlarni uzatish, qabul qilish qurilmasidir. Fizik uzatish muhiti negizida abonent tizimlari o‘rtasida axbo­rot uzatishni ta’minlovchi kommunikatsion tarmoq tashkil etiladi.

Download 60,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish