10.7-rasm. Matrix
o`zlashtirish va to`g`ridan to`g`ri ular bilan amallarni bajarish mumkin.
10.8-rasm. Vektor va matritsalar bilan ishlash
Odatda vektor yoki matritsani shakllantirish uchun [ctrl]+[m] tugmasi bosiladi(-rasm). Bu rasmda [Rows] qatorlar soni, [Columns] ustunlar sonidir, [ok] tugmasi bilan o`rnatiladi, [Insert] tugmasi bilan qo`shiladi, [Delete]
10.9-rasm. Insert
tugmasi bilan o`chiriladi, [Cancel] tugmasi bilan bekor qilinadi.
Mathcaddagi vektor va matritsa orqali quyida jadvalga keltirilgan amallarni bajarish mumkin.
10.7-rasm. Mathcad matematik amallar
Amal
|
Yozilish
|
tugma
|
Vazifasi
|
Matritsani songa
ko‘paytirish
|
A•n
|
*
|
A ning har bir elementini n ga
ko‘paytiradi
|
Skalyar ko‘paytma
|
u•v
|
*
|
u va v ning uzunligi teng
|
Matritsali ko‘paytma
|
A•B
|
*
|
A ustunlar soni B qatorlar soniga
teng
|
Matritsani vektorga
ko‘paytirish
|
A•v
|
*
|
A ustunlar soni v ning satrlar
soniga teng bo‘lishi kerak
|
Matritsani songa bo‘lish
|
A n
|
/
|
Har bir massiv elementi n ga
bo‘linadi
|
Vektor va matritsaning
yig‘indisi va ayirmasi
|
A+B, u+v
A-B, u-v
|
+
-
|
Massivlar bir xil satr va bir xil
ustunga ega bo‘lishi kerak
|
Skalyar yig‘indi
|
A+n
|
+
|
A ning har bir qiymatiga n
qo‘shiladi
|
Skalyar ayirma
|
A-n
|
-
|
A ning har bir qiymatidan n
ayiriladi
|
Ishorani almashtirish
|
-A
|
-
|
A ni –1 ga ko‘paytiradi
|
Matritsa darajasi
|
Mn
|
^
|
n-darajali kvadrat matritsa M-1 , M
ga teskari matritsa
|
Vektor uzunligi
|
|v|
|
Shift+\
|
Vektor uzunlikni hisoblaydi
|
Determinant
|
|M|
|
Shift+\
|
Determinantni hisoblaydi
|
Transponirlash
|
AT
|
Ctrl+1
|
Satr elementlarini ustun
elementlariga almashtiradi
|
Vektor ko‘paytma
|
Uxv
|
Ctrl+8
|
u va v lar uchun ko‘paytmani
hisoblaydi.
|
Yuqori daraja
|
A
|
Ctrl+6
|
Matritsaning n – ustuni
|
10.10-rasm. Vektor va matritsalar ustida amallar bajarish
Mathcadda vektor va matritsalarning ba`zi xususiyatlarini aniqlash va ulardan foydalanish mumkin.
10.8-jadval. Funksiyalar
Funksiya nomi
|
Hosil bo‘ladi
|
rows(A)
|
satrlar soni
|
cols(A)
|
ustunlar soni
|
length(V)
|
vektorning elementlar soni
|
last(V)
|
vektor elementining oxirgi indeksi
|
max(A)
|
massivning eng katta elementi
|
min(A)
|
massivning eng kichik elementi
|
identity(n)
|
nxn birlik matritsa
|
Re(A)
|
Kompleks matritsa elementining aniq
qismiga tegishli massiv
|
Im(A)
|
Kompleks matritsaning mavhum qismiga
tegishli massiv
|
diag(v)
|
Vektorni matritsa diagonalida joylashtiradi
|
geninv(A)
|
Teskari matritsa
|
rref(A)
|
A matritsani bosqichli formasi
|
augment(A,B)
|
ketma-ket joylashtiradi. A va B ning satr
elementlari teng bo‘lishi kerak.
|
stack(A,B)
|
tagma-tag joylashtiradi. A va B ning ustun
elementlari teng bo‘lishi kerak.
|
Funksiya nomi
|
Hosil bo‘ladi
|
Submatrix(A,m,n,i,j)
|
A-matritsaning m…n satr va i…j ustun
elementlaridan iborat.
|
sort(V)
|
V- vektor elementlarini o‘sib borish
tartibida joylashtirish.
|
reverse(V)
|
V- vektor elementlarini kamayib borish
tartibida joylashtirish.
|
csort(M,n)
|
M-matritsa n-qator elementlarini saralsh
|
rsort(M,n)
|
M-matritsa n- ustun elementlarini saralash
|
10.11-rasm. vektor va matritsalarning ba`zi xususiyatlarini aniqlash
10.9-jadval. Vektor va matritsalar bilan ishlash uchun funksiyalar ro`yxati
Funksiya nomi
|
vazifasi
|
tr(M)
|
M-kvadrat matritsa diagonal elementlari
yig‘indisi
|
mean(T)
|
T-massiv elementlari o‘rta arifmetigi.
|
rank(A)
|
A matritsaning rangi
|
norm1(M)
|
M matritsaning L1 normasi
|
norm2(M)
|
M matritsaning L2 normasi
|
norme(M)
|
M matritsaning Evklid normasi
|
normi(M)
|
M matritsaning teng o‘lchovli normasi
|
cond1(M)
|
M matritsa shartli soni L1 normaga asosli
|
cond2(M)
|
M matritsa shartli soni L2 normaga asosli
|
conde(M)
|
M matritsa shartli soni Evklid normaga asosli
|
Funksiya nomi
|
vazifasi
|
cond(iM)
|
M matritsa shartli soni teng o‘lchovli normaga
asosli
|
Vektor va matritsalarda o`zgaruvchi va funksiyalardan ham foydalanish mumkin.
10.12-rasm. O`zgaruvchi va funksiyalar.
Umuman olganda Mathcadda vektor va matritsalar ustida ixtiyoriy amallarni bajarish mumkin. Mathcadda chiziqli va chiziqsiz tenglamalar sistemalarini yechishda Mathcaddan foydalanish oson va qulay.
Mustahkamlash uchun savollar.
Local o`zgaruvchi nima ?
Global o`zgaruvchining imkoniyatlari haqida nimalarni bilasiz?
Funksiya qanday e`lon qilinadi ?
Funksiya qiymatlarini hisoblashda misollar keltiring ?
Vektor qanday aniqlanadi ?
Teskari matritsani aniqlash usulini ayting.
Insert matrix muloqot oynasi qanday vazifalarni amalga oshiradi ?
ORIGIN≡1 nimani anglatadi ?
Vektor va matritsalar bilan ishlovchi funksiyalarga misol keltiring? 10.Matritsada o`zgaruvchi va funksiyalardan foydalanish mumkinmi ?
Grafik yaratish
Muhim so`zlar: grafik, dekart, polyar, 3D, sohali, konturli, 3D point, vektorli grafiklar, funksiya,FRAME, animatsiya, video, bmp, PRN.
Bilib olasiz: grafiklarni dekart, polyar, 3D, sohali, konturli, 3D point, vektorli koordinatalarda yaratish va tahrirlashlar, funksiyalarning FRAME yordamida animatsiya va videolarni yaratish, bmp, PRN tipli rasmlarni qayta ishlash va raqamli rasmlarni hosil qilishni.
Mathcadda grafik chizish uchun [Math]->[Graph] asboblar panelidan foydalaniladi.
10.10-jadval. Grafik turlari
Nomi
|
belgisi
|
tugma
|
vazifasi
|
X-Y Plot
|
|
[Shift]+[2]
|
Dekart koordinatasi
|
Polar Plot
|
|
[Ctrl]+[7]
|
Polyar koordinata
|
3D Bar
|
|
|
3 o`lchovli diagramma
|
Surface Plot
|
|
[Ctrl]+[2]
|
Sohali grafik
|
Contour Plot
|
|
[Ctrl]+[5]
|
Kontur grafik
|
3D Scatter Plot
|
|
|
3 o`lchovli nuqtali grafik
|
Vektor Field
|
|
|
Vektorli grafik
|
Mathcadda dekart koordinatada grafik chizishga bir misol bilan keltiramiz. Faraz qilamiz [-10,10] oraliqda f(x) funksiyaning grafigini chizish talab etilgan bo`lsin. Buning uchun i o`zgaruvchiga -10 dan 10 gacha qiymat beramiz, f(x) funksiyaga biror funksiya (masalan, cos(x)) ni yozamiz. So`ng [Shift]+[2] tugmasini bosib, dekart
10.13-rasm. Cos(x) grafigi
koordinatani hosil qilamiz. X o`qida I o`zgaruvchini, Y o`qiga f(i) yozuvini kiritamiz va funksiyaning grafigi hosil bo`ladi.
Mathcadda bitta dekart koordinataga bir nechta funksiyaning grafigini ham chizish mumkin. Faraz qilaylik [a,b] oraliqda f(x), g(x) funksiyalarning grafigi n ta tugun nuqta orqali chizish talab qilingan bo`lsin. Buning uchun a ga quyi chegarani (a=-5), b ga yuqori chegarani (b=100) o`zlashtiramiz. F(x) va g(x) funksiyalarni kiritamiz va x ning qiymatlarini aniqlaymiz. X ning qiymatlarini aniqlash uchun
[a,b] oraliqni n bo`lakka bo`lamiz va uni h bilan belgilaymiz (xi=a+h*i). Bunga I ning qiymatlari 0 dan n gacha o`zgaradi. So`ng [Math] [Graph] asboblar panelidan [x-y plot] ni tanlaymiz va x o`qiga xi yozuvini kiritamiz, y o`qiga f(x), g(x) funksiyalarni kiritamiz.
10.14-rasm. Cos(x) va sin(x) grafigi
Mathcadda tenglamalar sistemasining yechimlarini grafik ko`rinishda topish uchun ham qulaydir. Quyidagicha tenglamalar sistemasi berilgan bo`lsin.
(1) tenglamalar sistemasining yechimi x=0 da o`rinlidir. (1) sistemasini grafiklar usuli bilan yechish uchun (1) sistemadagi birinchi tenglamani f(x), ikkinchi tenglamani g(x) ga o`zlashtiramiz va x ning qiymatlarini -10 va 10 oraliqda olamiz. Dekart koordinataga ularning grafiklarini chizamiz. Grafiklarning kesishgan nuqtasini yaqqol ko`rish uchun grafik chegaralarini o`zgartiramiz.
10.15-rasm. Grafiklar ko`rinishi
Vektorli grafiklarni chizish uchun Mathcad V o`zgaruvchisi bilan vektor aniqlaymiz. So`ng vektorning elementlarini diag(V) buyrug`i orqali matritsa ko`rinishiga o`tkazamiz va M bilan belgilaymiz. Mathcadning [Insert] bo`limidan [Graph] [Vector Flied Plot] Buyruqlar ketma - ketligi bajariladi. Ishchi stolda grafik chizish uchun maydon hosil bo`ladi va unga M matritsani ko`rsatamiz. Grafikda vektor elementlarining ishorasi va qiymatiga qarab vektorli grafik hosil bo`ladi (10.15 -rasmga qarang).
10.16-rasm. Vektorli va Polyar koordinatalarga doir grafik.
Polyar koordinatada grafiklarni tasvirlash uchun Bernulli lemniskati formulasini olish mumkin. Bu formulada biror – bir o`zgaruvchini parameter sifatida kiritamiz. Mathcadda [Insert][Graph][Polar Plot] Buyruqlar ketma- ketligini bajarib, ekranga grafik chizish uchun maydon hosil qilinadi. So`ng shu maydonda parametr va shu parametrda bog`liq bo`lgan Bernulli lemsikatining formulasi ko`rsatiladi (10.16-rasmga qarang).
Mathcadda grafiklarning qolgan turlariga oid grafiklarni tayyorlash uchun misollar keltiramiz (10.17, 10.18, 10.19-rasmlar).
10.17-rasm. Sohalarni chizish.
10.18-rasm. Diagramma, sohali, kontur grafiklar.
10.19-rasm. Nuqtali, sohali grafiklar
Mathcadda grafiklarni yaratishdan tashqari ularni hosil bo`lishi (shakllanishi, chizilishi) ni animatsiya orqali ham ifodalash mumkin. Buning uchun Mathcadda [FRAME] o`zgaruvchisi kiritilgan. Funksiyaning animatsiyali grafigini hosil qilish uchun unga parametr sifatida [FRAME] ni berish shart. Animatsiyaga doir funksiyaga urinma o`tkazishni olaylik (-rasmga qarang).
10.20-rasm. Mathcadda animatsiya hosil qilish.
Buning uchun funksiyani yozamiz va uning birinchi tartibli hosilasini olamiz. A o`zgaruvchiga [FRAME] ni qiymat qilib, x o`zgaruvchiga esa 0 dan 4 gacha qiymat qilib beramiz. So`ng urinma tenglamasini ikkinchi bir funksiya bilan belgilaymiz. Mathcad bo`limidan [Insert] [Garph][X-Y Plot] Buyruqlar ketma-ketligini tanlaymiz. Ishchi stolda x – y koordinata hosil bo`ladi.
o`qiga uchta o`zgaruvchi x,x,a ni kiritamiz. Y o`qiga funksiya-f(x), urinma tenglamasi-y(x,a), nuqtadagi funksiya qiymati-f(a) ni kiritamiz. Grafikda funksiyadan x=0 nuqtadagi urinmani ko`rish mumkin. Animatsiya hosil qilish uchun Mathcad bo`limidan [View][Animate] Buyruqlar bajarilsa ishchi stolda [Animate] muloqot oynasi hosil bo`ladi (-rasmga qarang). Ishchi stoldan grafik jo`ylashgan maydon belgilab olinadi. [Animate] muloqot oynasiga otib, [From] ga
0 qiymat (chunki FRAME 0 dan o`zgarsin), [To] 12 qiymat (ya`ni 12 gacha o`zgarsin) va [At] ga animatsiya 1 sekundda nechta frameni o`qishini ko`rsatamiz (masalan, har bir nuqtada ko`rish uchun [1] ni kiritish kerak). So`ng muloqot oynadagi [Animate] tugmasini bosamiz va ekranga [Playback] muloqot oynasi chiqadi. Muloqot oynadan animatsiyani ko`rish uchun [Play] tugmasi bosiladi. Animatsiyani saqlash uchun esa [Animate] muloqot oynasidan [Save as] tugmasi bosiladi va animatsiya avi kengaytmali video rolik fayli ko`rinishda saqlanadi.
Mathcad tayyor rasmlar bilan ham ishlash mumkin. Buning uchun –jadvalda keltirilgan funksiyalardan foydalanamiz.
10.11-jadval. Rasmlar bilan ishlovchi funksiyalar.
1
|
Nomi
|
vazifasi
|
2
|
READBMP()
|
Rasmlarni oq-qora o`qish
|
3
|
READRGB()
|
Rasmlarni rangli o`qish
|
4
|
READPRN()
|
Vektorli rasmlarni o`qish
|
5
|
WRITEBMP()
|
Rasmlarni oq-qora yozish
|
Mathcadda rasmlar matritsa ko`rinishida sonlar bilan ifodalaniladi. Rasmlar bilan amal bajarganda matritsa va vektor funksiyalaridan foydalanamiz (10.21- rasm). Rasmlarni ishchi stolda ko`rinishi uchun [Insert][Picture] buyruqlar ketma-ketligi bajariladi.
10.21-rasm. Rasmlar bilan ishlash.
Vektorli rasmlarga misol olish uchun dunyo xaritasidan foydalanamiz. Bu xaritanining raqamli variantlarini internetdan olish mumkin. Vektorli rasmni bir ozgaruvchiga chaqiramiz. 0-tartibli ustunni a, 1-tartibli ustunni b ga o`zlashtiramiz va Mathcad bo`limidan [Insert] [Garph][X-Y Plot] Buyruqlar ketma-ketligini tanlaymiz. Ishchi stolda x – y koordinata hosil bo`ladi, x o`qiga a o`zgaruvchini, y- o`qiga b o`zgaruvchini kiritamiz va dunyo xaritasi hosil bo`ladi. Xaritani globus shakliga keltirish uchun shar shakli chizilgan (10.22-rasm) formulalardan foydalanib olamiz. Agar sharni harakatlantirish kerak bo`lsa, sichqonchadan foydalanish mumkin. Tasvirlangan shar aylanib turishni istasangiz [shift] tugmasini bosing va sichqoncha yordamida aylanish tomonini ko`rsating.
10.22-rasm. Dunyo xaritasini Mathcadda tasvirlash.
Mathcad dasturi orqali ixtiyoriy funksiyalarning grafigini chizish, rasmlar bilan ishlash va ularni qayta ishlab, raqamli rasmlarga almashtirish imkoniyati mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |