Informatika o’qitish metodikasi yo’nalishi “Axborotlashtirish texnologiyalari” kafedrasi



Download 0,82 Mb.
bet14/17
Sana10.07.2022
Hajmi0,82 Mb.
#770776
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
nigora yangi

T A V S I F N O M A

Amaliyotchi talaba Lutfilloyeva Nigora Tayloq tumani 28-umumta’lim maktabida 6-sentabrdan 30-aprelgacha bo’lgan vaqtda pedagogik amaliyot ishlarini olib bordi.


Lutfilloyeva Nigora informatika fani o’qituvchisi Karimova Maftuna rahbarligida ishladi. Talaba o’z fanini yaxshi o’zlashtirgani va o’quvchilarga ilm berish ko’nikmasi avvaldan borligi uchun o’quvchilarga darsni qiziqarli va sodda qilib tushuntirdi.
Talaba Lutfilloyeva Nigora amaliyot jarayonida o’quvchilarni o’zining xulq-atvori yaxshiligi bilan qolaversa, o’quvchilarning ruhiyatini to’g’ri anglagan holda dars o’tdi. Dars o’tish mobaynida o’quvchilarni o’ziga jalb qila oldi va darslarga qiziqib ishtirok etishlariga erishdi. Amaliy darslarni o’tkazishda yangi pedagogik ta’lim texnologiyalaridan foydalandi. Bular “Klastr”, “Insert” texnikasi, Blits-so’rov. Bu texnologiyalar amaliyotchi talabaning sinov darslarini o’tkazishda ancha samara berdi.
Lutfilloyeva Nigora o’z ishini shu tariqa davom ettirsa, o’z kasbining ustasi, kelajakda jamoat ishlarida undan yetuk kadr chiqishiga ishonaman. U qisqa vaqt ichida o’z bilimi va xulqi, sinfdan tashqrai ishlari, jamoadagi faolligi bilan o’quvchilarning sevimli ustoziga aylandi va ularda yaxshi taassurot qoldirdi.
Amaliyotchi talaba Lutfilloyeva Nigoraning hayotoy va ijodiy faoliyatiga ulkan yutuqlar, kelajakda avlodlarni bilimli, aqlli va yetuk insonlar qilib yetishishida o’z hissasini qo’shishini tilab qolaman.
Lutfilloyeva Nigoraning pedagogik amaliy faoliyati “____” ballga loyiq deb hisoblaymiz.

Maktab direktori: _________ Hasanov I




SamDU Raqamli texnologiyalar fakulteti Informatika O’qitish metodikasi 405-guruh talabasi Lutfilloyeva Nigoraga Tayloq tuman 28 -umumta’lim maktabida o’tkazgan amaliyot ishiga


H I S O B O T I

6-noyabr kuni soat 9:00 da 10-auditoriyada pedagogik amaliyotga bag’ishlangan konferensiya bo’lib o’tdi. Konferensiyada dekan o’rinbosari, kafedra mudirlari, uslubchi o’qituvchilar, talabalar qatnashdi. Bu konferensiyani dekan o’rinbosari A. Boboyorov ochib berdi. Axborot texnologiyalar kafedrasi mudiri dots. O. Jumanov pedagogik amaliyot maqsad va vazifalari to’g’risida, dots. A. Abdullayev esa pedagogik amaliyot hujjatlari to’g’risida ma’lumotlar berdi. Pedagogik amaliyot talabalarini taqsimlash bo’yicha Jurayev batafsil so’zlab berdi.


Talabalar tomonidan uslubchilarga va pedagogikamaliyot rahbarlariga o’zlari qiziqtirgan savollarga, to’liq va har tomonlama javob oldilar. Talabalarga pedagogik amaliyotni o’tkazish bo’yicha yo’llanmalar berdi va uning muhim jihatlarini ko’rsatib berdi.
Biz axborot texnologiyalari kafedrasining bir guruh talabalari hamda bizga biriktirilgan metodis o’qituvchimiz Jurayev J bilan birgalikda Tayloq tamanidagi 28-umumta’lim maktabiga yo’l oldik. Biz avvalo maktabnng qayerda, qanday joylashganligi, ko’rinishiga e’tiborimizni qaratdik. Bu maktab ko’p qavatli binolar ichida joylashgan bo’lib, uch qavatdan tashkil topgan ekan. Maktab darvozasidan kirganda o’ng tomonda sport maydonchasi bor ekan. Maktab hovlisiga kirganda ko’m-ko’k archalar maktab hovlisini bezab turibdi. Xullas o’sha kuni biz maktab bilan to’laligicha tanishib chiqdik. Maktab muassasi umumiy maydoni 2030 bo’lib, u 1980-yilda foydalanishga topshirilgan. Maktab 2006-yil joriy ta’mirdan chiqarilgan Maktab direktori Hasanov I. Hamma fan o’qituvchilari o’z mutaxassisligi bo’yicha dars o’tishar ekan. Shu maktabda ta’lim olayotgan o’quvchilar soni 1400 nafarni tashkil qilib, jami sinflar soni 45 tani tashkil etadi.. Maktab judayam chiroyli qurilgan bo’lib, o’quvchilar uchun hamma sharoitlar yaratilgan. Kompyuter xonalari alohida e’tiborni jalb qiladi.
. Biz matematika va informatika fanidan dars berayotgan barcha o’qituvchular bilan tanishib chiqdik. Maktab direktori maktab hayoti, undagi qonun-qoidlar haqida to’xtalib o’tdi. Bundan tashqari matab direktori pedagogik amaliyot vaqtida bajariladigan ba’zi ishlar haqida batafsil ma’lumot berib o’tdi. Talabalarning pedagogik amaliyot bo’yicha bergan savollariga ham javob berib o’tildi. So’ngra bizni fan o’qituvchilariga taqsimladilar. Maktab ma’muriyati va bizga ma’sul mutaxassis bilan hamkorlikda bizlarni matematika va informatika fanlari o’qituvchilariga biriktirib chiqdi. Men, Suyunov Toshmurod va Boboyev Abduxoliq. Informatika fani o’qituvchisi Karimova Mga biriktirildik. Bizlar bu fan o’qituvchisi bilan birgalikda sinfga kirdik va sinf xonasi bilan tanishdik. U kishi dars beradigan 7,8,9 sinf o’quvchilari ro’yxati bilan tanishdik. Biz avvalo o’qituvchining bu sinflarga o’tadigan dars rejasi bilan tanishdik.
22-noyabrdan tajribali o’qituvchilarning darslariga qatnasha boshladik. Ikki hafta davomida bizga biriktirilgan matematika fani o’qituvchisi va boshqa o’qituvchilar darslariga qatnasha boshladim. Jumladan, 22,24,25 kuni 8,9-sinlarda bo’lib o’tgan darslarga qatnashdim. Shu kabi bir nechta darslarda qatnashdim va pedagogik tajribaga ega bo’ldim. Kuzatish davomida o’qituvchining dars o’tish usullari bilan ham tanishdim va o’zim o’tadigan darslarga tayyorgarlik ko’rib bordim. Ikki hafta kuzatuvdan so’ng o’zim ham kichik amaliyotni mustaqil ravishda 9-“A” sinfda dars o’tish bilan boshladim. Dars jarayonida o’z bilim va tajribamga tayanib interfaol usullardan foydalandim.
Darslarda yangi pedagogik usullarga asoslanib o’quvchilar ongiga ilmiy uslubda yetkazishga harakat qildim.
Pedagogik amaliyot yuqori malakali mutaxasisni - o’rta maktab o’qituvchisini tayyorlashda o’quv jarayonining eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Amaliyot davrida talaba o’z mutaxasisligi bo’yicha ilmiy va nazariy bilimlarni tajribadan o’tkazadi, darsni tashkil qilishningilmiy-metodik tomonlarini o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan sir-asrorini egallaydi, eng muhimi, predmet bo’yicha dasturida bayon etilgan mavzu yuzasidan o’quvchilarga bilim berish, iqtidor hosil qilish, ularda fanga, ilmga nisbatan qiziqish uyg’otish va ijobiy fikrni tarbiyalash, Vatanga muhabbat tuyg’usini yuzaga keltirishning amaliy usullarining tadbiq etishning yo’l-yo’riqlarini o’zlashtirib oladi deb o’ylayman.
Pedagogik amaliyot jarayonida maktab an’analari bilan tanishishdan tashqari, ilg’or o’qituvchilarning ish tajribalarini o’rgandim, uni o’zimning amaliy faoliyatimda tadbiq qilish ko’nikmalariga ega bo’ldim, eng muhimi, o’quv va tarbiyaviy jarayonini tashkil qilish, darsda qo’llaniladigan darslik va metodik qo’llanmalardan foydalanish yo’l yo’riqlarini o’rgandim. Bulardan tashqari sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilish, iste’dodli o’quvchilar bilan va ularning fanga nisbatan qiziqishlarini o’stirish bilan bog’liq bo’lgan o’quv-tarbiyaviy ishlarning uslubiy yo’llarini o’zlashtirdim. Maktab ichki tartib-qoidalariga rioya qildim.
Birinchi darsim 15–dekabr kuni 9-“A” sinfga informatika fanidan bo’lib o’tdi. Dars o’tish jarayonimda metodist o’qituvchimiz Jurayev va amaliyotchi talabalardan bir nechtasi (Fayzullayev O., T. Suyunov, A. Boboyev) ishtirok etdi va kuzatdilar. Ochiq darsda ba’zi kamchiliklarga yo’l qo’ydim. Chunki u meningbirinchi darsim edi. Darsim tugagandan so’ng bizga ajratilgan zalda ushbu dars muhokamasi bo’lib o’tdi. Muhokamada metodistimiz dars o’tish jarayonimdagi yutuqlarim va kamchiliklarim haqida gapirib o’tdilar. Darsimda ishtirok etgan amaliyotchi talabalar ham o’z fikrlarini bildirdilar. Men bundan o’zimga yaxshi xulosalar oldim. Yo’l qo’ygan xatolarimni yaxshilab o’ylab ko’rib, tahlil qilib, keyingi darslarimda takrorlamaslikka harakat qildim. Shunday qilib qolgan 5 ta sinov darslarim ham shunday davom etdi.
Men pedagogik amaliyot paytida menga biriktirilgan 9-V sinfiga har juma kuni 7-soat “tarbiyaviy soat” o’tdim. Sinf rahbari sifatida tarbiyaviy soatda tartib-intizom to’g’risida, bir hafta ichida maktabda bo’ladigan yangiliklar to’g’risida gapirib o’tdim. Bundan tashqari sinf va ota-onalar majlisi ham o’tkazib turildi. Shu tariqa haftaning har juma kuni “Hunar, hunardan unar!”, “Hadislar ezgulikka yetaklaydi”, “Qomusimiz-baxtimiz”, “Yangi yil-yangi orzular yili” kabi tarbiyaviy soatlarni o’tdim.
Pedagogik amaliyot jarayonida men ham kuzatuvchi bo’lib ishtirok etdim. Kuzatish jarayonida o’zimni kamchiliklarimni bilib ularni tuzatishga harakat qildim. Shu tariqa biz bir-birimizni kamchiliklarimizni to’ldirib bordik.
Men har bir darsimga tayyorgarlik ko’rib bordim, ya’ni dars o’tish uchun darslik, o’quv qo’llanma, ko’rgazmali qurollar, plakatlar va darsga oid bir qancha jihozlar tayyorlab keldim. Kursdoshlarimiz bilan ham savol-javob qilib, o’zimizni darsga tayyorlab bordik.
Maktabda muntazam ravishda to’garaklar faoliyat ko’rsatadi. 9-sinflar uchun “Yosh matematiklar” deb nomlangan to’garak har haftaning dushanba kunida darsdan so’ng bo’lib o’tdi.
Menda bu pedagogik amaliyot juda katta taassurot qoldirdi. O’qituvchilar bilan qanday ishlash, nimalarga e’tibor berish kerakligini anglab yetdim. Amaliyotdan ko’zlangan maqsad bo’lajak o’qituvchi sifatida bilimimni, o’qituvchilik salohiyatimni va pedagogik tajribamni oshirish edi. Bunga ozmi ko’pmi erishdim deb o’ylayman. Albatta, ko’pchilik yordami bilan Pedagogik amaliyot vaqtimda o’quvchilarimga boshqacha mehrim tushdi. O’quvchilarim bilan ishlash juda qiziqarli kechdi. Yana ko’proq ular bilan ishlagim keldi. Ular bilan xayrlashish qiyin kechdi.
Amaliyotda bajargan ishlarimni yozib borishga harakat qildim.Ilova sifatida quyidagi hujjatlarni keltiraman.

  • Ish rejasi;

  • Kundalik;

  • O’tiladigan darslarning konspektlari;

  • Dars tahlili;

  • Bayonnomalar;

  • Sinf o’quvchilariga tavsifnomalar;

  • Amaliyotchi haqida ma’lumotlar kabilar.

Metodist: Jurayev J


Amaliyotchi: Lutfilloyeva N

8-dekabr O’zbekiston Respublikasi konstitutsiya qabul qilingan kun



Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish