Mustahkamlash uchun savollar.
Fprint operatorining vazifasini ayting.
Fread operatorining umumiy yozilishi qanday ?
Fseek() nimani amalga oshiradi ?
Faylning oxiriga ma`lumot qo`shish uchun qaysi operatordan foydalanamiz?
O_creat vazifasini ayting.
S_IREAD qachon ishlatiladi ?
Read va write operatorlaridan qachon foydalanib bo`ladi ?
Close qachon muvaffaqiyatli bajarilgan bo`ladi ?
Seek_cur operatorining vazifasini ayting.
Lseek operatori nima uchun kerak ?
VI BOB. BORLAND C++ BUILDER MUHITIDA DASTURLASH
C++ BUILDER muhiti
Muhim so`zlar: DOS, Borland C++, OWL, Windows, menyu, hotkey, form, unit, object, treeview, inspector.
Bilib olasiz: C++ builder muhitining yaratilishi, variantlari, minimun talablari, oyna ko`rinishi, oyna elementlari va vazifalari, foydali tugmachalar va ularning vazifalarini.
DOS OT da ishlovchi Borland C++ dasturlash muhiti birinchi bor 1990- yilda 2.0 raqami bilan chiqdi (OS/2 uchun bu variant 1992 -yilda chiqqan). 1991 - yilda 3.0 raqami bilan darchali dasturlashga asoslangan variant yaratildi. Oradan bir yil o`tgach, Borland C++ ning yangilangan varianti yaratildi. Bu variantda IDE oynali muhit va OWL 1.0 shablon dasturlar, Turbo Vision 1.0. bilan realizatsiya qilingan edi. Borland C++ 4.0 variantidan boshlab (1993 -yil) DOS dasturlarni qo`llab quvvatlovchi qismi o`chirilib, faqat darchali dasturlash qismi rivojlantirildi. Windows 95 va OWL 2.5 ni qo`llab quvvatlovchi 4.52 varianti 1995- yilda chiqdi.
1996- yil martda Windows NT 3.51 (Windows NT 4.0 ishlanayotgan) 5.0 varianti chiqdi. 1997- yilda Borland C++ Builder muhiti yaratildi.
Borland C++ ning rivojlanishi: Turbo C → Borland C++ → Borland C++ Builder → Code gear C++ Builder (Code gear Turbo C++) → Embarcadero C++ Builder (Embarcadero Turbo C++).
Borland C++ Builder ning bir nechta variantlari yaratildi. Bu qo`llanmada Borland C++ Builder 6 variantida ishlash, turli oynali dasturlar tuzishni o`rganish bilan uning buyruqlarini ham o`rganamiz. Borland C++ Builder 6 muhitining ishlash tamoyillari:
Prosessor Intel Pentium II 400 MG va undan yuqorilari;
Operatsion tizimlar Microsoft Windows 98, 2000 (SP2) yoki XP;
Tezkor xotiradan 256 Mb taklif qilinadi (min 128 Mb);
Tashqi xotiradan 750 Mb bo`sh joy kerak to`liq o`rnatish uchun;
CD-ROM;
SVGA (800x600, 256 ranglar) yoki yuqorisi;
Manipulyator ―Sichqoncha‖.
Borland C++ Builder 6 (C++ Builder) dasturini ishga tushirganimizda (Pusk
-> programmi -> Borland C++ Builder 6 -> C++ Builder 6) uning oynasi quyidagicha hosil bo`ladi(6.1-rasm).
Borland C++ Builderning oynasi 5 qismdan iborat.
Menyu va uskunalar paneli joylashgan oyna (bu oyna har doim bir xil ko`rinishda bo`ladi).
Object TreeView - bu oynada darchadagi ob`yektlar joylashgan bo`ladi. Oynani ekranga chiqarish uchun [Shift]+[Alt]+[F11] tugmasi bosiladi.
Object Inspector - bu oynada ob`yektlarning xossalari (properties) va hodisalari (events) boshqariladi. Tanlangan ob`yektga xos properties va events hosil bo`ladi. Bu oynani ekranga chiqarish uchun [F11] tugmasi bosiladi.
From – bu oyna tuzilayotgan dasturning oynasi va uning ob`yektlaridan tashkil topgan bo`ladi. From lar bir nechta bo`lishi mumkin. Ularni almashtirish uchun [Shift]+[F12] tugmasi bosiladi.
Unit – bu oynada tuzilayotgan dasturning listing matni yozilgan bo`ladi. Unitlar ham bir nechta bo`lishi mumkin. Ularni almashtirish uchun [Ctrl]+[F12] tugmasi bosiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |