Информатика


 Mustahkamlash uchun savollar



Download 6,61 Mb.
bet203/338
Sana18.07.2021
Hajmi6,61 Mb.
#122213
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   338
Bog'liq
informatika

 Mustahkamlash uchun savollar.


    1. Fprint operatorining vazifasini ayting.

    2. Fread operatorining umumiy yozilishi qanday ?

    3. Fseek() nimani amalga oshiradi ?

    4. Faylning oxiriga ma`lumot qo`shish uchun qaysi operatordan foydalanamiz?

    5. O_creat vazifasini ayting.

    6. S_IREAD qachon ishlatiladi ?

    7. Read va write operatorlaridan qachon foydalanib bo`ladi ?

    8. Close qachon muvaffaqiyatli bajarilgan bo`ladi ?

    9. Seek_cur operatorining vazifasini ayting.

    10. Lseek operatori nima uchun kerak ?

VI BOB. BORLAND C++ BUILDER MUHITIDA DASTURLASH




    1. C++ BUILDER muhiti

Muhim so`zlar: DOS, Borland C++, OWL, Windows, menyu, hotkey, form, unit, object, treeview, inspector.

Bilib olasiz: C++ builder muhitining yaratilishi, variantlari, minimun talablari, oyna ko`rinishi, oyna elementlari va vazifalari, foydali tugmachalar va ularning vazifalarini.

DOS OT da ishlovchi Borland C++ dasturlash muhiti birinchi bor 1990- yilda 2.0 raqami bilan chiqdi (OS/2 uchun bu variant 1992 -yilda chiqqan). 1991 - yilda 3.0 raqami bilan darchali dasturlashga asoslangan variant yaratildi. Oradan bir yil o`tgach, Borland C++ ning yangilangan varianti yaratildi. Bu variantda IDE oynali muhit va OWL 1.0 shablon dasturlar, Turbo Vision 1.0. bilan realizatsiya qilingan edi. Borland C++ 4.0 variantidan boshlab (1993 -yil) DOS dasturlarni qo`llab quvvatlovchi qismi o`chirilib, faqat darchali dasturlash qismi rivojlantirildi. Windows 95 va OWL 2.5 ni qo`llab quvvatlovchi 4.52 varianti 1995- yilda chiqdi.

1996- yil martda Windows NT 3.51 (Windows NT 4.0 ishlanayotgan) 5.0 varianti chiqdi. 1997- yilda Borland C++ Builder muhiti yaratildi.

Borland C++ ning rivojlanishi: Turbo C → Borland C++ → Borland C++ Builder → Code gear C++ Builder (Code gear Turbo C++) → Embarcadero C++ Builder (Embarcadero Turbo C++).

Borland C++ Builder ning bir nechta variantlari yaratildi. Bu qo`llanmada Borland C++ Builder 6 variantida ishlash, turli oynali dasturlar tuzishni o`rganish bilan uning buyruqlarini ham o`rganamiz. Borland C++ Builder 6 muhitining ishlash tamoyillari:


  • Prosessor Intel Pentium II 400 MG va undan yuqorilari;

  • Operatsion tizimlar Microsoft Windows 98, 2000 (SP2) yoki XP;

  • Tezkor xotiradan 256 Mb taklif qilinadi (min 128 Mb);

  • Tashqi xotiradan 750 Mb bo`sh joy kerak to`liq o`rnatish uchun;

  • CD-ROM;

  • SVGA (800x600, 256 ranglar) yoki yuqorisi;

  • Manipulyator ―Sichqoncha‖.

Borland C++ Builder 6 (C++ Builder) dasturini ishga tushirganimizda (Pusk

-> programmi -> Borland C++ Builder 6 -> C++ Builder 6) uning oynasi quyidagicha hosil bo`ladi(6.1-rasm).

Borland C++ Builderning oynasi 5 qismdan iborat.


  1. Menyu va uskunalar paneli joylashgan oyna (bu oyna har doim bir xil ko`rinishda bo`ladi).

  2. Object TreeView - bu oynada darchadagi ob`yektlar joylashgan bo`ladi. Oynani ekranga chiqarish uchun [Shift]+[Alt]+[F11] tugmasi bosiladi.

  3. Object Inspector - bu oynada ob`yektlarning xossalari (properties) va hodisalari (events) boshqariladi. Tanlangan ob`yektga xos properties va events hosil bo`ladi. Bu oynani ekranga chiqarish uchun [F11] tugmasi bosiladi.

  4. From – bu oyna tuzilayotgan dasturning oynasi va uning ob`yektlaridan tashkil topgan bo`ladi. From lar bir nechta bo`lishi mumkin. Ularni almashtirish uchun [Shift]+[F12] tugmasi bosiladi.

  5. Unit – bu oynada tuzilayotgan dasturning listing matni yozilgan bo`ladi. Unitlar ham bir nechta bo`lishi mumkin. Ularni almashtirish uchun [Ctrl]+[F12] tugmasi bosiladi.



Download 6,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish