5
Mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari fani haqida. Axborot tushunchasi.
Reja:
1. Informatika va axborot texnologiyalari fani haqida
2. Hisoblash texnikasining rivojlanish
tarixi
3. EHMning avlodlari va
turlari
Informatika va axborot texnologiyalari fani haqida
Hozirgi zamonda biror bir sohada ishni boshlash va uni boshqarishni kompyutersiz tasavvur
qilish qiyin. XXI asr savodxon kishisi bo‘lishi uchun kompyuter savodxon bulish, axborot
texnologiyalarini puxta egallamog‘i lozim. Har bir mutaxassis, u qaysi sohada ishlashdan qat‗iy nazar, uz
vazifasini zamon talabi darajasida bajarishi uchun axborotni ishlab chiqaruvchi vositalar va ularni
ishlatish uslobiyotini bilish va ishlash kunikmalarga ega bo‘lishi zarur. Shu sababli bugungi kunda
mustaqil Respublikamizda ta‗lim sohasida amalga oshirilayotgan tub isloxotlar, jumladan, ―Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi‖da ―Kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy
taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ixtiyojlaridan, Fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning
zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta ko‘rish nazarda tutiladi‖ deb ta‗kidlangan.
Respublikamizdagi barcha o‘quv yurtlarida bugungi kunda kompyuter texnologiyalari va butun
jaxon axborot tarmog‘i bo‘lgan - Internetni o‘quv jarayoniga tadbiq etishni rivojlantirishga katta ahamiyat
berilmoqda. Buning xuquqiy asoslari Prezidentimizning "Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va
axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risda"gi farmonida, Vazirlar Maxkamasining
2001 yil 23 maydagi "2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish,
Internetning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta‗minlash" haqidagi dasturlarida ko‘rsatib
utilgan. Shuning uchun ham o‘quv yurtlarimizda Informatika va axborot texnologiyalari fanlarining
uqitilishiga juda yu‘ksak e‗tibor berilayapti.
Davr talabiga ko‘ra bugunga kelib kompyuter texnologiyasi juda rivojlanib bormoqda.
Ma‗lumotlarni boshqarish, ayniqsa, hozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ma‗lumotlarni
boshqarish tizimlariga bo‘lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Katta xajmdagi ma‗lumotlar bazasi va
axborotlar ustida ishlashga to‘g‘ri kelyapti. Jamiyat taraqqiyotida yuz berayotgan jadal o‘zgarishlar uning
bir qismi bo‘lgan informatika sohasiga ham o‘z ta‗sirini ko‘rsatmoqda. Bu ta‗sir shunchalik kuchliki,
axborot texnologiyalarida bulayotgan o‘zgarishlar yillar ichida emas, balki oylar ichida o‘zgarib va boyib
bormoqda. Axborot texnologiyalarida juda katta yutuk va o‘zgarishlar amalga oshdi. Yangi axborot
texnologiyalarining yoki kompyuter texnologiyalarining paydo bo‘lishi bu sohadagi xizmat qilish
uslubini
tubdan o‘zgartirdi. Tasavvur qilib ko‘ring, yaqin-yaqinlargacha biror maslani kompyuterda yechish uchun
algoritmlarni, dasturlash tillaridan birini, dasturni kompyuter xotirasiga kiritishni, uning xatolariyu
natijani taxlil qilishni talab qilar edi. Bu ishni faqat mutaxassislargina amalga oshirar edilar. Ammo bu
sohada mutaxassis bulmagan foydalanuvchilar sonining kundan-kunga ko‘payishi jamiyat oldida ma‗lum
kiyinchiliklarni tug‘dirdi.
Axborot texnologiyasi-bu aniq texnik dasturlar vositasining majmui bo‘lib, ular yordamida biz
ma‗lumotlarni qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan xayotdagi turli-tuman masalalarni qayta ishlash bilan
bog‘liq bo‘lgan xayotdagi turli-tuman masalalarni xal etamiz. Informatika keng ma‗noda fan, texnika va
ishlab chiqarish, ya‗ni inson faoliyatining barcha sohalarida axborotni kompyuter va telekommunikatsiya
yordamida
qayta ishlash, saqlash, uzatish bilan bog‘liq bo‘lgan yagona sohadir.
Informatika fan nomi lotin tilidan axborotlarni tushuntirish va taxlil qilish ma‗noni bildiradi, bu
fan axborotlarni jamlash va qayta ishlash usullarini, axborotlash jarayonini konuniyatlarini urganadi.
Informatika atamasi XX asrning 60 yillarida paydo bo‘lib ishlata boshlandi. Informatikani yuzaga kelish
va rivojlanishida hisoblash texnika va boshqa texnik vositalarning urni beqiyos, chunki axborotlar
bevosita hisoblash texnikasi kumagida qayta ishlanadi va bu fan uzining xususiy, yangi, nostandart uslub
va usullariga yegadir. Demak, informatika bu inson faoliyatining turli jabxalaridagi axborotlarni izlash,
tuplash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shugullanuvchi fandir.
Informatika uchun asosiy ashyo - axborot. U informatika fanining asosiy tushuncha sifatida kubul
kilingan. Axborot uzi nima? Axborot bu barcha sezgi organlarimiz orqali qabul kila oladigan ma‗lumotlar
majmui va ularning o‘zaro bog‘lanish darajasidir. Axborotlar xabar ko‘rinishda bo‘ladi. Xabar - bu
informatsiyaning suzlashuv, matn, tasvir, jadval, sonli ma‗lumotlar va x.k. ko‘rinishdagi turidir. Inson
tashqi ta‗sirnatijasida sezgi organlar orqali axborotlarga yega bo‘ladi. Bular: ta‗m bilish, xid sezish,
eshitish, ko‘rish, teri-badan sezgisi.
6
Axborotlarni tuplash, qayta ishlash va uzatish vositalarga bo‘lgan yextiyoji juda katta. Uzatish
vositalari - sputnik, televizor, radio, magnitafon, video, telefon va x.k. Tuplash va tashuvchi vositalar deb
kitob, gazeta, kaseta va dikslarni tushunishimiz mumkin. Axborotlarni ustidan har xil amallarni bajarish
jarayoni - axborot texnologiyasi deb nomlanadi. Axborot texnologiyasini asosiy texnik vositasi bu
kompyuter
Do'stlaringiz bilan baham: