203
zamon axborot oqimining mislsiz darajada o‘sishi bilan xarakterlanadi .
Amaliyotda inson faoliyatining barcha jabxalari uchun bu xolat umumiydir.
Axborot hajmining eng katta o'sishi sanoat savdo-sotig‘i, bank-moliya tizimi va
ta‘lim muxitida kuzatilmoqda. Masalan, sanoatda axborot xajmining o‘sishi ishlab
chiqarish xajmining o‘sishi bilan ishlab chiqariladigan maxsulot xom-ashyosi,
texnologik qurilmalarni murakkablashishi, xamda ichki va tashqi iqtisodiy
ob‘ektlar aloqalarini kengayishi, konsentratsiyalashuvi va ixtisoslashuviga sabab
bo‘ladi. Axborot texnologiyalar va resurslarni rivojlantirishda asosiy, hal qiluvchi
omillaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun axborot, nafaqat axborot sanoati ,
kompyuterlashtirish, axborot texnologiyalari, axborotlashtirish jarayoninida
muhim bo‘lib qolmay, balki axborot resurslarini boshqarish va inson intellektual
faoliyat jarayoni darajasi va ta'sir darajasini aniqlash uchun xam muhim
ahamiyatga ega.
Quyida keltirilgan ob'ektiv jarayonlar tufayli axborot muammolariga
umuman axborot jarayonini boshqarishga juda katta e'tibor
beriladi
-Insoniyat axborot portlashini boshidan kechirmoqda. Insonni axborot
o‘zlashtirishi individual imkoniyati bilan jamiyatdagi axborot aylanishi va
saqlanishini o'sishi qarama-qarshilik keltirib chiqarmoqda;
-ommaviy kommunikatsiya
jarayonlarini rivojlanishi;
-umumiy axborot nazariyasini rivojlantirishni zarurligi;
-boshqaruv fani sifatida kibernetikani rivojlantirilishi;
-ijtimoiy hayot sohasiga axborot texnologiyalarini tatbiq etilishi;
-tabiiy fanlar tadqiqoti jonli va jonsiz tabiatdagi o'z-o'zini tashkil etish
jarayonlarida axborot rolini
muhimligini tasdiqlaydi;
-barqaror rivojlanish muammosini zarurati, axborot iqtisodiyotning asosiy
harakatlantiruvchi kuchi bo'lgan axborot va axborot resurslarini
hisoblanadi;
insoniyat rivojlanishining istiqbol muammolari zamonaviy dunyo sharoitida
taraqqiyot mezonlarini ishlab chiqish masalasini qo‘yadi.
"Axborot" va axborot mexanizmi kabi tushuncha bilan birga axborot
muhiti tushunchasi xam mavjud bo‘lib, u axborotni qabul qiladi, qayta
ishlaydi,uzatadi va insonlarni faoliyatini faollashtiradi. Inson xayot jarayonida
axborot muhiti bilan faol muloqotda bo‘ladi, undan yangi bilimlarni oladi va qayta
ishIab yangi bilim sifatida axborot muhitiga taqdim etadi. Istalgan xo‘jalik
sub‘ekti uchun ma'lum bir axborot muhiti mavjud bo‘lib, u bilan ifodalanadi. Bu
axborotlar muhiti xo‘jalik sub‘ektini rivojlanish arajasini aks ettiradi, insonlarni
bir-biri bilan muloqotini aniqlaydi va ishlab chiqadi.