Bu masalani yechish uchun yangi loyiha yaratamiz(File->New->Application). Yangi form yaratildi. Unga TLabel, TEdit va TButton
elementlarini o`rnatamiz (bir vaqtda bir nechta elementdan kerak bo`lsa, uni tanlaganda [Shift] tugmasini bosamiz). Elementlar o`lchamlarini o`zgartirish uchun xossalaridan foydalanib Top, Left, Width, Height larni o`zgartiramiz. Umuman olganda sichqoncha yordamida ham qilsa bo`ladi (Visual). Bu elementlarni rasmdagidek o`rnating. Bu elementlarning nomini o`zgartirish uchun name xossasiga murojaat qilish kerak. Mantlarini o`zgartirish uchun caption xossasiga yozish kerak. Hisoblash jarayonini amalga oshirish uchun esa button elementining ustiga sichqonchani ikki marta bosamiz va ekranda listing kodni yozish uchun tahrirlovchi oyna void fastcall TForm1::Button1Click(TObject *Sender) bilan hosil bo`ladi. Shuning ichiga quyidagicha listing kodni yozamiz.
).
Yuqorida foydalanilgan elementlarning ba`zi xossalariga to`xtalib o`tamiz.
6.4-jadval. Xossalar.
xossa
|
Vazifasi
|
TLabel elementi
|
Caption
|
Elementdagi yozuvni qaytaradi
|
Align
|
Elementni joylashtirish
|
AutoSize
|
yozuvi bo`yicha avto o`lcham
|
Enabled
|
Element ishlatishga ruxsat berilganligi
|
Color
|
Rangi
|
Font
|
TFont xossasi.
|
ParentFont
|
merosdagi font dan foydalanish
|
Transparent
|
Element rangining tiniqligini aniqlash
|
ShowAccelChar
|
Tez bosiluvchi tugmadan foydalanish
|
WordWrap
|
Matn qatorga sig`masa avtomatik pastga
tushirish
|
TEdit elementi
|
Anchors
|
formning o`lchamlari o`zgarganda elementning ham o`lchamini
o`zgaruvchan qilsh
|
BorderStyle
|
Hoshiyalarni stilini o`zgartirish
|
Color
|
Rangi
|
ReadOnly
|
kiritilgan matnni tahrirlashga ruxsat
bermaslik
|
PasswordChar
|
kiritilayotgan harfni belgiga
almashtirish
|
Text
|
AnsiString tipidagi matnni kiritish
|
TButton elementi
|
OnClick
|
sichqonchaning chap tugmasi
bosilgandagi hodisa
|
Cancel
|
OnClick() hodisasi ni Esc tugmasi orqali
bajarish .
|
Default
|
joriy holat
|
Caption
|
Tugmadagi yozuv
|
PopupMenu
|
local menu (qalqib chiquvchi menyu).
|
Mustahkamlash uchun savollar.
Tmemo elementining vazifasini ayting.
Lokal menyu yaratish uchun qaysi elementdan foydalanamiz ?
Label1->Caption=‖Salom‖ nimani anglatadi ?
Matnni songa aylantirish uchun qaysi operatordan foydalanamiz ?
# include ning vazifasini ayting.
Elementdagi yozuvni qaysi xossa qaytaradi ?
Font xossasining vazifasini ayting.
TEdit elementining ReadOnly xossasi nimani amalga oshiradi ?
TButton elementining OnClick hodisasi nimani bajaradi ?
TButton elementining OnClick hodisasini [Esc] tugmasi bilan bekor qilish uchun qaysi xossaga murojaat qilish kerak ?
Ilоvа yarаtishdа vizuаl elementlаr
Muhim so`zlar: TMainmenu, Tmemo, Topendialog, Tsavedialog, TListBox, xossa, hodisa.
Bilib olasiz: TMainmenu, Tmemo, TListBox, Topendialog, Tsavedialoglarni xossalari, hodisalari, ulardan foydalanish va ishlatishni, funksional tugmalarni o`rnatishni.
Visual elementlardan foydalanishni kichik tahrirlovchi ilova yaratish bilan o`rganib chiqamiz. Buning uchun bo`sh forma yaratamiz. So`ng formaga TMainMenu va TMemo hamda Dialogs bo`limidan TOpenDialog va TSaveDialog elementlaridan joylashtiramiz.
Menyuni tayyorlash uchun TMainMenu elementining ustiga sichqonchani ikki marta bosamiz va menyu bo`limlari va bo`lim buyruqlarini kiritamiz. Menyudagi buyruqlarga tugma orqali murojaat qilish uchun kerakli harf oldidan [&] belgisi qo`yamiz. Masalan, &chiqish-> chiqish. Tez bajariluvchi tugmalarni esa shortkey xossasiga kerakli tugmachalar majmuini o`rnatamiz. TMemo elementi uchun Align xossasiga alClient va ScrollBars xossasiga ssBoth ni o`rnatamiz. Menyuda fayl bo`limini yaratamiz va uning buyruqlariga ochish - [F3], saqlash - [F2] va chiqish - [Ctrl]+[x] mos nom va tugmachalarni o`rnatamiz (6.4-rasmga qarang).
6.4-rasm. Formda elementlarning ko`rinishi.
Fayl bo`limidagi ochish buyruqqa sichqonchani ikki marta bosamiz va quyidagi operatorlarni yozamiz:
Fayl bo`limidagi saqlash buyruqqa sichqonchani ikki marta bosamiz va
quyidagi operatorlarni yozamiz:
void fastcall TForm1::saqlash1Click(TObject *Sender)
{
Fayl bo`limidagi chiqish buyruqqa sichqonchani ikki marta bosamiz va
quyidagi operatorlarni yozamiz:
void fastcall TForm1::chqish1Click(TObject *Sender)
{
Close();
}
Juda ko`p hollarda dastur ilovalari ko`p oynali bo`ladi. Ko`p oynali
ilovalarni yaratishga C++ Builder tomonidan yaratilgan forma asosiy hisoblanib, qolgan oynalarni file->new->form buyrug`i orqali yaratiladi. Kichik telefon yozuv dasturini tuzaylik. Buning uchun ikkita form yaratamiz. Birinchi formani captionniga asosiy oyna, ikkinchi oynaning caption ga kiritish oynasi deb yozamiz. Birinchi oynaga 1 ta Tlabel, TListbox, 2ta Tbutton elementlaridan joylashtiramiz (xuddi 6.5-rasmdagigek). Ikkinchi formaga o`tib ([Shift]+[F12]), 2 ta Tlabel, Tbutton va Tedit elementlaridan joylashtiramiz (xuddi 6.5-rasmdagigek).
6.5-rasm. Oynalarning ko`rinishi
Oynalar rasmdagidek tayyorlangandan so`ng, ikkinchi formaga o`tib, [ok] tugmasining ModalResult xossasiga mrOk ni, [Cancel] tugmasiga esa mrCancel ni
tanlaymiz. Birinchi oynaga o`tib, [Delete] tugmasini ikki marta bosamiz va quyidagi listing kodni kiritamiz.
ListBox1->Items->Delete(ListBox1->ItemIndex);
|
Bu listingning ma`nosi shundaki, listbox dan tanlangan elementini o`chirishdir. [Enter] tugmasiga o`tib, uni ikki marta bosamiz va quyidagi listing kodni kiritamiz.
Form2=new TForm2(this);
if (Form2->ShowModal()==mrCancel) return;
ListBox1->Items->Add(Form2->Edit1->Text+" - "+Form2->Edit2->Text);
|
Do'stlaringiz bilan baham: